Milliy tarbiya asoslari” fanining predmeti, fan sifatidagi taraqqiyoti, bosqichlari


O’quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini tashkil qilish



Yüklə 70,88 Kb.
səhifə8/21
tarix19.12.2023
ölçüsü70,88 Kb.
#152230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Milliy tarbiya asoslari” fanining predmeti, fan sifatidagi taraq

O’quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini tashkil qilish.

Zamonning shiddatiga bugungi yoshlarning shijoati qo`shilganda qanday katta marralarni zabt eta olish mumkinligini har soha o`z g`alabalari bilan namoyon etmoqda. Rivojlanishning eng yuksak cho`qqisi esa hamisha taffakkur va tasavvurning voqelanishi orqali zabt etiladi. Ilm-ma’rifatga tayanilgan har bir faoliyat - bu najot, bu farovon hayot demakdir. Bejiz Ilmga ishongan qo`llar qanotga aylanadi deb aytmaydilar. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatida ham , aslida, buyuk moziydan sas berib turgan, hali hamon o`z tafakkur yolqinlari bilan bashariyatni hayratga solayotgan ajdodlarimiz izidan shahdam odimlayotgan, kelajakda katta marralarni ko`zlagan yoshlarning ilmiy va ijodiy hayoti aks etadi.





  1. O’zbekona tarbiya tamoyillari.

Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko’p qirrali jarayon ekanligi bo’lib unda maktab, oila, bolalar va o’smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik, kino-teatr, televideniye, adabiyot va san’at ishtirok etadi.


Tarbiyaning yana bir xususiyatiuning uzoq muddat davom etishidir. Ta’limdan farqli ravishda u bolatug’ilganidan boshlanadi, maktabyillarida, undan keyin va butun umrbo’yi davom etadi.
Tarbiyaning ta’limdanfarqlantiruvchi yana bir xususiyatishundaki, u yaxlit holda va konsentrikasosda amalga oshiriladi. Tarbiyaningturli tomonlari bir-biri bilan uzviybog’langan. Boshlang’ich sinfda ham, o’rta va yuqori sinfda ham ayni birnarsa, masalan, do’stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarnitarbiyalash ko’zda tutiladi.



  1. Milliy tarbiya tushunchasi.

Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shaxs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. SHu nuqtai nazardan, har bir in­son o’zida tarixiy, ijtimoiy, madaniy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir. Turli xalqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlari alohida qiziqish uyg’otgan. Qadim zamonlarda ham tarixchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayhon Beruniy, Mikluxo Maklay, Lui Gonsales de Klavixo, Herman Vamberi va boshqalar) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy ta’limotlarda ham boshqa xalqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud edi.






  1. Yüklə 70,88 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə