Milliy kurash turlari


Chidamlilik va uni rivojlantirish uslubiyati



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

Chidamlilik va uni rivojlantirish uslubiyati.
Kurashchining chidamliligi - bu 
butun bellashuv davomida harakatlarni yuqori sur’atda bajarish va butun 
musobaqa davrida bir nechta bellashuvlarni shiddat bilan o’tkazish qobi- liyatidir. 
Yuqori darajadagi chidamlilik kurashchiga katta trenirovka va musobaqa 
nagruzkalarini o’zlashtirishga, muso-baqa faoliyatida o’zining harakat 
qobiliyatlarini to’laqonli ravishda amalga oshirishga imkon beradi. 
Kurashda umumiy va maxsus chidamlilik farqlanadi. 
Umumiy chidamlilik deganda sportchining sust shiddatdagi ishni uzoq vakt 
bajarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi. 
Maxsus chidamlilik kurashchining musobaqa bellashuvi da-vomida turli 
xususiyatdagi harakatlar va amallarni har xil kuchlanishlar bilan hamda gavdaning 
turli holatlarida yuqori sur’atda bajarish qobiliyati orqali tavsiflanadi. 
Kurashchining musobaqa faoliyati ko’p qirrali va mushak tizimining ulkan 
ishi bilan bog’liq (kurashda statik va dinamik tartibda ishlovchi deyarli hamma 
mushak guruhlari qatnashadi). Shuning uchun chidamlilik nafaqat ishlayotgan 
mushaklarga yetkazib beriladigan kislorod miqdori bilan, balki mushaklarning 
o’zining uzoq vaqt davom etadigan kuchli zo’riqishli ishga bo’lgan moslashishi 
bilan aniqlanadi. Sportchi trenirovka va musobaqa faoliyatida ma’lum bir 


toliqishni yengib o’tgan taqdirdagina uning chidamliligi takomillashadi. Jismoniy 
toliqish va chidamlilik asosida mushak faoliyatining turli xildagi ta’minoti 
jarayonlari yotganligini bilgan holda ularning faoliyat ko’rsatish darajasini oshirish 
uchun ularga maqsadli ta’sir etish mumkin.
Mashg’ulot yuklama, sportchi organizmiga ta’sir ko’rsatish chorasi sifatida, 
quyidagi tavsiflar bilan belgilanadi: 
- mashq shiddati; 
- mashq davomiyligi; 
- takrorlash soni; 
- dam olish oralig’i davomiyligi; 
- dam olish xususiyati. 
Dam olish oralig’i tiklanish uchun yetarli bo’lgan sust shiddatli mashqlarni 
bajarishda har bir keyingi urinish taxminan avvalgisiga o’xshagan ko’rinishda 
boshlanadi. 
Ushbu holda dam olish oralig’ini kamaytirishda nagruzka ko’proq aerob 
nagruzkaga aylanadi, chunki odatda 3-4 minutga kelib vujudga kelayotgan nafas 
olish jarayonlari ham o’z kuchini saqlab qolgan bo’ladi. 
Maksimal va submaksimal quvvatli mashqlardagi dam olish oralig’ini 
kamaytirish nagruzkani anaerob nagruzkaga aylantiradi, chunki mashq 
takrorlangan sari kislorod qarzi oshib boradi. 
Dam olish xususiyati mashqlar o’rtasida faol, sust va aralash bo’lishi 
mumkin. 
O’qitishning kritik nuqtasiga yaqin bo’lgan tezlikda ishlash paytida faol dam 
olish nafas olish jarayonlarini yuqori darajada ushlab turishga yordam beradi va 
ishdan dam olishga hamda aksincha holatga keskin o’tishning oldini oladi. Bu 
nagruzkani ko’proq aerob nagruzkaga olib keladi. Bundan tashqari, og’ir 
mehnatdan so’ng faol dam olish tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Mashqlar 
o’rtasida sust dam olish paytida sportchi, butkul tinch holatda bo’lib, hyech qanday 
harakatlarni bajarmaydi. 
Chidamlilikni rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo’llaniladi: 
bajariladigan mashqlar hajmi va shiddatini oshirish, o’zgaruvchan, oraliqli
o’zgaruvchan-oraliqli, takrorlash. 
Hajmni oshirish uslubi shundan iboratki, jismoniy mashqlarni bajarish vaqti 
mashg’ulotlardan mashg’ulotga asta-sekin oshib boradi. Bu uslub mashg’ulotlar 
sonini ko’paytirishini nazarda tutadi. 
Shiddatni oshirish uslubi jismoniy mashqlarni bajarish sur’ati, shuningdek 
butunlay mashg’ulot zichligini mashg’ulotdan mashg’ulotga asta-sekin oshirib 
borishni ko’zda tutadi. 
O’zgaruvchan uslub shundan iboratki, jismoniy mashqlar har xil sur’atda 
bajariladi. Bunda past sur’atda o’tkaziladigan vaqt bo’laklari mashg’ulotdan 
mashg’ulotga kamayib, baland sur’atda o’tkaziladiganlari ortib boradi. 
Oraliqli uslub shundan iboratki, bunda jismoniy mashqlar bo’laklarga bo’linib 
(seriyalab), sust va faol dam olish oraliqlari bilan bajariladi. Mashg’ulot vazifalari 
mashqlarni bajarish sur’ati va davomiyligiga, shuningdek kurashchining 


mashqlanganlik darajasi hamda kayfiyatiga qarab, ish hamda dam olish oraliqlari 
davomiyligiga ko’ra har xil bo’lishi lozim.
Takrorlash uslubi shundan iboratki, sportchi bir mashg’ulotning o’zida yoki 
bir nechta mashg’ulotda xajmi va shiddatiga ko’ra bir xil bo’lgan mashqlarni 
takrorlaydi. 
Sport mashg’uloti jarayonida hamma uslublar bir-biri bilan turlicha 
uyg’unlashtirilgan holda qo’llaniladi. Chidamlilikni tarbiyalash samaradorligi ko’p 
jihatdan trenirovka jarayonining oqilona tuzilganligi bilan belgilanadi. Turli 
yo’nalishdagi mashqlarni bajarishda ma’lum bir ketma-ketlikka amal qilish va 
ularning ijobiy o’zaro ta’sir etishini ta’minlash juda muhimdir. Quyidagi ketma-
ketlikka rioya etish maqsadga muvofikdir: 
- avval alaktat-anaerob mashqlar (tezkor va tezkor kuch), so’ngra anaerob-
glikolitik (kuch chidamliligi uchun) mashqlar; 
- avval alaktat -anaerob, so’ngra aerob mashqlar (umumiy chidamlilik uchun); 
- avval anaerob-glikolitik, keyin aerob mashqlar. 
Agar mashqlar ketma-ketligi teskari bo’lsa, tez trenirovka samarasining 
o’zaro ta’siri salbiy bo’ladi hamda bunday mashg’ulot kam foyda beradi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə