Milliy kurash turlari


Hujum harakatlarini tayyorlash taktikasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

 
Hujum harakatlarini tayyorlash taktikasi
 
Hujum harakatini ma’lum bir usul bilan taktik tayyorlash murakkab usulning 
bir qismi bo’lishi lozim. Bunda u hujum usuli bilan uzluksiz ravishda bajariladi. 
Aldamchi harakatdan (shaxsan hujum bajarishni taktik tayyorlashdan) murakkab 
hujum harakatining (MHH) hal etuvchi yakuniy harakatiga o’tish paytiga alohida 
e’tibor qaratish lozim. Turli hujum usullariga eng maqsadga muvofiq bo’lgan 
taktik tayyorgarlik usullarini tanlash lozim. Shu maqsadda kurashchilar taxminiy 
MHH bilan tanishgandan so’ng quyidagi topshiriqni oladilar: ma’lum bir usulga 
mustaqil ravishda taktik tayyorgarlik usullarini tanlash va ularni hujum usullari 
bilan MHH ga birlashtirish (yangi MHH ni o’ylab topish). 
Murakkab hujum harakatlarini takomillashtirishda pedagogik jarayon yangi 
malakani tarbiyalashga qaratilgan. Yangi MHH ni muvaffaqiyatli egallash faqat 
avval o’rganilgan usullar asosida amalga oshirilishi mumkin. MHH ni o’rganish 
jarayonida MHH ni shakllantirishda qiyinchiliklarni ketma-ket yengib o’tish 


talabiga rioya etish lozim. MHH ni bajarishda oldingi mashqlar egallangandan va 
MHH ning tayyorlov harakatidan yakuniysiga o’tishda yuqori aniqlikka 
erishilgandan so’ng keyingi beshta urinish davomida takrorlashni bajarish zarur. 
Agar bunday takrorlashlarda aniqlik yomonlashmasa (malaka yetarlicha 
mustahkam bo’ladi), unda keyingi MHH ni egallashga o’tish lozim. MHH ga 
o’rgatish boshida bir harakatdan ikkinchisiga o’tishi aniqligi kamroq bo’ladi, 
keyinchalik u oshib boradi. 
Bellashuvni tuzish taktikasi
 
Sport kurashi taktikasi texnika rivojalanishi, musobaqa qoidalari va hakamlik 
tizimining o’zgarishiga muvofiq holda muntazam rivojlanib kelmoqda. 
Hozirgi paytda kurashchi tomonidan to’xtovsiz hujum bajariladigan taktika 
afzal hisoblanadi. Ushbu holda, hattoki agar u ballar bilan baholanadigan hyech 
qanday hujum uyushtirmagan, uning raqibi esa faqat himoyalangan bulsa ham, 
unga ustunlik beriladi, raqib esa sustkashligi uchun ogohlantirish oladi. 
Kurashchi to’xtovsiz hujumlar taktikasini qo’llash uchun o’z jamg’armasida 
taktik tayyorgarlikning turli usullari, ko’p sonli oddiy xujum harakatlari va MHH 
ga ega bo’lishi lozim. Bundan tashqari, bunday taktika yuqori darajada 
chidamlilikka ega bo’lishni taqozo etadi. Shu bilan birga u nisbatan tinch hamda 
raqibni xujumga chorlash davrlari bilan almashtirib turilishi mumkin. Bunda
kurashchi raqib hujumini qaytarishga tayyor turishi lozim. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə