Milliy kurash turlari


Kuch va uni rivojlantirish uslubiyati



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

Kuch va uni rivojlantirish uslubiyati. 
Jismoniy sifat bo’lmish “kuch” deganda 
kurashchining raqib qarshiligini yengib o’tish yoki mushak kuchlanishi hisobiga 
unga qarshilik ko’rsatish qobiliyati tushuniladi.
 
Kuchning quyidagi turlarini ajartish qabul qilingan: umumiy va maxsus, 
mutlaq va nisbiy, tezkor va portlovchan, kuch chidamliligi. 
Umumiy kuch - bu kurashchining maxsus harakatlariga taalluqli bo’lmagan 
holda sportchi tomonidan namoyon qilinadigan kuch. Maxsus kuch musobaqa 
harakatlariga mos bo’lgan maxsus harakatlarda sportchi tomonidan namoyon 
bo’ladi. Mutlaq kuch sportchining juda katta xususiyatiga ega harakatlarida 
namoyon bo’ladigan kuch imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Kurashda u kuch 
yordamida yakkama-yakka olishish uchun muhim ahamiyatga ega. 
Nisbiy kuch, ya’ni sportchining 1kg vazniga to’g’ri keladigan kuch 
kurashchining shaxsiy og’irligini yengib o’tish imkoniyati ko’rsatkichi 
hisoblanadi. Bu usullarning tezkorlik bilan bajarilishida muhim ahamiyatga ega. 
Tezkor kuch mushaklarning nisbatan kichik tashqi qarshilikni yengib o’tish 
bilan bog’liq harakatlarni tez bajarishga bo’lgan qobiliyatida aks etadi. 
Portlovchan kuch qisqa vaqt ichida o’z shiddatiga ko’ra katta kuchlanishlarni 
namoyon qilish qobiliyatini tavsiflaydi. 
Kuch chidamliligi - bu sportchining nisbatan uzoq vaqt davomida mushak 
kuchlanishlarini namoyon qilishga bo’lgan qobiliyatidir. Kurashchining kuch 
imkoniyatlarini rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo’llaniladi: takroriy 
kuchlanishlar; qisqa muddatli maksimal kuchlanishlar; tobora o’sib boradigan 


og’irliklar, zarbdor, birgalikda ta’sir ko’rsatish; variantililik; izometrik 
kuchlanishlar uslublari.
Takroriy kuchlanishlar uslubi shundan iboratki, sporchi mashqni “so’ngi 
nafasgacha” bajarishda maksimal og’irlikdan 70-80% ga teng bo’lgan og’irliklar 
bilan mashqlarni takroran bajaradi. Ushbu uslub kuch mashkini seriyalab 
bajarishni nazarda tutadi. Har bir seriya - “so’ngi nafasgacha”, hammasi bo’lib 3-4 
seriya, seriyalar o’rtasidagi dam olish oralig’i 3-4 min. 
Takroriy kuchlanishlar uslubining bir turi dinamik kuchlanish uslubi 
hisoblanadi. U mashqlarni maksimumdan 20-30% og’irlikda chegaradagi tezlikda 
bajarish bilan tavsiflanadi. Bunda katta mushak zo’riqishi og’irlik vazni hisobiga 
emas, balki yuqori tezlikdagi harakat hisobiga erishiladi. 
Qisqa muddatli maksimal kuchlanish uslubi hozirgi paytda mushaklarning 
mutlaq kuchini oshirish uchun eng samarali hisoblanadi. U chegaradagi va 
chegaraga yaqin bo’lgan og’irliklar bilan ishlashni nazarda tutadi. Mushaklar 
mashg’ulotida maksimal kuchlanishlar uslubi trenajerlarda va bitta yondashishda 
bitta-ikkita harakatlar yordamida, katta og’irlikdagi shtanga bilan bajariladigan 
mashklarda (jim, siltab kutarish, dast ko’tarish, o’tirib-turish) namoyon bo’ladi. 
Mashg’ulotda hammasi bo’lib 3-4 ta yondashish bajariladi. Yondashishlar 
o’rtasidagi dam olish oralig’i - 3-5 min. 
Tobora o’sib boradigan og’irliklar uslubi bitta trenirovka mashg’ulotida 
singari keyingilarida ham qarshilik ko’rsatish hajmining asta-sekin o’sib borishini 
nazarda tutadi. 
Mashg’ulot mashg’ulotida birinchi yondashishda sportchi 10 marta ko’tara 
oladigan (10 MT) og’irlikdan 50% ga teng og’irlik bilan boshlash tavsiya etiladi. 
Ikkinchi yondashishda mashq 10 MT
 
dan 75% og’irlik bilan bajariladi, uchinchi 
yondashishda esa - 10 MT dan 100% og’irlik bilan bajariladi. Mashg’ulot 
davomida hammasi bo’lib 3 ta yondoshish amalga oshiriladi. Yondashishlar 
o’rtasidagi dam olish oralig’i 2-4 min. Har bir yondashishda mashq chegaradagi 
tezlik bilan aniq toliqib qolgunga qadar bajariladi. 
Zarbdor uslub tushadigan og’irlikning kinematik energiyasi va shaxsiy gavda 
og’irligidan foydalanish yo’li orqali mushak guruhlarini zarbdor rag’batlantirishga 
asoslangan. 
Mashqlanayotgan mushaklarning kamayayotgan og’irlik energiyasini yutib 
olishi mushaklarning faol holatga keskin o’tishiga, ish kuchlanishining tez 
rivojlanishiga yordam beradi, mushakda qo’shimcha kuchlanish imkoniyatini hosil 
qiladi. Bu keyingi itaruvchi harakat shiddati va tezkorligini hamda qoloq ishdan 
yengib o’tiladigan ishga tez o’tishni ta’minlaydi. 
Oyoqlar portlovchan kuchini rivojlantirishning zarbdor uslubini qo’llash usuli 
sifatida ketidan balandlikka yoki uzunlikka sakrash bilan bajariladigan chiqurlikka 
sakrash mashqlarini aytish mumkin. Mashq 70-80 sm balandlikdan oyoq tizzalarini 
biroz bukkan holda yerga tushib, ketidan tez va shiddat bilan yuqoriga otilib 
chiqish orqali bajariladi. Sakrashlar seriyalab: 2-3 seriyada, har bir seriyada 8-10 
tadan sakrashlar bajariladi. Seriyalar o’rtasidagi dam olish oralig’i 3-5 min. Mashq 
haftada ko’pi bilan ikki marta bajariladi. 


Birgalikda ta’sir ko’rsatish uslubi shunga bog’liqki, kurashchining kuch 
imkoniyatlarini rivojlantirish bevosita ixtisoslashgan mashqlarni bajarish paytida 
sodir bo’ladi. Bir vaqtning o’zida kurashchining kuch qobiliyatlari va texnik-taktik 
harakatlari rivojlantiriladi hamda takomillashtiriladi. Kurashda birgalikda ta’sir 
ko’rsatish uslubdan foydalanishga misol tariqasida shunday mashqlarni keltirish 
mumkinki, kurashchi bu mashqlarda o’z texnik harakatlarini og’irroq vazn 
toifasidagi raqib bilan takomillashtiradi. 
Og’irlikning optimal o’lchamini aniqlab olish juda muhimdir. Haddan 
tashqari katta o’lcham harakat malakasi tarkibining buzilishiga olib keladi, bu 
oqibatda harakat texnikasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Variantililik uslubi asosan turli vazndagi og’irliklar bilan maxsus mashqlarni 
bajarishni ko’zda tutadi. Har xil vazndagi sheriklar bilan mashqlar seriyalab 
bajariladi. Bitta seriyada avval og’irroq vazn toifasidagi rakib bilan 10-12 ta 
tashlash bajariladi, so’ngra teng vazndagi raqib bilan 15-16 ta tashlash, shundan 
keyin o’z vazn toifasidagi raqib bilan 10-12 ta tashlash bajariladi. Hammasi bo’lib 
3 seriya bajariladi. Dam olish oralig’i - 3-4 min. Tezkor-kuch sifatlarini 
(me’yordagi, kichik) rivojlantirishda variantlilik usulubi ayniqsa samaralidir. 
Usullarni ancha og’ir raqib bilan takomillashtirish alohida kuch 
imkoniyatlarini rivojlantirishga, kichik vazn toifasidagi raqib bilan esa - tezkorlik 
imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu oqibatda musobaqa mashqida 
natijaning oshishiga olib keladi. 
Mushaklarning izometrik kuchlanishi uslubi turli mushak guruhlarining 4-6 
sek. davom etadigan statik maksimal kuchlanishini nazarda tutadi. Izometrik 
mashqlarning qiymati shundaki, ularning hajmi uncha katta emas, ko’p vaqt 
olmaydi, bajarilishi ancha oson. Bundan tashqari, ularning yordamida ma’lum bir 
mushak guruhlariga zarur yoki holatlarda, gavda qismlarini bukish yoki yozishning 
tegishli bo’g’im burchaklarida tanlab ta’sir ko’rsatish mumkin. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə