Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari



Yüklə 7,21 Mb.
səhifə1/4
tarix15.04.2023
ölçüsü7,21 Mb.
#105737
  1   2   3   4
Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o\'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari. NURIDDINOV LAZIZJON

Mavzu: Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari.

Reja:

1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari.

2. Yalpi ichki mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.

3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari.


Tayorladi: NURIDDINOV LAZIZJON

Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:


Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini obektiv aks ettiruvchi statistik malumotlarning mavjudligi.
Mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jixatdan yondashuv.
Iqtisodiyot tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning obektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash.
Makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini obektiv ravishda tadbiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish.
Ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va istemoli darajasini o’stirishga yo’naltirish.
Aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai bo’lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarining oshishi bilan taminlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o’sishi ekanligi tushunish.

Hammaga ma’lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xom ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan» mamlakat edi. 1991 yil sentyabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldik.


Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə