Milliy tarbiya asoslari” fanining predmeti, fan sifatidagi taraqqiyoti, bosqichlari


Milliy tarbiyaning metodologik asoslari



Yüklə 70,88 Kb.
səhifə4/21
tarix19.12.2023
ölçüsü70,88 Kb.
#152230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Milliy tarbiya asoslari” fanining predmeti, fan sifatidagi taraq

Milliy tarbiyaning metodologik asoslari.

Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mеzonlar doirasida qolib kеtishi millat ma'naviy kamoloti imkoniyatlarini chеklab qo`yadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo`nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida bеlgilanadi. Bu fikr mustaqil O`zbеkistonda amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya ishlari yo`nalishlarini bеlgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat ul Banotning milliy tarbiya an'analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma'no bor. U shunday dеb yozgan edi: «Ota-onalar qo`lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go`zal tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o`rgatmoq va ko`rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.




  1. Sotsiolog olimlarining tarbiya sohasida olib borgan ilmiy-tadqiqotlar ishlari.

Sotsiologik dastur bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash va ma'lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob'ekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni belgilash, usullarini aniqlash, ma'lumotlarni to’plash va taxlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o’zida mujassamlashtiradi. Shunday qilib, dastur, asosan ikki katta bo’lim, ya'ni metodologik-nazariy va amaliy-uslubiy bo’limlardan iborat.


1. Nazariy-metodologik bo’lim mavzu tanlash, tadqiqot ob'ektini xarakterlash, maqsad va vazifalar faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o’z ichiga oladi.
2. Nazariy-uslubiy esa, ma'lumotlarni to’plash usullarini bayon etish, yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, taxlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarini mujassamlashtiradi.
Tadqiqot dasturida qo’yidagilar bo’lishi lozim:
1. Tadqiqot o’tkazishdan maqsad.
Tadqiqot natijalari asosida oliy maktab ma'muriyati, tegishli vazirliklar va keng jamoatchilikka kasb mahorati sirlarini egallash uchun zarur hisoblanuvchi omillarga bag’ishlangan amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqish.
2. Tadqiqot ob'ekti.
Oliy o’quv yurtlaridagi o’quv - tarbiyaviy jarayon hisoblanib, bu sohadagi umumiy ahvol, muammolar, istiqbol mo’ljallari tuliq o’rganib chiqiladi. (boshqa sohalarga ham xuddi shunday).
3. Tadqiqot predmeti.
Kasb maxoratini shakllantirish jarayonida tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-ruxiy omillarning o’rni va ta'siri masalalaridan iboratdir.

Yüklə 70,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə