Milliy boylik uning tarkibi va ko’paytrish omillari


MHT uslubiyati bo’yicha milliy boylik tarkibiga kiruvchi aktivlarning tasniflanishi13



Yüklə 160,33 Kb.
səhifə8/9
tarix22.03.2024
ölçüsü160,33 Kb.
#182859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Milliy boylik, uning tarkibi ko’paytirish omillari” mavzusidagi

MHT uslubiyati bo’yicha milliy boylik tarkibiga kiruvchi aktivlarning tasniflanishi13

I. Nomoliyaviy aktivlar

II. Moliyaviy aktivlar

1. Ishlab chiqarish hususiyatidagi aktivlar.

1. Oltin pul va karz olish uchun berilgan maxsus huquqlar

1.1. Moddiy aktivlar

1.1.1. Moddiy aylanma mablag’lar zaxiralari

1.1.2. Qimmatbaxo buyumlar

2. Naqd pul va qimmatli kog’ozlar (aksiyalardan tashqari)

1.1.3. Uzoq muddat xizmat qiladigan iste’mol tovarlari.

3. Ssuda va kreditlar

1.2. Nomoddiy aktivlar (asosiy fondlar)

4. Aksiya va kapitalda ishtirok kilishning boshqa turlari.

1.2.1. Foydali qazilma boyliklarni izlash xarajatlari

5. Sug’urta zaxiralari.

1.2.2. EHM dasturiy ta’minoti

6. Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari.

1.2.3. Adabiyot va san’at asarlari




1.2.4. Boshqa nomoddiy aktivlar




2. Noishlab chiqarish xususiyatidagi aktivlar




2.1. Moddiy aktivlar

To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar.

2.1.1. Yer




2.1.2. Yer osti va usti boyliklari




2.1.3. Qayta ishlanmagan tabiiy boyliklar




2.1.4. Suv resurslari




Nomoddiy aktivlar




2.2.1. Patent, mualliflik huquqi, litsenziyalar




2.2.2. Ijara shartnomalari




2.2.3. "Gudvill"




2.2.4. Boshqa nomoddiy aktivlar




Milliy boylikning bu tarzda tasniflanishi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va turli sohalardagi mutanosiblik, moddiy texnik baza mustahkamligi, iqtisodiyot tarmoqlarining o’ziga hos hususiyatlari, nomoddiy ne’matlardan foydalanish va ularni jamg’arish jarayonidagi o’zgarishlarni ifodalaydi14.


Milliy boylik tarkibiy qismlari bajaradigan vazifalariga ko’ra, yuqoridagi tasniflash talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi unsurlarni o’z ichiga oladi:
-ishlab chiqarish vositalari, ya’ni, ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan ishlab chiqarish kuchlari (ishlab chiqarish hususiyatidagi bino- inshootlar, asbob-uskunalar, yer, mineral boyliklar, xom ashyo zahiralari va h.k.);
-iste’mol buyumlari, ya’ni, noishlab chiqarish hususiyatidagi iste’mol talablarini qondirishga xizmat qiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar.
Bizning fikrimizcha, milliy boylik tasniflanishini yuqoridagi shaklda o’rganish iqtisodiyotda ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlarini jamg’arishning real o’sishini baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu unsurlar tahlili mamlakat hamda uning hududlarida ishlab chiqarish salohiyati va samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.
Hozirgizamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy boylik unsurlarini tasniflashda asosiy e’tibor uning daromad keltiradigan qismlariga, ya’ni, turli xil ishlab chiqarish omillariga qaratiladi. Bu ular (ishlab chiqarish omillari) orqali mamlakat yoki hududning yalpi kapital hajmini baholash imkonini beradi va iqtisodiyot uchun juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
“Insonda mujassamlashmagan” moddiy kapital tarkibi boylikning an’anaviy shakllari–bino-inshootlar, yer,tabiiy resurslar, uzoq muddat foydalaniladigan asbob-uskunalar, tovar-moddiy boyliklar zahiralaridan iborat15.
“Insonda mujassamlashgan” moddiy kapital insonning jismoniy holatininormal holda ushlab turish uchun qilinadigan sarf-harajatlar miqdori bilan belgilanadi.Masalan, farzand tarbiyasi (ta’lim harajatlarini hisobga olmagan holda).
Inson kapitalining nomoddiy turiga umumta’lim va maxsus tayyorlov uchun sarflangan jami xarajatlar kiradi. Ularning bir qismi fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarga yo’naltiriladi.
Muammoga bunday yondashuvning o’ziga hos hususiyati shundaki, unda milliy boylik tarkibiy qismlarini o’rganish va tasniflashda inson kapitali va uning milliy boylik unsurlarining barchasida qo’llanilishi nuqtai- nazaridan qaraladi.
Fikrimizcha, milliy boylik unsurlarini uning shakllanish jarayonidan kelib chiqqan holda guruhlash maqsadga muvofiq. Ushbu yondashuvmilliy boylikni tadqiq qilishda resurslarning ta’sir darajasini o’rganish va shundan kelib chiqqan holda ularni guruhlashga imkon beradi. Bunday holatda mamlakatning resurs salohiyati bo’lib, o’zaro bog’liq moddiy-ashyoviy, energetik, axborot vositalari va ishchi kuchidan iborat bo’lgan jami resurslar tizimi hisoblanadi. Ulardan milliy boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida foydalanish mumkin. Shu bilan birga, bu yerda miqdor va sifat jihatdan bir xil bo’lgan resurslar ulardan foydalanish darajasi va samaradorligiga qarab turli xil salohiyatga ega bo’lishi mumkinligini ham hisobga olish zarur.
Milliy boylikning o’zida judako’p axborot tavsifiga ega bo’lgan ma’lumotlarni mujassamlashtirgan unsurlarini tasniflash jarayonida ishlab chiqarish (iqtisodiy) resurslarining o’ziga xos hususiyatlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda unsurlarning axborot manbasi bo’lib, mulkchilik shakllari(davlat, jamoa, hususiy, aralash va h.k.) bo’yicha milliy boylik aktivlarining tasniflanishi, ularni taqsimlash va iste’mol jarayonlari hisoblanadi. Bundan tashqari, mulkdorlarning milliy boylik tarkibiy qismlaridan foydalanish samaradorligi darajasi ham muhim axborot manbalaridan biri hisoblanadi.Shuningdek, u aholi turli xil guruhlari ixtiyorida foydalanishda bo’lgan boyliklar ulushi bo’yicha ham ma’lumot olish imkonini beradi. Bu esa, aholining u yoki bu iste’mol ne’matlari bilan ta’minlanganligi va turmush darajasini tavsiflaydi.
Milliy boylik tarkibiy qismlarining iqtisodiyot tarmoqlari, hususan, moddiy ishlab chiqarish sohalari bo’yicha tasniflanishi iqtisodiy tahlil uchun juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, u milliy boylik tarkibida sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va shu kabilarning ulushini aniqlash imkonini beradi. Masalan, sobiq ittifoq davrida jamg’arilgan boylikning asosiy qismi sanoat hissasiga to’g’ri kelgan16.
Hozirgikunda milliy boylik unsurlarining bu tarzda tasniflanish tamoyilidan mamlakatda YaIMni qo’shilgan qiymatlar bo’yicha hisoblash jarayonida foydalaniladi17.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohalari bo’yicha milliy boylik unsurlarini tasniflash tamoyillarining qo’llanilishi aholiga xizmat ko’rsatish tarmoqlarining (fan, ta’lim, tibbiyot, kommunal xizmatlar va h.k.) jamiyat boyligidagi ulushini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda milliy boylikni yaratish va undan samarali foydalanishda avvalombor millyi boylikning shakklanish bosqichlari va uning guruhlanishini tadqiq etish lozim.
Milliy boylikning har bir shakllanish manbalari bo’yicha guruhlash uni moddiy va nomoddiy ne’matlar yig’indisi sifatida qarash imkonini beradi. Buning natijasida milliy boylikni yaratish va uni ko’paytirish imkoniyatlarini turli yo’nalishlar kesimida shakllantirish va o’rganish mumkin bo’ladi.

Xulosa

Umuman, O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyatini o’rganish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:


Milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni, balki tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Tor ma’noda esa, milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarish mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklarni o’z ichiga qamrab oladi.
Milliy boylik tarkibiy qismlarini tasniflashda eng avvalo, uning hajmi va tarkibi to’g’risidagi tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish zarur.
Milliy boylikni shakllanish manbalari bo’yicha guruhlash uni moddiy va nomoddiy ne’matlar yig’indisi sifatida qarash imkoniyatini beradi. Ya’ni, iqtisodiy aylanmagan jalb qilingan va jamg’arilgan mehnat mahsullari (bino-inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo, kiyim-kechak va h.k.) hamda nomoddiy ne’mat hisoblangan boshqa boyliklar (patent, mualliflik huquqi, litsenziya va h.k.)
Milliy boylikning asosiy qismini tashkil etuvchi O’zbekistonning moddiy boyliklari ya’ni tabiiy resurslar tarkibiga kiruvchi neft zaxiralari hajmi 178,1 million tonnani, tabiiy gaz hajmi 2239,9 mlrd. m3ni, ko’mir hajmi 1950,1 million tonnaini, qimmatbaho metallar, jumladan oltin zahirasi 5990,5 tonnani, kumush zahirasi 21559,9 tonnani, mis zahirasi 16336,2 ming tonnani tashkil qiladi.
Milliy boyliknign mavjud zaxiralardan samarali foydalanish hisobiga mamlakatimiz asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari, jumladan, 2019-yilda yalpi ichki mahsulot 5,6 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi.
Yuqorida ta’kidlangan xulosalardan kelib chiqqan holda quyidagi ilmiy takliflar ishlab chiqildi:
Milliy boylik unsurlarini uning shakllanishidagi geografik belgilar (hudud va mintaqalar darajasida), shakllanish darajalari (mikro, mezo va makro darajalar), ishlab chiqarish jarayoni bosqichlari va turlari bo’yicha (takror ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni va rolidan kelib chiqqan holda) guruhlash maqsadga muvofiqdir.
Milliy boylikning kapital tarkibini ikkita, ya’ni, moddiy va nomoddiy kapitalga ajratish maqsadga muvofiq. Moddiy kapital bevosita moddiy shaklga ega bo’lgan, nomoddiy kapital esa, aniq bir jismoniy ko’rinish yoki shaklga ega bo’lmagan, lekin moddiy kapitalda mujassamlashib, uning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan kapitaldir.
Har qanday mamlakat milliy boyligining ko’payishi uning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan moddiy boyliklar va ularni ishlab chiqarish hamda oltin-valyuta zahiralari hajmining o’sishi bilan bog’liq. Ushbu ikki omilning o’sishiga erishish uchun avvalombor mamlakatimizda ishlab chiqarish hajminig tez sur’atlarda oshirish, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadga muvofiq.



Yüklə 160,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə