Milliy kurash turlari


Kurashchining asosiy holatlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

Kurashchining asosiy holatlari. 
Kurashchining asosiy holatlari - sport 
tayyorgarligi jarayonida kurashchilar tomonidan qo’llaniladigan holatlardir. 
Tik turish - kurash olib borish uchun zarur bo’lgan, kurashchining tik 
oyoqlarda turgan holatidir. O’ng, chap tomonlama, yalpi, past va baland tik turish 
ajratiladi. Ular yaqin, o’rta va uzoq masofalardan turib qo’llaniladi. 
O’ng tomonlama tik turish - kurashchining (raqibga nisbatan) o’ng oyog’ini 
oldinga chiqarib turgan holatidir.
Chap tomonlama tik turish - kurashchining chap oyog’ini oldinga chiqarib 
turgan holatidir. 
Yalpi tik turish - kurashchining tik turishdagi holati bo’lib, bunda uning oyoq 
kaftlari gavdasining yalpi tekisligida turadi. 
Baland tik turish - tik turishda butun bo’yi bilan yoki bir oz egilgan holda 
turgan kurashchining holatidir. 
Past tik turish - kurashchining tos-son bo’g’imlarida bukilib (oyoqlarni 
tizzalardan bukkan holda) tik turishdagi holatidir. 
Parter - kurashchining qo’llari bilan gilamga tiralib, tizzalarda turgan 
holatidir. 
Parterda pastdagi va yuqoridagi kurashchi holatlari ajratiladi.
Ko’prik - shunday holatki, bunda kurashchi, egilib, peshonasi hamda yelka 
kengligida yozilgan oyoq kaftlari bilan gilamga tiraladi. 
Kurashchining texnik harakatlari
.Kurash texnikasi - kurashchining g’alabaga 
erishish uchun qo’llaniladigan, qoidalarda ruxsat berilgan harakatlari yig’indisidir.
Usul - kurashchining g’alabaga yoki raqib ustidan ustunlikka erishish uchun 
hujum qilinayotgan kurashchi holatini gilamga nisbatan o’zgartirishga qaratilgan 
harakatidir. 
Himoyalanish - kurashchining hujum qiluvchi tomonidan amalga 
oshirilayotgan usulni to’xtatib qolishga qaratilgan harakatidir. 
Qarshi usul - kurashchining raqib usuliga qarshi javob usulini bajarishga 
qaratilgan harakatidir. 
Tashlashlar. Oldinga engashib - usul bo’lib, uning natijasida raqibni gilamdan 
ko’tarib, vertikal holatdan gorizontal holatga o’tkazadi. 


Yelkadan oshirib (burilib) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni qo’llari, qo’l 
va oyog’i, boshi va oyog’i, kiymidan ushlab olib, tutib turgan yelkalardan oshirib 
gilamga tashlaydi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə