Milliy boylik uning tarkibi va ko’paytrish omillari


Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda milliy boylikning ahamiyati



Yüklə 160,33 Kb.
səhifə4/9
tarix22.03.2024
ölçüsü160,33 Kb.
#182859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Milliy boylik, uning tarkibi ko’paytirish omillari” mavzusidagi

Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda milliy boylikning ahamiyati

Iqtisodiy o’sish natijasida jamiyat boyib boradi, sababi iqtisodiy faoliyat natijasida joriy ehtiyojlarni qondirish bilan cheklanmay, yaratilgan ne’matlarning bir qismini jamg’arish imkoniyatini vujudga keltiradi.Ana shu imkoniyatni realizatsiya qilinishi natijasida ne’matlarning bir qismi boylikka aylanadi.Boylik tushunchasi iqtisodiy nazariyada keng qo’llaniladi. Uni dastlab U. Petti ishlatgan va boylik miqdorini hisoblashga uringan. 100 yil o’tgach A. Smit uni takrorlab, yaratilgan moddiy ne’matlarni jamg’arilishini boylik deb atagan.Boylikni moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilarning mehnati tufayli ko’payib boradi deb ko’rsatgan, hamda «Milliy boylik» g’oyasini ilgari surgan.


Hozirgi paytda milliy boylik umumiqtisodiy kategoriya sifatida o’rganiladi.Chunki har qanday jamiyat ichki tuzilishi qanday bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum darajadagi boyligiga tayanadi.Milliy boylik jamiyatning, mamlakatning boyligidir.Shu nuqtai nazardan uni jamiyat miqyesida shu mamlakatga tegishli ijtimoiy boylik deb qarash mumkin. Milliy boylik muayyan jamiyatning asrlar osha, o’z tarixi davomida to’plagan ne’matlarning jamidir. Milliy boylik keng ma’nodagi tushuncha.Unga turli jihatdan yondashish mumkin. Milliy boylikka uning tarkibi nuqtai nazaridan yondashsak, uning unsurlarini moddiy buyumlashgan shakldami yoki yo’qligiga ko’ra: moddiy buyumlashgan va nomoddiy boylikka ajratish mumkin.
Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiga asosiy, aylanma kapital (fond) shaxsiy mulk (uy-joy, ro’zg’or buyumlari), tabiat in’on etgan tabiiy boyliklar kiradi.
Ikkinchi qismga esa aholining salomatligi, madaniy-ma’naviy, intellektual salohiyati, to’plagan bilimi, malaka mahorati majmui kiradi.
Milliy boylik yaratilishi manbai jihatidan insonlar mehnati muhsulimi yoki yo’qligiga ko’ra: moddiy buyumlashgan va nomoddiy boylikka ajratish mumkin.
Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiga asosiy, aylanma kapital (fond), shaxsiy mulk (uy joy, ro’zg’or buyumlari), tabiat inom etgan tabiiy boyliklar kiradi.
Ikkinchi qismiga esa axolining salomatligi, madaniy-ma’naviy, intellektual saloxiyati, to’plagan bilimi, malaka mahorati majmui kiradi.
Milliy boylik yaratilishi manbai jihatidan insonlar mehnati mahsulimi yoki yo’qligiga ko’ra:
A) asrlar osha hamma avlodlar mehnati bilan yaratilgan, jamg’arib kelingan moddiy va nomoddiy boylik;
B) avloddan-avlodga o’tib kelgan tabiat in’om etgan tabiiy boylik (yer, foydali qazilmalar, o’rmon kabilar) dan iborat.
Milliy boylikka qaysi avlod yaratganiga ko’ra tabaqalanishi nuqtai nazaridan qarasak:
A) avloddan-avlodga o’tuvchi
B) bir avlod hayoti davomida yaratilib, iste’mol qilib tugatiladigan boyыlikka ajratish mumkin.
Birinchisiga, bir necha avlodga xizmat qilishi mumkin bo’lgan boyliklar, tarixiy obidalar, bino inshoatlar, kanallar, suv omborlari, temir yo’llar, avtomobil yo’llari va hokazolar kiradi.
Ikkinchisi, asbob-uskuna, mashinalar, turli ashelar va hokazolardan iborat bo’lib, bir avlod hayoti davomida ishlatilib bo’ladi va takroran bir necha marta yaratiladi.
Milliy boylik qator xususiyatlarga ega. Ular quyidagilar:

  • mehnat natijasida yaratilib, ko’payib boradi.

  • Ma’lum bir qismi jamg’arilib boradi.

  • Takroran yaratiladi, ishlatiladi, iste’mol qilinadi.

  • Muayyan mol-mulk sifatida jamiyat tasarrufida bo’ladi. U ayrim kishilar, oila, jamoa, turli uyushmalar yoki davlat mulki bo’lishi mumkin.

Ne’matlar boylik bo’lishi uchun mulk bo’lishi zarur.
Milliy boylik miqdori pul vositasida o’lchanadi.Ammo boylikning shunday unsurlari borki, ularni pul bilan ifodalab bo’lmaydi.Ularga nisbatan bebaho deb ta’rif beriladi. Ular tarixiy obidalar, qo’lyozmalar, noyob va betakror antikvar buyumlar va boshqalardan iborat. Undan tashqari aholi uning sog’lig’i, intellektual saloxiyati kabilarni xam pul bilan o’lchab bo’lmadi.
Milliy boylikka dastlabki baho 1789 yilda Fransiyada berilgan.AQSh da esa 1805 yilda Sobiq Ittifoqda dastlab XX asrning 30 yillarida milliy boylik miqdorini o’lchashga harakat qilingan.o’sha paytda statist Vaynshteyn Rossiyaning milliy boyligini 1914 yil 1 yanvari xolati bo’yicha hisoblagan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach O’zbekiston o’z milliy boyligining egasiga aylandi.1992 yili birinchi bor O’zbekiston milliy boyligi miqdori hisoblab chiqildi. Ana shu hisobotga ko’ra O’zbekistonning milliy boyligi (yer, yer osti boyliklari, o’rmonlar qiymati kiritilmagani holda) ning 55,3% asosiy kapital (fondlar, ishlab chiqarishda band bo’lgan asosiy kapital 36,2%) moddiy oborot mablag’lari 22,1%, aholining jamg’arilgan mol-mulki 22,6%ni tashkil etgan.
Hozirgi paytda milliy boylik milliy hisob tizimi metodologiyasi asosida hisoblanadi.
Milliy boylikka uni hisoblash metodi nuqtai nazaridan ta’rif bersak uni quyidagicha ifodalash mumkin.
Milliy boylik – taraqqiyot asosi bo’lib, u mamlakat ixtiyoridagi mehnat tufayli yaratilib jamg’arilgan moddiy ne’matlar, oltin, chet el valyutalari, nomoddiy aktivlar va qadriyatlar, Hisobga olingan va xo’jalik oborotiga jalb etilgan yer va tabiiy resurslardan iborat.
Milliy hisob tizimi bo’yicha milliy boylik moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarga bo’linadi.
Moliyaviy aktivlarga – oltin, pul massasi, chet el valyutalari, chet el moliyaviy majburiyatlari, xalqaro valyuta fondining (maxsus o’rin bosish huquqi SDR) maxsus pul birligi (589 betga qarang) yevro, chet el emitentlari tomonidan chiqarilgan qimmatbaho qog’ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar) kiradi.
Nomoliyaviy aktivlarning o’zi ikkiga bo’linadi:
· takror ishlab chiqariladigan;
· takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan.
Takror ishlab chiqariladigan nomoliyaviy aktivlar moddiy va nomoddiy aktivlarga bo’linadi.
Moddiy aktivlar: asosiy kapital, aylanma kapital, tayyor mahsulot mol-mulk kabilardan iborat.
Nomoddiy aktivlar mamlakat aholisining intellektual darajasini ifodalovchi ixtirolar miqdori, mavjud sanoat yangiliklari namunalari, litsenziyalar, patentlar, nou-xau, aholining ma’lumoti, malakasi darajasi kabilarni o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarib bo’lmaydigan moddiy aktivlarni hisobga olingan, xo’jalik oborotiga jalb etilgan yer va boshqa tabiiy resurslar tashkil etadi.
Jamiyatning milliy boyligi uning iqtisodiy kuch-quvvatini, ya’ni iqtisodiy potensialini tashkil qiladi.Iqtisodiy potensial jamiyatning ishlab chiqara olish qobiliyati, ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi.
Iqtisodiy potensial o’z ichiga mehnat, intellektual, texnika-texnologiya, tabiiy potensialni oladi.
Mehnat potensiali ishlab chiqarishga layoqatli, bilim, malaka, mahoratga ega bo’lgan kishilardan iborat bo’lsa, intellektual potensial jamiyat a’zolarining ilmiy, ma’rifiy, ma’naviy, intellektual salohiyatini ko’rsatadi.
Texnika-texnologiya potensiali mamlakatdagi mashina-mexanizmlar miqdori, ularning tarkibi, texnologik tizim kabilardan iborat bo’lib, u fan yutuqlari va ularni qay darajada tatbiq etilishi bilan bogliq.
Tabiiy potensial tabiiy resurslar miqdori va sifati, mamlakatning iqlimiy, tabiiy-geografik shart-sharoitlarini o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy potensial unsurlari birgalikda amal qiladi, bir-birini to’ldiradi, o’rnini bosadi. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koreya va qator G’arbiy yevropa mamlakatlarida tabiiy resurslarning kamyobligi texnika-texnologiya vositasida ortig’i bilan qoplanadi.
O’zbekiston tabiiy va mehnat resurslariga boy. Qidirib topilgan va hisobga olingan turli qazilma boyliklarning qiymati 3 trillion AQSh dollariga teng. yer maydoni 44740 ming gektarni takshil etadi. Aholining yarmidan ko’pi mehnatga layoqatlilar bo’lib, uning 45% yoshlardan iborat.
Hozirgi paytdagi muhim muammo ana shu potensialdan samarali foydalanishdir.Shuning uchun ham respublikamizda bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiy potensialdan samarali foydalanish va iqtisodiy o’sishga erishishni ta’minlovchi kuch bozor mexanizmi ekanligini hayot tajribasi ko’rsatdi. Respublikamizda iqtisodiyotning barcha jabhalarida, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida islohotlar amalga oshirilishi, iqtisodiyotni erkinlashtirish iqtisodiy potensialdan, resurslardan tejamkorlik bilan samarali foydalanishga qaratilgan.
Iqtisodiy o’sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo’lsa, u holda YaIM hajmining o’sish suratlaridan foydalaniladi.
Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo’llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o’zgarish sur’ati bilan aholi sonining o’zgarish sur’ati hisobga olinadi.
Agar YaIM hajmining o’zgarish sur’ati aholi sonining o’zgarish sur’atidan yuqori bo’lsa, aholining turmush farovonligi ortadi.Agar ushbu ko’rsatkichlar bir xil bo’lsa, aholining turmush darajasi o’zgarmaydi.Mabodo, YaIM hajmining o’zgarish sur’ati aholi sonining o’zgarish sur’atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.
Bu o’rinda iqtisodiy o’sishga ta’sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo’ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o’sish tushuniladi.
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o’rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxonaga qo’shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo’lgan yana bir korxona quriladi. Eks­tensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi.


  1. Yüklə 160,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə