Milliy kurash turlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 


Milliy kurash va qo’l jangi sportchilarining jismoniy tayyorgarligi.
Reja: 
1. Kuch va uni rivojlantirish uslubiyati
 
2. Chidamlilik va uni rivojlantirish uslubiyati
 
3.Chaqqonlik va uni rivojlantirish uslubiyati  
4. Egiluvchanlik va uni rivojlantirish uslublari 
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sport mashg’ulotining muhim tarkibiy 
qismlaridan biri hisoblanadi va jismoniy sifatlar - kuch, chidamlilik,
egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayondir. 
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
Sportchilar sog’lig’i darajasi va ular organizmi turli tizimilarning funksional 
imkoniyatlarini oshirish. 
Jismoniy sifatlarni sport kurashining o’ziga xos xususiyatiga javob beradigan 
birlikda jismoniy sifatlarni rivojlantirish.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy, yordamchi va maxsus tayyorgarlikka 
bo’linadi. 
Kurashchining umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori natijalarga erishish 
uchun poydevor, zarur asos hisoblanadi. U asosan quyidagi vazifalarning hal 
etilishini ta’minlaydi: 
Kurashchi organizmini har tomonlama garmonik rivojlantirish, uning 
funksional imkoniyatlarini oshirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish. 
Salomatlik darajasini oshirish. 
Shiddatli trenirovka va musobaqa nagruzkalari davrida faol dam olishdan 
to’g’ri foydalanish. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik turli vositalar to’plashini o’z ichiga oladi. Ular 
orasida snaryadlarda va snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar, sherik bilan 
maxsus trenajerlada bajariladigan mashqlar, boshqa sport turlari: akrobatika
yengil atletika, sport o’yinlari, suzi va h.k.dan olingan umumiy rivojlantiruvchi 
mashqlar ajratiladi. 
Yoradamchi 
jismoniy 
tayyorgarlik 
maxsus 
harakat 
malakalarini 
rivojlantirishga qaratilgan katta hajmdagi ishni samarali bajarish uchun zarur 
bo’lgan maxsus asosni yaratishga mo’ljallangan. U ancha tor va o’ziga xos 
yo’nalishga ega hamda quyidagi vazifalarni hal etadi: 
Asosan kurash uchun ko’proq xos bo’lgan sifatlarni rivojlantirish. 
Kurashchi harakatlarida katta darajada ishtirok etuvchi mushak guruhlarini 
tanlab rivojlantirish. 
Yordamchi jismoniy tayyorgarlikning ilg’or vositalari sifatida shunday 
mashqlar qo’llaniladiki, ular o’zining kinematik va dinamik tarkibi hamda asab-
mushak kuchlanishi xususiyatiga ko’ra kurashchining musobaqa faoliyatida 
bajaradigan asosiy harakatlariga mosdir. Shunday mashqlar orasida quyidagilarni 
ajratish mumkin: kurashning turli usullarini ishora orqali bajarish; maxsus trenajer 
moslamalarida bajariladigan mashqlar; kurashchilar manekeni bilan mashqlar. 


Kurashchining maxsus jismoniy tayyorgarligi harakatlanish sifatlarini 
kurashchilarning musobaqa faoliyati xususiyatlari tomonidan quyiladigan 
talablarga qat’iy muvofiq holda rivojlantirishga qaratilgan. 
Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi asosan kurash gilamida 
o’tkaziladi va harakat malakalari tarkibidagi eng muhim harakat sifatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan. Shuning uchun maxsus jismoniy tayyorgarlikning 
asosiy vositalari sifatida mumkin bo’lgan turli murakkabliklarni jalb qilgan holda 
musobaqa mashqlari qo’llaniladi. Bunday murakkablashtirilgan mashqlar 
kurashchi organizmiga bo’lgan ta’sirni kuchaytiradi. Masalan, og’irroq vazn 
toifasidagi sherigini tashlash, sheriklarni almashtirgan holda o’kuv-trenirovka 
bellashuvlari bajariladi va h.k. Mana shu hamma mashqlar energiya ta’minotining 
u yoki bu mexanizmlarini rivojlantirish imkonini ta’minlaydi, kurashchining 
mashqlanganligiga kompleks holda ta’sir ko’rsatadi hamda bir vaqtning o’zida 
uning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligini oshiradi. 
Jismoniy tayyorgarlikning hamma ko’rsatilgan turlari bir-biri bilan uzviy 
bog’liq. Mashg’ulot jarayonida biron bir jismoniy tayyorgarlik turlariga yetarlicha 
baho bermaslik oxir-oqibat sport mahoratini oshishiga to’sqinlik qiladi. Shuning 
uchun trenirovka jarayonida ko’rsatilgan jismoniy tayyorgarlik turlarini optimal 
nisbatiga rioya qilish juda muhimdir. Uning son jihatdan ifodasi doimiy
o’lcham 
hisoblanmaydi, 
balki 
kurashchilar 
malakasi, 
ularning 
alohida 
xususiyatlari, trenirovka jarayoni davri va organizmning shu paytdagi holatiga 
bog’liq holda o’zgarib turadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə