Mikroprotsessor mp



Yüklə 325,82 Kb.
səhifə4/26
tarix24.12.2023
ölçüsü325,82 Kb.
#158599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1-9 темы Авт микропроц воситалари

ATMEGA 8A

Amaliy mashg’ulot topshirig’i

  1. Atmega 8 mikrokontrolleri bilan tanishish.

  2. Mikrokontroller oyoqchalari vazifalari bilan tanishish.

  3. Mikrokontroller portlari bilan tanishish.

  4. Mikrokontrollerni dasturlashda ishlatiladigan dasturlarni topish.

Nazorat savollari
1. Mikroprotsessorga umumiy xarakteristika bering va ularni ishlatish sohalarini ayting.
2. MikroEXM ga umumiy xarakteristika bering va ularni ishlatish sohalarini ayting.
3. Seksiyali MP ga umumiy xarakteristika bering va ularni ishlatish sohalarini ayting.
4.Sanoq sistemasi nima?
5. MP, mikroEHM, kompyuterlarda ma’lumotlarni namoyon etish uchun qanday sanoq sistemalari ishlatiladi.


Amaliy mashg‘ulot №2 MPli boshqarish vositalari va sistemalarini boshqarish ob’ekti bilan ulanish sxemalarini o‘rganish. (2 soat)


Kontrollerlarni, mikrokontrollerlarni, robotlar, manipulyatorlar tibbiyot texnikalari, hamda boshqa nazorat qilinuvchi va boshqarish ob’ektlarini ijro etuvchi mexanizmlari bilan ulanishlariga alohida talablar mavjud. Bu talablarga quyidagilar kiradi:


1. Boshqaruvchi qurilmani (stanok, robot va sh. o’xsh.) ishlashi kontrollerlarni ishlashga ta’sir etmasligi kerak;
2. Datchiklar, o’zgartirgichlarda qisqa tutashuvlar, uzilishlar bo’lsa yoki yuqori kuchlanishlar kontrollerning kirishiga ulangan zanjirga tushadigan bo’lsa, bu kuchlanishlar kontrollerni kirishiga tushmasligi kerak;
3. Ijro etuvchi mexanizmlar ishlagan paytda kontrollerlarni programma ta’minoti buzilmasligi kerak.
4. Kontrollerlarni kirish-chiqishlari o’zining is’temol qiluvchi kuchlanish tokidan yuqori bo’lgan kuchlanish manbalaridan himoyalangan bo’lishi shart.
5. Kontrollerlarni kirish-chiqishlari yuqori chastotali halaqitlardan himoyalangan bo’lishlari kerak.
Kontrollerlarni boshqarish ob’ektlariga ulanish sxemalari.
Kontrollerlarni, mikrokontrollerlarni boshqarish ob’ektlariga ulanish sxemalarini umumiy ko’rinishlari ushbu rasmlarda keltirilgan (1-2-3-4-rasmlar).



1-rasm. Kontrollerni, MK optik ajratuvchi sxema orqali (OAS) boshqaruvchi ob’ektga (BO) ulanish sxemasi.

2-rasm. Kontrollerni, MK OAS va kuchaytiruvchi transformator orqali yuqori kuchlanishli liniyaga ulanish sxemasi.

3-rasm. Kontroller va MK OAS orqali BO bilan ulanish sxemasi.

4-rasm. Kontrollerni yuqori kuchlanishli liniyaga ulanish sxemasi.
1-2-3-4-rasmlarda qisqartirilib keltirilgan so’zlarga izoh:
K – kuchaytirgich; OAS – optik ajratuvchi sxema; R – rele; KTS – kuchlanishni tenglashtiruvchi sxema; IEM – ijro etuvchi mexanizm; KTR – kuchaytiruvchi transformator; D – datchik; KPTR – kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar; YuKL – yuqori kuchlanishli liniya.
Yuqorida keltirilgan strukturali sxemalardan ko’rinib turibdiki, kontrollerlar, MK aloqa liniyalari va ijro etuvchi mexanizmlar bilan o’zining kirituvchi-chiqaruvchi portlari orqali bog’lanadi.
Har xil turdagi MK, kontrollerlar har xil sondagi kirish-chiqishlarga ega, ularni hammasi 8 tadan guruhga mantiqiy bo’lingan. Guruhlar PORT A, PORT B, PORT C va sh. o’xsh. nomlar bilan ataladi. MK, K kirish-chiqish liniyalari 8 ga karrali bo’lishlari shart emas, shuning uchun ham guruh to’liq bo’lmasligi mumkin, lekin har doim logik birlardan, portlar baytli ko’rinishida beriladi. Har bir portlarni guruhiga registr to’g’ri keladi, ularni razryadlari portlarga to’g’ri keladigan yo’nalishlarini razryadlarini aniqlaydi. Bu registlarni TRIS A, TRIS B, TRIS C va sh. o’xsh. bilan ataladi.
Kontrollerlarni, mikrokontrollerlarni portlari raqamli va analogli signallarni qabul qilishga mo’ljallangan. Raqamli va analogli signallarni qabul qilish-chiqarish uchun MK maxsus registrlarga ega va bu registrlar yordamida kerakli rejimlarga o’tkaziladi. Mikrokontrollerlarni analogli signallarni qabullash rejimiga o’tkazilganda uning portlariga MK da joylashtirilgan maxsus analog-raqamli o’zgartirgichni kirish-chiqishlari ulanadi va sh. o’xsh.
Ma’lumotlar boshqaruvchi yoki boshqa periferiya qurilmalari bilan baytli va bitli almashishi mumkin.
Kontrollerlarni portlarini aloqa kanallari yoki boshqaruvchi ob’ektning ijro etuvchi organlari bilan bog’lanishini tashkil etish uchun har bir portning kirish/chiqishlarida tashqi qurilma bilan galvanik ajratuvchi sxemani tashkil etish talab etadi.
Kontrollerlar, mikrokontrollerlarni kirishlariga tashqi qurilmalardan har xil chastotadagi xalaqitlarni tushishini himoya qilish uchun kontrollerlarni portlarini kirish-chiqishlariga shu chastotadagi xalaqitlarni o’tkazmaydigan filtrlar o’rnatiladi, har xil ekranlar joylashtiriladi hamda portlarni kirish-chiqish qarshiliklari va signallarini kattaliklari aloqa liniyasining parametrlari bilan moslanadi (to’lqin qarshiligi, sig’imi).

Yüklə 325,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə