“Milliy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida tayyorlagan bitiruv ishi taqdimoti


Milliy ma’naviyat- muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo’lgan g’oyat qimmatli ma’naviy boyliklardir. Masalan, o’zbek millatiga xos ma’naviy boyliklar



Yüklə 12,89 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü12,89 Kb.
#154557
1   2   3   4
xilola slayd

Milliy ma’naviyat- muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo’lgan g’oyat qimmatli ma’naviy boyliklardir. Masalan, o’zbek millatiga xos ma’naviy boyliklar.
Mintaqaviy (regional) ma’naviyat- muayyan jug’rofiy mintaqa millatlariga xos, ular uchun umumiy bo’lgan ma’naviy boyliklardir. Masalan, O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviyatidagi, yoki yanada kengroq doirada oladigan bo’lsak, Sharq va G’arb ma’naviyatidagi mushtaraklik, o’xshashlikni olishimiz mumkin. Mintaqaviy ma’naviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga yaqinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jihatlar namoyon bo’ladi
Umuminsoniy ma’naviyat - butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy-axloqiy boyliklardir. Milliy ma’naviyat boshqa millat ma’naviyatidan tubdan farq qilinadigan ma’naviyat degani emas. Chunki bizdagi milliy ma’naviyat boshqa xalqlarda muayyan tarzda bor, mavjuddir. Ammo milliy ma’naviyatda boshqa xalqlarning ma’naviyati aynan takrorlanmaydi. Milliy ma’naviyat, avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kunda, bir yilda, balki bir asrda ham mukammal shakllanmaydi. Milliy ma’naviyat tarixi millatning ma’naviy takomil jarayoni bilan bog’liq. Unda ba’zan asrlar kunlarga va aksincha, kunlar asrlarga teng bo’lishi mumkin.
Milliy ma’naviyat avvalo milliy tarbiya rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham mustaqillikka erishganimizdan buyon milliy ongni rivojlantirishni tarbiyaviy ishning muhim bo’g’imi sifatida olib qaramoqdamiz. Milliy tarbiyaning rivojlanishi pirovard milliy o’zlikni anglash sari etaklaydi. Milliy ma’naviyatning asosiy belgi va o’zagi - milliy axloq sanaladi.
O’zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari o’tmish milliy ma’naviyatining davomi bo’lib, ularga do’stlik, o’rtoqlik, mehmondo’stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, saxiylik, xushmuomalalilik, jamoa ichida o’zini tuta bilishlik, hayolilik, sizlab muomala qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe’llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlilik, ro’zg’orparvarlik, shirinso’zlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo’ylik, halollik, oru-nomuslilik, to’g’rilik, rejalilik, poklik, sabr-andishalik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, o’tmishga hurmat, insoflilik, iymonlilik, milliy g’urur, mustaqillikni qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy, ma‟naviy - axloqiy fazilatlar kiradi.
Milliy tarbiya - u yoki bu millatni, elatni tashkil qiluvchi kishilarning milliy madaniyatni, merosni, qadriyatlarni, urf-odatlarni, an'analarni o'zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo'lib, u milliy tarbiya va milliy o'zlikni anglashning sub'ektidir Milliy ma'naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram – sharqona yangi yil bo’lmish Navro’z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi.
Milliy tarbiyaning yana bir yo'nalishi – ota-ona, qarindosh-urug'larning hurmatini joyiga qo'yish, oilaning muqaddasligi tuyg'ularining barkamol bo'lishiga erishish, o'zaro munosabatlarda yonma-yon yashayotgan o'zga millatlar va elatlar vakillarining manfaatlarini hisobga olish kabilar tashkil etadi.
Milliy tarbiya O’zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Hozirgi davrda ushbu maqsadlarga erishishning o’ziga xos muammolari ham bor. Shulardan biri – milliy tarbiya nazariyasining asosiy qoidalari va ilmiy tushunchalari yaratilmaganligidir. Bularning barchasi O’zbekiston maktablarida milliy istiqlol tarbiyasining mezonlarini ilmiy asoslash zaruratini vujudga keltirmoqda.

Yüklə 12,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə