Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari



Yüklə 7,21 Mb.
səhifə2/4
tarix15.04.2023
ölçüsü7,21 Mb.
#105737
1   2   3   4
Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o\'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari. NURIDDINOV LAZIZJON

Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot – mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qo‘llayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YaIM) deb yuritiladi. Milliy mahsulot ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyotida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) deb, boshqa ko‘pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilar edi. Yalpi milliy mahsulot – bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir. Yalpi ichki mahsulot – ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir. YaMM va YaIM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YaIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSh va Yaponiyada YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YaIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.

Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi. Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:


1- usul- bu YaIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondashuv.
3- usul- bu YaIMni hisoblashga daromadlar bo’yicha yondashuv.
2- usul – bu YaIMni hisoblashga sarf harajatlar bo’yicha yondashuv.

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə