“Milliy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida tayyorlagan bitiruv ishi taqdimoti


MAVZU:Milliy qadriyatlar (21-mart bayram munosabati bilan)



Yüklə 12,89 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü12,89 Kb.
#154557
1   2   3   4
xilola slayd

MAVZU:Milliy qadriyatlar (21-mart bayram munosabati bilan)
Kun shiori: “Navro`z barchamiz uchun azal-azaldan avvalo tabiat uyg`onishi, sharqona yangi yil debochasi, ma’naviyatimizning uzviy qismiga aylanib ketgan eng qadimiy, asl milliy bayram sifatida aziz va mo`ta’bardir”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, umrboqiy qadriyatlarimizni unutmaslikni, hikmatli so`zlarimizni avaylashni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
: “Yil boshi – “Navro`z” xush kelding yurtim –O`zbekistonga”
Sho`ro mafkurasi qatag`on qilgan Navro`z qayta tiklandi. Shu munosabat bilan har yili Respublika miqyosida ulkan xalq sayllari o`tkazish an’anaga aylanib bormoqda. Bunda xalq etnografik dastalari faol qatnashmoqda. Shu ommaviy harakat tufayli juda ko`p unutilib borayotgan an’anaviy xalq ijodi namunalari, urf-odatlari qayta tiklanib, xalqimiz mentalitetini ifoda etuvchi milliy qadriyatlar sifatida e’zozlana boshlandi. Bu jihatdan, ayniqsa, har yili bahorda Boysunda o`tkaziladigan “Boysun bahori” ko`rik-tanlovi, xalq baxshilari ko`riklari, Jizzax viloyatining Forish tumanida o`tkaziladigan “O`zbek xalq o`yinlari” va Termizda o`tkaziladigan “Alpomish o`yinlari” tadbirlari ayricha ahamiyat kasb etmoqda. Shunisi quvonchliki, “Boysun bahori” YUNESKO qarori bilan xalqaro festival maqomini oldi va nodir ma’naviy yodgorlik sifatida ro`yxatga olindi
“Boychechak” – bolalarning marosim qo`shig`i. Bolalar Navro`z
Elchisi sifatida erta bahorda dala-tuzda boychechakni ko`rishlari bilanoq undan guldastalar yasaganlar, tolxivichlarga shodalab, boshlariga gulchambar qilib kiyganlar. So`ngra hovlima-hovli yurib, “Boychechak” qo`shig`ini kuylab, gul ulashib, bahor kelganidan xabar berganlar. Bolalarning biri- yakkaxon to`rtliklarni kuylasa, qolganlari naqoratini xor bo`lib ijro etganlar:

Yüklə 12,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə