Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari



Yüklə 7,21 Mb.
səhifə3/4
tarix15.04.2023
ölçüsü7,21 Mb.
#105737
1   2   3   4
Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o\'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari. NURIDDINOV LAZIZJON

Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo‘jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillapda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‘sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.

Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekanligini aniq bilish bir qancha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi YaIM, YaMM. Jumladan, aynan shu yilda jonli mehnatning unumli harakati natijasida vujudga keltirilgan sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi.

YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi:

.

SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini yo‘qotadi. Hozirgi davrda qo‘llanilayotgan milliy hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi:

.

Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ularning miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning sotilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.


Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə