Milliy kurash turlari


Chaqqonlik va uni rivojlantirish uslubiyati



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

Chaqqonlik va uni rivojlantirish uslubiyati. 
Kurashchining chaqqonligi - 
bu harakatlarni nazorat qila olish, bellashuvda to’satdan o’zgarib turadigan 
vaziyatda tez hamda aniq yo’l tutish va tegishli harakatlarni oqilona bajarish 
qobiliyatidir. 
Chaqqonlik deganda sportchining koordinasion qobiliyatlari yig’indisi 
tushuniladi. Shunday qobiliyatlardan biri yangi harakatlarni egallash tezligi
ikkinchisi - to’satdan o’zgaradigan vaziyat talablariga muvofiq harakatlarni tez 
qayta qurish hisoblanadi. 
Chaqqonlik sportchini o’rgatish jarayonida rivojlantiriladi. Buning uchun 
yangi harakatlarni muntazam egallab borish lozim. Chaqqonlikni rivojlantirish 
uchun har qanday mashqdan foydalanish mumkin, lekin ularda yangilik 
elementlari bo’lishi shart.
Chaqqonlikni rivojlantirishning ikkinchi yo’li mashqning koordinasion 
murakkabligini oshirishdan iborat. Bunday murakkablik harakatlarni yuqori 
darajada aniq bajarish, ularning o’zaro muvofiqligi, to’satdan o’zgarib turadigan 
vaziyatga mosligiga bo’lgan talablarni oshirish bilan aniqlanishi mumkin. 
Uchinchi yo’li - bu nooqilona mushak kuchlanishi bilan kurashish, chunki 
chaqqonlikni namoyon qilish ko’p jihatdan mushaklarni zarur hollarda 
bo’shashtirish malakasiga bog’liq. 
Kishi koordinasiyasini rivojlantirishning to’rttinchi yo’li - uning gavda 
muvozanatini ushlab turish qobiliyatini oshirishdir. Bunday qobiliyatni 
rivojlantirishning bir nechta usullari mavjud: 
1) muvozanatni ushlab turishni qiynlashtiruvchi harakatlardagi mashqlar; 
2) akrobatika va gimnastika mashqlari; 
3) hamma tekisliklarda boshni tez harakatlantirish yordamida bajariladigan 
mashqlar. 
A.I.Yaroskiy (1971) kompleksiga (majmuasiga) beshta mashq kiradi: boshni 
chapga va o’ngga burish; boshni oldinga va orqaga eshish; boshni yon tomonlarga 


egish; soat millari bo’ylab aylanma harakatlar; soat millariga qarishi tomonga 
aylanma harakatlar. Bu mashqlar tez sur’atda kuniga uch marta 10 minutgacha 
bajariladi. 
Kurashchi chaqqonligini rivojlantirishning hamma vositalarini ikkita bo’limga 
ajratish maqsadga muvofiqdir: umumiy chaqqonlikni rivojlantirish vositalari va 
maxsus chaqqonlikni rivojlantirish vositalari. 
Umumiy chaqqonlikni rivojlantirish vositalari umuman harakatlanish tajribasi 
va harakat koordinasiyasini boytishga qaratilgan. Maxsus chaqqonlikni 
rivojlantirish vositalari kurashchining o’ziga xos maxsus harakatlanish 
koordinasiyasini hamda musobaqa faoliyatining favqulodda sharoitlarida o’zining 
o’z harakatlarini baholay olish va qayta qurish qobiliyatini takomillashtirishga 
qaratilgan. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə