Milliy kurash turlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

 
 
 
 
 


Miliy kurash va qo’l jangi texnikasi va taktikasi. 
Reja: 
1.Texnik tayyorgarlik 
2.Texnik harakatlarni amalga oshirishning umumiy asoslari
 
3.Kurashchining texnik mahoratini oshirish yo’llari 
4.Taktik tayyorgarlik maqsadi va vazifalari 
5.Hujum harakatlarini tayyorlash taktikasi
 
6.Bellashuvni tuzish taktikasi
 
7.Musobaqalarda qatnashish taktikasi
 
 
Texnik tayyorgarlik 
Kurashning texnik tayyorgarligi sportchi tomonidan yuqori sport natijalariga 
erishishni ta’minlovchi harakatlar tizimining egallaganlik darajasi bilan 
tavsiflanadi. 
Kurashchining umumiy va maxsus texnik tayyorgarligi ajratiladi. Umumiy 
texnik tayyorgarlik yordamchi sport turlaridagi har xil harakat malakalari hamda 
ko’nikmalarini egallashga, maxsus texnik tayyorgarlik sport kurashida texnik 
mahoratga erishishga qaratilgan. 
Sport kurashida texnik tayyorgarlik bir qator murakkab vazifalarni hal etishga 
yo’naltirilgan: 
- maksimal kuchlanishdan foydalanish samaradorligini oshirish; 
- ish kuchlanishini tejash; 
- musobaqa faoliyatini o’zgaruvchan holat sharoitlarida harakatlanish tezligi, 
aniqligini oshirish. 
Sport texnikasini takomillashtirish kurashchilarning ko’p yillik tayyorgarligi 
davomida amalga oshiriladi va u tanlangan kurash turida texnik mahoratni 
oshirishga qaratiladi. 
Texnik mahorat deganda keskin sport kurashi sharoitlarida eng oqilona 
harakat texnikasini mukammal egallash tushuniladi.
Texnik harakatlarni amalga oshirishning umumiy asoslari
 
Kurash texnikasi - bu musobaqa qoidalarida ruxsat etiladigan usullar, qarshi 
usullar va himoyalanishlar yig’indisidir. 
Usullar - bu maqsadga yo’naltirilgan hujum harakatlari bo’lib, ular 
yordamida kurashchi raqibidan ustunlikka erishadi. Har bir usul ikki qismdan 
iborat. Birinchi qism - usul qo’llash uchun ushlab olish. Ushlab olishlar 
yuqoridan,pastdan, orqadan, oldindan, yon tomondan va boshqalarga ushlab 
olishlarga bo’linadi. Ushlash usulni muvaffaqiyatli bajarishda katta ahamiyatga
ega. Butun usullarni bajarish sifati ushlab olishning qay darajada oqilona amalga 
oshirilganligiga bog’liq. Ikkinchi qismda turli xildagi harakatlar: tik turishda - 
o’tkazishlar, tashlashlar, ag’darishlar; parterda - o’girishlar va parterda tashlashlar 
bo’lishi mumkin. 
Erkin kurash, sambo, dzyudo va kurashda usullarni amalga oshirish paytida 
bir vaktning o’zida oyoklar bilan turli harakatlar ham bajariladi, ya’ni bular - 
chalishlar , qoqishlar
,
ilishlar, oldindan ilib otishlar, chirmashlar,orqadan ilib 


otishlar. Bu harakatlarning ko’pchiligi orqadan, oldindan, yondan, ichkaridan
tashqaridan bajarilishi mumkin. 
Bir xildagi ushlash bilan bir qator harakatlarni bajarish mumkin va, aksincha, 
bir xil harakatning o’zi turli ushlashlar bilan bajarilishi mumkin. Masalan, qo’ldan 
va gavdadan ushlab tashlashni, zarba bilan ag’darishni amalga oshirish mumkin. 
Lekin raqibni egilib qo’l, gavda, qo’l va bo’yindan ushlab tashlash ham mumkin. 
Kurashchi har qanday usulni hujum va qarshi hujum uchun qo’llashi mumkin. 
Usul yoki uning bir qismini aldamchi harakat sifatida qo’llab, kurashchi haqiqiy 
niyatidan raqib diqqatini chalg’itish va boshqa usul bilan hujumni amalga oshirish 
uchun qulay sharoitlarni tayyorlashi mumkin. 
Qarshi usullar - bu raqib hujumiga javob tariqasida bajariladigan maqsadli 
harakatlar bo’lib, ular yordamida kurashchi raqibi ustidan ustunlikka erishadi. 
Qarshi usullar murakkab texnik harakatlarga kiradi. Qarshi hujum 
uyushtirayotgan kupashchi bir zumda to’g’ri qaror chiqarishi va raqibi usulni 
amalga oshirishga ulgurmasligi uchun o’z harakatlarini hujum qilayotgan raqib 
harakatlari bilan aniq moslashtirishi lozim. 
Himoyalanishlar - bu raqibning usullarni (qarshi usullarni) bajarishiga 
to’sqinlik qiluvchi maqsadli harakatlardir. 
Himoyalanishlar dastlabki va bevosita himoyalanishlarga ajratiladi. Dastlabki 
himoyalanish oldindan, ya’ni raqib usulni amalga oshirishdan avval bajariladi. 
Bevosita himoyalanish raqib hujumini to’xtatishga qaratilgan. Bunday 
himoyalanish samaradorligi uning o’z vaqtida bajarilishiga bog’liq. Bevosita 
himoyalanish usul boshida, usulni bajarish davomida yoki usulni bajarish oxirida 
amalga oshirilishi mumkin. 
Hamma texnik harakatlar kurashchilar tomonidan turli holatlardan turib 
bajariladi. Asosiy holatlar quyidagilar: tik turish, parter va ko’prik. 
Tik turish - bu kurashchining holati bo’lib, unda u oyoqlarda tik turadi. O’ng, 
chap va yalpi tik turishlar ajratiladi. Ularning xar biri, o’z navbatida, baland, o’rta 
va past bo’lishi mumkin. Tik turishda kurashish yaqin, o’rta va uzoq masofalarda 
olib borilishi mumkin. 
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə