Milliy kurash turlari


Taktik tayyorgarlik maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

Taktik tayyorgarlik maqsadi va vazifalari 
Kurash taktikasi - bu musobaqalarda eng yaxshi natijaga erishish uchun 
yuzaga kelgan muayyan sharoitlarda texnik, jismoniy va irodaviy imkoniyatlardan 


maksadga muvofiq holda foydalanishdir. Taktik tayyorgarlik sportchilarda taktika 
sohasidagi zarur bilimlarni egallash, sport kurashini to’g’ri olib borishda ma’lum 
malaka 
hamda 
bilimlarni 
shakllantirish, 
shuningdek 
taktik 
mahoratni 
takomillashtirishga qaratilgan. 
Taktik tayyorgarlikning asosiy maqsadi sportchida musobaqada g’alabaga 
erishish yoki yuqoriroq natijani ko’rsatish maqsadida sport bellashuvini to’g’ri 
tashkil qilish hamda olib borish qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. Sport taktikasini 
egallash jarayonida bir qator xususiy vazifalar hal qilinadi. Sportchi:
- musobaqa vaziyatini shunday qabul qilishi va tahlil qilishi lozimki, ushbu 
vaziyatdan kelib chiqadigan taktik vazifalarni tushuna bilishi hamda qisqa vaqt 
ichida uni hayolan va harakat bilan hal etishi zarur; 
- musobaqada o’z kuchidan shunday foydalanishi kerakki, raqib ustidan 
g’alaba qozonish maqsadida, uni oxirigacha safarbar qila olishi lozim
- to’satdan o’zgarib qolgan vaziyatlarda bellashuv rejasini mustaqil o’zgartira 
olishi kerak. 
Taktik tayyorgarlikning asosiy vazifalari: 
- taktik bilimlarga ega bo’lish; 
- taktik ko’nikmalarni egallash; 
- taktik malakalarga ega bo’lish. 
Taktika vositalariga qat’iy belgilangan harakat tuzilmasi va ularni namoyon 
qilish uchun zarur jismoniy sifatlar darajasi bilan ifodalanadigan sportchilar 
harakatlari kiradi. 
Kurashda taktika uchta asosiy bo’limlardan tashkil topadi: 
- hujum harakatlarini tayyorlash taktikasi; 
- bellashuvni tuzish taktikasi; 
- musobaqalarda qatnashish taktikasi. 
Texnik usullarni amalga oshirish taktik tayyorgarligining hamma usullari 
nafakat mustaqil, balki uyg’unlashgan holda qatnashishi mumkin (ya’ni usulni 
amalga oshirish uchun bir xil bo’lgan qulay sharoitlar bitta emas, balki bir-birini 
to’ldirib keladigan bir qancha usullar bilan tayyorlanadi). 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə