Milliy kurash turlari


Kurashchining taktik harakatlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

Kurashchining taktik harakatlari. 
Sport kurashi taktikasi - bu bellashuvlar va 
musobaqalarda yuzaga kelgan muayyan vaziyatlarda raqib xususiyatlarini hisobga 
olgan holda texnik iroda va jismoniy imkoniyatlardan mohirona foydalanishdir.
 
Hujum uchun tayyorgarlik harakatlari - bu hujum harakatini bajarish uchun 
zarur bo’lgan raqibning kutilayotgan va himoyalanish harakatini keltirib chiqarish 
maqsadida bajariladigan kurashchining hujum harakatlaridir. 
Taktik tayyorgarlik usullari - kurashchi harakatlari bo’lib, ular yordamida u 
hujum yoki qarshi xujum uchun qulay sharoitlarni yaratadi.
Razvedka - kurashchining raqib to’g’risida ma’lumot olishga qaratilgan taktik 
harakatlaridir. 
Niyatni yashirish - kurashchining taktik harakati bo’lib, uning yordamida u 
raqibdan o’zining asl niyatlarini yashiradi. 
Xafv solish - kurashchining raqibni himoyalanishga o’tishga majbur qiluvchi 
taktik harakatidir. 
Aldamchi harakat (aldash) - hujum qiluvchi tomonidan oxiriga 
yetkazilmaydigan va raqibni himoyalanishga majbur qiladigan usullar, qarshi 
usullar, ushlab olishlar, siltashlar, turtishlar va boshqa harakatlar.
Qo’shaloq aldash - kurashchining taktik harakati bo’lib, haqiqiy usulni 
raqibga aldamchi usul sifatida ko’rsatadi.
Chorlash - kurashchining taktik harakati bo’lib, shu orqali u raqibni faol 
harakatlarga o’tishga majbur qiladi.
Teskari chorlash - kurashchining taktik harakati uning faol harakatlarni 
to’xtatib, raqibni ham shunday harakatlarga chorlash maqsadida amalga 
oshiradigan harakati. 
Cheklab qo’yish - kurashchining raqib harakatlari erkinligini cheklab 
qo’yadigan taktik harakatlari. 
Takroriy hujum - bir xil harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo’lgan 
taktik harakat. Ushbu ketma-ket uyushtirilgan harakatlar ichida faqat oxirgisi hal 
etuvchi, qolganlari esa aldamchi harakat hisoblanadi.
Muvozanatdan chiqarish - kurashchining taktik harakati bo’lib, u raqibni 
nomustahkam holatni egallashga majbur qilish bilan birga kurashchiga hujumni 
bajarish uchun qulay vaziyatni yaratadi. 
Usullar kombinasiyalari - usullar uyg’unligi bo’lib, bunda boshlang’ich 
usullar keyingilarini bajarish uchun qulay dinamik vaziyat yaratadi.
Yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar va atamalar sport kurashi nazariyasi 
hamda usuliyatida keng qo’llaniladi. Taklif etilayotgan atamalar o’zgarmas va 
qat’iy emas. U keyinchalik, shubhasiz, sport fanining rivojlanishi hamda yangi 
talablariga muvofiq qisman o’zgartirib turilishi mumkin 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə