Milliy boylik uning tarkibi va ko’paytrish omillari


-rasm. Tovarning ikki xil xususiyati va milliy boylikning ikki jihati4



Yüklə 160,33 Kb.
səhifə3/9
tarix22.03.2024
ölçüsü160,33 Kb.
#182859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Milliy boylik, uning tarkibi ko’paytirish omillari” mavzusidagi

1-rasm. Tovarning ikki xil xususiyati va milliy boylikning ikki jihati4
Shu narsani ta’kidlash joizki, tabiat kuchlari va ashyolari juda katta miqyosda va keng bo’lib, ularning hammasini milliy boylik tarkibiga kiritib bo’lmaydi. Chunki ularning juda ko’p qismi inson tomonidan o’zlashtirilib, foydalanishga tortilmagan.
Tabiat kuchlari va ashyolarining inson tomonidan foydalanishga tortilgan qisminigina milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin.
Demak, milliy boylik uzoq tarixiy yillar davomida to’plangan nafliliklar va qiymatlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Milliy boylikning ikki tomonlama tabiatini bilish ko’pgina noaniq savollarga javob berish imkonini yaratadi. Masalan, boylikning manbai nima, u qanday va qaerda yaratiladi, degan savollar bo’yicha olimlar o’rtasida uzoq vaqtlar davomida izlanishlarga, tortishuvlarga sabab bo’lgan masalalarni hal qilish imkonini beradi (2-rasm).
Merkantelizm oqimining boylik puldan iborat, u savdoda ko’payadi, fiziokratlarning boylik faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, deyishgani hamda ko’pgina olimlarning (masalan, A.Smit va boshqalarning) milliy boylikning manbai faqat mehnat, boylik esa to’plangan qiymatlardan tashkil topadi, degan bir tomonlama nazariyalari to’g’ri emasligini bilish mumkin bo’ladi.
Milliy boylik tushunchasiga mamlakatimizning bir qator iqtisodchi olimlari tomonidan ham ta’riflar berilgan. Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalardan va ko’pgina olimlar tomonidan berilgan ta’riflardan kelib chiqib, milliy boylik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: “Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan naflilik va qiymatlarning birligidan iborat bo’lgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir”.


2-rasm. Milliy boylikning ikki manbai5
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismga ajratish mumkin:
1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishda qatnashgan unumli aniq mehnat va abstrakt mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi.




  1. Yüklə 160,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə