Milliy kurash turlari


Musobaqalarda qatnashish taktikasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

Musobaqalarda qatnashish taktikasi
 
Butun musobaqani o’tkazish taktikasi tortilishdan so’ng, ya’ni raqiblar tarkibi 
aniqlangandan va yaqin orada bo’lib o’tadigan bellashuvlar juftliklari tuzilgandan 
keyin belgilanadi. Shundan keyin ikkita mashg’ulotdan so’ng chiqib ketish yo’li 
bilan o’tkaziladigan musobaqalarda ma’lum bir o’rinni egallash uchun o’tish lozim 
bo’lgan davrlar (uchrashuvlar) sonini tahminan bilish maqsadida har bir uchrashuv 
maqsadi aniqlanadi. Kurashchi qaysi bellashuvlarni “sof” g’alaba, yaqqol ustunlik 
bilan, qaysilarini ballar buyicha yuitishi lozimligini belgilab olish lozim. Taktik 
jihatdan to’g’ri yo’l tutish maqsadida, xar bir davra tugashi bilan turnirdagi o’z 
holati hamda raqib holatini baholab borish zarur. Buning uchun o’z vazn toifasi 
buyicha musobaqalar jadvalini olib borish lozim. 
Bellashuv davomidagi razvedka raqibning tayyorgarligi to’g’risida yanada 
aniq ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Razvedka asosan bellashuv boshida 
o’tkaziladi va raqib qanday usullardan foydalanayotganligi, qanday qarshi hujum 
uyushtirayotganligi, uning taktik tayyorgarligi usulari, reaksiya tezligi, kuchi va 
chidamliligini aniqlashga qaratilgan. Buning uchun raqibga hujumning u yoki bu 
usulini bajarish uchun ataylab qulay sharoit yaratish bilan uni chorlashni qo’llash 
mumkin. Bunda himoyalanishga va qarshi hujum uyushtirishga tayyor turish 
lozim. Raqibning javob reaksiyasini aniqlash uchun turli xil usullar bilan aldamchi 
hujumlarni qo’llash mumkin, lekin bir vaqtning o’zida uning qarshi hujumlaridan 
himoyalanishga tayyor turish lozim. Manevr olib borish raqibning hujum usullarini 
aniqlashga xizmat qiladi (tik turishni o’zgartirish, raqibdan chekinish va unga 
yaqinlashish, uning atorfida harakatlanish, h.k.). 


Gilam maydonida, uning markazida yoki chetida holatni o’zgartirish
 
razvedka maqsadi bo’lib xizmat qilishi mumkin. U raqib qaysi joyda kurashishni 
afzal ko’rishini, unga qanday hujum qilish yoki undan qanday himoyalanishni 
aniqlashga imkon beradi. Ma’lumotlarni har safar yangitdan to’plash zarur emas, 
avval shu raqib bilan bo’lgan uchrashuvlardan ma’lum hamma axborotdan 
foydalanish hamda ehtimoldagi raqiblar tayyorgarligi to’g’risidagi qog’ozchaga
ega bo’lish lozim.
Razvedkadan tashqari, muhim taktik harakatlardan yana biri - bu niyatni 
yashirish hisoblandi. U kurashchining taktik harakati bo’lib, bunda kurashchi 
kurash jarayonida raqibning razvedka qilishiga to’sqmnlik qilgan holda undan 
o’zining asl niyatini yashiradi. To’g’ri yashirish kurashchining shaxsiy 
kashfiyotchiligiga bog’liq. Tezlashgan; qattiq nafas olish va harakatlarning sustligi 
bilan qattiq toliqqanlikni namoyish qilish va shu vaqtning o’zida “portlashga” 
tayyor bo’lib, bellashuvda tez va keskin hujumni bajarish mumkin. Bo’sh raqib 
bilan o’zining “shoh” usullarini qo’llamasdan turib ikkinchi darajali usullar bilan 
g’alaba qozinishga harakat qilish lozim. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə