Milliy kurash turlari


Parter - bu kurashchining dastlabki holati bo’lib, u tizzalarida turadi. Bunda



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)


Parter - bu kurashchining dastlabki holati bo’lib, u tizzalarida turadi. Bunda 
tekis yozilgan qo’llarning kaftlari bilan gilamga tayanib turiladi, qo’llar tizzalardan 
20-25 sm. uzoqlikda joylashadi. 
Parterda baland holat va past holat farqlanadi. Baland holat - bu 
kurashchining parterdagi dastlabki holati, past holat esa - bu kurashchining 
tizzalarda turib, bilaklar bilan gilamga tayanish holatidir. 
Parterda kurashish paytida kurashchilardan biri pastda, ikkinchisi yuqorida 
bo’ladi. Parterda yuqoridagi holatda turgan kurashchi kurash boshlanishidan oldin 
istagan dastlabki holatni egallashi mumkin. Faqatgina qo’l kaftlari pastdagi 
kurashchining yelkasida turishi lozim. 
Ko’prik - bu kurashchining quyidagi holati bo’lib, ya’ni bunda u, orqaga 
egilib, oyoq kaftlari (ular taxminan yelka kengligida yozilgan) va bosh (istagan 
qismi) bilan gilamga tayanadi. 
Kurashchi ushbu holatga kuragini gilamga tekkizmaslik uchun o’tadi.


Erkin va yunon-rum kurashida ko’prik bir holatda qator hujum hamda qarshi 
hujum harakatlarini bajarishda asosiy elementlardan biri hisoblanadi. 

Kurashchining texnik mahoratini oshirish yo’llari 
Kurashchining texnik 
harakatlari zahirasi qanchalik boy bo’lsa, ularni qanchalik katta maxorat bilan 
qo’llay bilsa, uning texnik mahorati shunchalik yuqori bo’ladi.
 
Kurash texnikasi kuraщchi mahoratining asosi hisoblanadi va ko’p jihatdan 
uning imkoniyatlarini belgilab beradi. Kurashda o’nlab usullar va ularning 
variantlari mavjud. Biroq bu kurashchi ularning hammasini mukammal bilishi 
lozim degani emas. 
Sportchi yanada yangi va yangi usullar, qarshi usullar hamda
himoyalanishlarni egallab borishi bilan uning alohida xususiyatlari va odatlariga 
javob beradigan hamda uning tomonidan muvaffaqiyatli bajariladigan usullarning 
bir qismi keyinchalik takomillashtirish maqsadida rejaga kiritiladi. 
Kurashchining xar tomonlama texnik tayyorgarligi - turli sport turlarini 
rivojlantirishning zamonaviy darajasiga qo’yiladigan muhim talablardan biridir. 
Mustahkam egallash uchun texnik harakatlarni tanlashda quyidagi qoidalarga amal 
qilish lozim: 
-amaldagi musobaqa qoidalarida qaysi biri texnik harakat muvaffaqiyatli 
hisoblangan o’sha texnik harakatlarni egallash; 
-texnikaning hamma turlari ichidan sportchining alohida xususityalariga eng 
yaxshi javob beradigan usullar, qarshi usullar va himoyalanishlarning variantlarini 
egallash; 
-asosiy raqobatchilarning mahorati xususiyatlarini hisobga olish va ular bilan 
kurashishda yaxshi natija beradigan texnik harakatlarni tanlash; 
-avval o’rganilgan usullar va qarshi usullarni qo’llash imkoniyatini 
kengaytirish mumkin bo’lgan texnik harakatlarga ko’proq e’tibor qaratish
- kurashchi zahirasida mavjud bo’lgan usullar bilan kombinasiyalar hamda 
bog’lanishlarda qo’llash mumkin bo’lgan texnik harakatlarni o’rganish; 
- harakat vazifasini eng oqilona hal etish xususiyatiga ega bo’lgan harakat 
texnikasiga o’rgatish lozim; bu kelgusida qayta o’rganishdan xolos qiladi; 
- kerak bo’lmagan harakatlar va ortiqcha mushak zo’riqishini bartaraf etib
texnika asoslari hamda umumiy harakat maromini egallash; 
- usullarga o’rgatish vaqt oralig’ida jamlangan bo’lishi zarur, chunki 
trenirovka mashg’ulotlari orasidagi uzoq tanaffuslar uning ta’sirini pasaytiradi. 
Boshqa tomondan, bitta trenirovka darsi davomida usullarni juda tez-tez takrorlash 
maqsadga muvofiq emas, chukni yangi koordinasiyalarni yaratish asab tizimini tez 
toliqtiradigan qiynchilikni yengib o’tish bilan bog’liq; 
- jismoniy shart-sharoitlar yetarlicha bo’lmasligi oqibatida yuzaga keladigan 
texnik holatlarni oldini olish maqsadida harakatlarning dinamik tavsiflariga mos 
keladigan yuqori darajadagi maxsus jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish lozim. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə