Milliy kurash turlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

 
 
 
 
Milliy kurash va qo’l jangida tasniflash, tizimlashtirish va atamalari 
 
Reja: 
 
Umumiy qoidalar
 
1.
............................................................................. 
Asosiy holatlari
ni
 
tasniflash, tizimlashtirish va atamalari 
2.
............................................................................. 
Texnik harakatlari
ni 
tasniflash, tizimlashtirish va atamalari 
Taktik harakatlari
ni tasniflash, tizimlashtirish va atamalari 
Umumiy qoidalar. 
Sport kurashida sportchining texnik harakatlari ko’p va turli-
tumanligi sababli u boshqa sport turlaridan farq qiladi. 
Kurashchining texnik harakatlarini tartibga solish va ushbu sohada 
mutaxassislar o’rtasida muloqat qilish imkonini yaratish uchun kurash 
texnikasining tasnifi, tizimi hamda atamalari ishlab chiqilgan. 
Tasniflash - bilimlarning u yoki bu sohasidagi bir-biriga tobe tushunchalar 
(sinflar, obyektlar, hodisalar) tizimidir. Tasnif obyektlarning umumiy belgilar va 
ular o’rtasidagi qonuniy bog’liqlikni hisobga olish asosida tuziladi. Tasniflash 
turli-tuman obyektlarda to’g’ri yo’l tutishga yordam beradi hamda ular 
to’g’risidagi bilimlar manbai bo’lib hisoblanadi. 
Har xil kurash usullarini ularning umumiy belgilariga qarab (tasniflarga) 
taqsimlash mutaxassislarga fan to’g’risidagi nazariy hamda amaliy bilimlarni 
rivojlantirishga imkon yaratadi va bir vaqtning o’zida bu bilimlardagi 
kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. 
Kurash usullari o’rtasidagi ichki bog’liqliklar tizimlashtirish asosida ko’rib 
chiqiladi. Tizimlshatrish - bu kurash texnikasini bir tizimga solish, ma’lum bir 
tartibda joylashtirish, ma’lum bir ketma-ketlikni belgilash demakdir. 
Tizimlashtirishda, tasniflashdan farqli ravishda (chunki uning davomida 
ko’rib chiqilayotgan obyektlar ularning o’xshashligi va o’zaro bog’liqligini 
hisobga olgan holda u yoki bu bo’linmaga ta’lluqli bo’ladi) obyektlar ularning 
ketma-ketligini 
aniqlash, 
belgilash 
uchun 
bir-biri 
bilan 
taqkoslanadi. 
Tizimlashtirish ushbu tasnifiy sxema imkoniyatlarini ochib beradi, uning 
kamchiliklarini ko’rsatadi. 
Sport kurashini tasniflash va tizimlashtirishning vazifasi kurash mohiyatini 
aks ettirish hisoblanadi. Tasniflash va tizimlashtirishni tushunchalarni (tashlash, 


o’tkazish, yiqitish, ag’darish va h.k.) aniqlash bo’yicha oldindan ish bajarilmasdan 
turib, amalga oshirilmaydi. 
Yaxshi tuzilgan tasniflash ilmiy asoslangan atamalarni yaratish uchun asos 
bo’lib hisoblanadi. 
Kurash atamashunosligi - bu mutaxassislar o’zlarining ilmiy va pedagogik ish 
faoliyatlarida foydalanadigan atamalar yig’indisidir. 
Mazkur ko’pgina fanlarni tasniflash va tizimlashtirish asosida tuzilgan 
atamashunoslik fan mohiyati to’grisida ma’lumotlar beradi hamda maqsadli 
ravishda takomillashtirish imkoniyati mumkin. Bunday atamashunoslik ilmiy 
asoslangan atamashunoslik deb ataladi. 
Shunday qilib, tasniflash, tizimlashtirish va atamashunoslik to’g’risida fikr 
yurtiligan paytda, ularning mana shu tartibda sanab o’tilishiga e’tibor berib, undagi 
tasniflash bo’yicha ish ketma-ketligini ko’rish mumkin. Ya’ni avval tasniflash 
bajariladi, uning natijasida ma’lum bir tizim hosil bo’ladi, so’ngra esa uning 
asosida hamma kurash usullarining ilmiy asoslangan nomlari (atamalari) beriladi.
Kurashning har xil turlari umumiy qonuniyatlarga (A.P.Kupsov bo’yicha) 
ega hamda ular quyidagilardan iborat: 
1.
Kurashda ikkita sportchi qatnashadi, ulardan har biri usullar yoki qarshi 
usullar yordamida o’z raqibi ustidan g’alabaga erishadi. Shunday qilib, kurashning 
har bir alohida daqiqalarida hujum qilayotgan va hujum qilinayotgan kurashchi, 
ya’ni usul yoki kombinasiya bajarayotgan kurashchi va ustidan usul hamda 
kombinasiya uyushtirilayotgan kurashchi mavjud (qarshi hujumni bajarayotgan 
kurashchi qarshi hujumchi deb ataladi). 
2.
Har bir kurashchi harakat faoliyatining asosiy vazifalaridan biri - bu 
tanlangan holatni saqlab turishdir. 
3.
Hujum qilayotgan kurashchining vazifasi raqibning gilamga nisbatan 
holatini o’zgartirish uchun uni muvozanatdan chiqarishdan iborat. Bunda 
kurashchilarni bir-biriga nisbatan holatlari turli xilda o’zgarib turishi mumkin. 
4.
Gilamga nisbatan holatni o’zgartirish shu bilan yengillshatiriladiki, bunda 
kurashchilarning gilamga qaratilgan og’irlik kuchidan foydalaniladi. 
5.
Raqib gavdasining ma’lum bir berilgan nuqtasiga zarur kuch berish (ya’ni 
kuch momentlarini hosil qilish, kuch juftligini yaratish, og’irlik kuchlari va 
inersiya momentlaridan foydalanish) har bir usulning biomexanikaviy asosini 
tashkil qiladi. 
6.
Usul kuch bo’yicha g’olib bo’lishga imkon beradi va bir nechta qismlardan 
iborat: tayyorgarlik harakati, ushlab olish, asosiy harakat, hujum hamda 
yakunlovchi holatlar. 
7.
Har bir usul o’zgartirilishi va dinamik vaziyat hamda raqib xususiyatlariga 
qarab murakkablashtirilishi mumkin.
8.
Har bir usul o’zining marom - sur’at tavsiflariga ega. U bellashuvning u 
yoki bu vaziyatlarida yoki butun bellashuvda o’zgartirilishi mumkin. 
9.
Har bir usulni bajarish joyi kurash gilami o’lchamlari bilan chegaralangan. 
Har xil kurash turlarining mazmuni, alohida har bir kurash turida 
kurashchilarning harakatlari o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga qaramasdan, 
umumiy asosga ega va bir xil belgilariga qarab tasniflangan. 


Kurash texnikasi asosiy usullarining yagona tasnifi va tizimini ishlab 
chiqishda quyidagi vazifalar oldinga qo’yilgan: 
- kurash texnik harakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning turli-tumanligi va 
murakabligini ochib bergan holda uning mohiyatini aks ettirib; 
- gilamda sodir etilayotganlarni kurash turiga qiyoslamagan holda aks ettirish;
- hamma kurash turlari uchun umumiylikni aniqlashga yordam berish
- har bir kurash turining o’ziga xos hususiyatlarini saqlab qolish; 
- har bir kurash turiga boshqa turlardan (shu qatorda milliy kurashdan) eng 
yaxshi usullarni o’zlashtirish imkonini yaratish; 
- asosiy texnika usullarini “maktabdagi bajarish” ga tasniflash; 
- hamma kurash turlari uchun umumiy bo’lgan texnika tushunchalari hamda 
ta’riflarni tuzish va har bir turning umumiy tamoyillarga asoslangan 
atamashunosligini yaratishga yordam berish. 
Sport kurashidagi yagona tasniflash va tizimlashtirishning asosiy xususiyati 
shundan iboratki, uning hamma darajalari har qaysi sport (shu qatorda milliy) 
kurashi turi texnikasining bosqichma-bosqich ifodasi hisoblanadi hamda ko’p sonli 
elementlarni tartibga solishga yordam beradi. 
Birinchi daraja - sinflar - kurash qanday holatda amalga oshirilayotganligini 
ko’rsatadi. Kurashning texnik harakatlari ham tik turishda, hamda parterda 
bajariladi. 
Ikkinchi daraja - kichik sinflar - kurashda nima bajarilayotganligini (tashlash, 
o’tkazish, ag’darish va h.k.) ko’rsatadi. 
Uchinchi daraja - guruhlar - usul, ya’ni hujum qilayotgan kurashchilarning 
usullarni bajarish paytidagi mumkin bo’lgan asosiy harakatlari turlari qanday 
bajarilayotganligini ko’rsatadi. Masalan, tashlashlar oldinga engashib, orqaga 
egilib, burilib va h.k. bajariladi. 
To’rtinchi daraja - kichik guruhlar - mumkin bo’lgan qo’l bilan ushlab 
olishlar, oyoqlar bilan harakatlanishlar hamda usullarni bajarishning boshqa 
xususiyatlarini, ya’ni guruh ichidagi usullarning o’zining variantliligini ko’rsatadi. 
Tizimning shunday tuzilishidan foydalanib, hamma usullar nomini hosil qilish 
hamda bajarish murakkabligining ortib borishiga qarab, ularni bir tartibda tizib 
chiqish mumkin. Bu ham tizim hisoblanadi. Gilamda bajarish mumkin bo’lgan har 
qanday texnik xarakat ushbu tasniflash jadvaliga kiritilgan. 
Usullar nomini shakllantirishda birinchi daraja, ya’ni tik turish yoki parterda 
bajarish ko’rsatilmaydi. Bu narsa nazarda tutiladi yoki agar gap ham tik turishda, 
ham parterda mavjud bo’lgan usullar (masalan, tashlashlar) to’g’risida borsa, 
ushbu hollarda qo’shimcha tushuntiriladi. Har bir usulning nomi ikkinchi 
darajadan, ya’ni kichik sinfdan shakllana boshlaydi. 
Usullarning xar bir to’liq nomlanishidan uchta tasniflash darajasiga muvofik 
bo’lgan va shu tarika ushbu usulning umumiy tizmdagi o’rnini ko’rsatib beruvchi 
uchta qism bo’lishi lozim. 
Usullarni ta’riflash uchun quyidagilarni bilish zarur: 
1.
Gilamda nima bajarildi (tashlash, o’tkazish, ag’darish va h.k.), ya’ni usul 
qaysi kichik guruhga taalluqli (2-daraja). 


2.
Usul qanday bajarildi (orqaga egilib, oldinga engashib), ya’ni hujum 
qilayotgan kurashchining asosiy harakatini tavsiflovchi usul qaysi guruhga 
taalluqli (3-daraja). 
3.
Usul qanday ushlab olish va boshqa xususiyatlar bilan bajarildi, ya’ni 
ushbu holda usulning qanday varianti nazarda tutiladi (4-daraja). 
Masalan, qo’llar va gavdadan ushlab olib (4-daraja) orqaga egilib (3-daraja) 
tashlash (2-daraja).
Shunday qilib, yagona tasniflash asosida yagona usuliyat bo’yicha ishlab 
chiqilgan sport kurashi atamashunosligi mutaxassislarning butun ilmiy-usuliy va 
sport-pedagogik faoliyati uchun o’ta muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə