Mikroprotsessor mp


Mikroprotsessorlarni va mikroEHM ni programma bilan ta’minlash



Yüklə 325,82 Kb.
səhifə6/26
tarix24.12.2023
ölçüsü325,82 Kb.
#158599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1-9 темы Авт микропроц воситалари

Mikroprotsessorlarni va mikroEHM ni programma bilan ta’minlash.
Programma bilan ta’minlash (PBT) deganda – bu EHM da masalalarni yechishni, programmalarni sozlashni avtomatlashtirishga imkon beruvchi, hamda ko’rsatmalar (yo’llanma) beruvchi programmalar yig’indisi tushiniladi. (3.1-rasm).

3.1- rasm. Programmalarning turlari.
Apparatli va mikroprogrammali vositalar orqali EHM MP ga ichki programma, hamda foydalanuvchiga tavsiya etiladigan tashqi (kirish) programmalar joriy qilinadi.
Universal EHM da kirish tili bo’lib operatsion sistemaning (OS) direktivalar yig’indisi va programma tili xizmat qiladi.
Sistemali programma bilan ta’minlashga hisoblash jarayonini tashkil etish uchun va programmalashtirishni avtomatlashtirish uchun kerak bo’lgan programmalar kiradi.
Maxsus programma bilan ta’minlashga anik sohaga mo’ljallangan: masalan, MP negizida mikroprotsessorlarni va sistemalarni avtomatik ravishda loyiha etish uchun programma vositalari, ilmiy va injenerlik hisoblarini bajarish uchun programmalar, texnologik jarayonlarni boshqaruvchi algoritmlarni joriy qiluvchi yoki ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish sistemalarida eksperimentlar natijasini qayta ishlash uchun programmalar kiradi.


Mikroprotsessorlarni programmalash tillari.
MP larni ishlatish uchun quyidagi programmalash tillaridan foydalanish mumkin.
1. Mashina tili.
2. Assembler tili.
3. Yuqori darajadagi til.
Amaliyotda yaxshi, xatosiz ishlaydigan programmani olish uchun quyidagi programmalashtrish vositalari mavjud, ya’ni 5 ta programmalashtirish vositalari bor.
1. Redaktorlovchi programmalar.
2. Translyatsiyalovchi (assembler va kompilyatorlar) programmalar.
3. Yuklovchi programmalar.
4. Modellovchi programmalar.
5. Sozlovchi programmalar.
Mashina tilida programmalashtirish.

3.2-rasm. Mashina tilida mikroEHM ga ma’lumot kiritish.
Hamma programmalashtirish tillarining ichida mashina tili ko’proq umumiydir. Bu yerda programmist mashina funksiyasidagi terminda fikr qilishi kerak. Mashina, bajarayotgan har bir boshqarishni programmistga ta’minlab beradi. Bunday boshqarish programmaning vaqt bo’yicha bajarilishini va xotiraga uni talab bo’yicha joylashtirishni optimallashtirib beradi.

Yüklə 325,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə