Milliy tiklanishdan milliy yuksalish


Boshlang’ich sinf ona tili darslarida diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq turlaridan foydalanish. Uni tashkil etish usullari va ahamiyati



Yüklə 50,11 Kb.
səhifə2/6
tarix21.04.2023
ölçüsü50,11 Kb.
#106631
1   2   3   4   5   6
Boshlang\'ich

3.1.4. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq turlaridan foydalanish. Uni tashkil etish usullari va ahamiyati

    1. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida diktant yozish metodikasi

O‘quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o‘z navbatida grammatik qoidalarni ham bilish zarur.


Boshlang‘ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga rioya qilish zarur:
Matnning monologik nutq shaklida bo‘lishi. Unda ko‘chirma gaplar, undalmali, kirish so‘zli, ajratilgan bo‘lakli gaplar, qo‘shma gap bo‘lmasligi lozim.
Matn hajmi 1-4-sinf o‘quvchilarining o‘qish sur’atiga asoslangan bo‘lishi.
Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lishi.
Diktant matni o‘quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi.
Tanlangan matn g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi, bolalar hissiyotiga ta’sir qilishi.
Matn tarbiyalovchi xarakterda bo‘lishi.
Matnda o‘rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi.
Diktantlar maqsadiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:


Ta’limiy diktanti

Tekshiruv diktanti

bilim berishga yo‘naltirilgan
diktantlar.



o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantdir

Ta’limiy diktantlarni o‘tkazish vaqtini, o‘rnini, turini o‘qituvchining o‘zi belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi), ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o‘quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Ta’limiy diktantlarda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan hodisaning imlosi bir nechta tahlil usullaridan foydalanib tushuntiriladi, o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat beradi. Har qanday yo‘l bilan xatoning oldini olish chorasi ko‘riladi.
Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
Ta’kidiy diktant va yoddan yozish diktanti.
Izohli diktant. Saylanma diktant.Erkin diktant.Rasm diktant.Lug‘at diktant.Ijodiy diktant.
Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum o‘zgarishlar bilan yoziladi.
Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o‘rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo‘lim o‘rganilgandan so‘ng yoki chorak oxirida o‘tkaziladi. Tekshiruv diktanti o‘quv yili davomida 5-6 marta o‘tkaziladi. Diktantning bu turida yo‘l qo‘yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy ahamiyati katta.



Yüklə 50,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə