Milliy tiklanishdan milliy yuksalish


Grammatik topshiriqli bayon



Yüklə 50,11 Kb.
səhifə5/6
tarix21.04.2023
ölçüsü50,11 Kb.
#106631
1   2   3   4   5   6
Boshlang\'ich

Grammatik topshiriqli bayon. Bayonning bu turi 3-4-sinflarda o‘tkaziladi. Bunday bayonni yozishdan oldin izohli o‘qish darslarida o‘quvchilarning ayrim hikoyalardagi shaxsni o‘zgartirib qayta hikoya qilish yuzasidan mashqlar o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Bayonning bu turi o‘quvchida hikoyadagi gaplarni qayta qurishni talab qiladi. Chunki hikoya 1-shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa, uni 3-shaxs nomidan berilgan bo‘lsa, 1-shaxs nomidan bayon qilish va unda ega, kesimlami moslashtirish lozim.
Ayrim hollarda 1-shaxs nomidan berilgan hikoyani 3-shaxs nomidan bayon qilishda shaxsni aniq ko‘rsatish uchun biron ism tanlashga to‘g‘ri keladi. Bayon yozishga tayyorgarlik vaqtida 3-shaxs nomidan hikoyalashda biror ism qo‘llash lozimligi tushnutiriladi. O‘quvchilar 3-shaxs uchun ism tanlaydilar va yozadilar.
Matn mazmunini qisqartirib bayon yozish. Bayonning bu turi ko‘proq mustaqillikni talab qiladi. Shuning uchun 3-4-sinflarda qo‘llaniladi. Bunda o‘quvchi matn mazmunini o‘zgartirmay har bir bo‘limdan asosiy mazmunni ajratib olish qobilyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Tekshirish bayoni - 4-sinflarda yozma bayon uchun 80-90 so‘zli matn tanlanadi. Agar tanlangan matn undan ortiq 100-115 so‘zli bo‘lsa, matnning asosiy bo‘lmagan qismlari yoritilmasa ham, matnning asosiy qisimga ta`sir qilmaydi. Bayon yozishga o‘rgatishda quyidagi asosiy uslublardan foydalanish tavsiya etiladi
1. Matnni ifodali, ta`sirli qilib o‘qib berish va savollar yordamida qismlarga bo‘lib yoki to‘liq holda so‘zlatish.
2. Bayonning rejasi ustida ishlash.
3. Lug‘aviy-orfografik ishlar: matnda uchraydigan qiyin so‘zlarning ma’nosi va imlosini tushuntirish: obrazli iboralardan foydalanish yo‘llarini o‘rgatish.
Matnni qayta o‘qib berish va 2-3 o‘quvchiga reja asosida hikoya qildirish. Bayonni yozishga ruxsat etish. Bayon yozish vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilarga yordam berib boradi. Imlosi o‘rganilmagan so‘zlarni izohlaydi. O‘quvchilarni imlo (qoida)-lug‘atidan foydalanishga ruxsat etadi.
Bayon 1-sinfdan boshlanadi. U quyidagi tartibda o‘tkaziladi.
1. Matnni aniq va ifodali o‘qib berish.
2. Matn mazmunini o‘qituvchi tomonidan berilgan rejaga qarab hikoya qilish.
3. Imlosi o‘rganilmagan so‘zlarni doskada yozib ko‘rsatish
4. Matnni qayta o‘qib berish.
5. Matn mazmunini qayta bayon qiligsh

Yüklə 50,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə