Milliy tiklanishdan milliy yuksalish


Boshlang’ich sinf ona tili darslarida bayon, insho, ijodiy topshiriq turlaridan foydalanish va uni tashkil etish usullari va ahamiyati



Yüklə 50,11 Kb.
səhifə4/6
tarix21.04.2023
ölçüsü50,11 Kb.
#106631
1   2   3   4   5   6
Boshlang\'ich

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida bayon, insho, ijodiy topshiriq turlaridan foydalanish va uni tashkil etish usullari va ahamiyati


Bayon o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirishga qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik mavzularni o‘rganishning yakunlovchi bosqichida, o‘quvchilar qoidalarni bilib olib, uni tadbiq qilishga o‘rganganlaridan so‘ng o‘tkaziladi. Bayon yozganda o‘rganilgan imlo qoidalarini to‘g‘ri tadbiq etish ularning ongli o‘zlashtirilganligini ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan bayonlar ko‘proq ta’limiy xarakterga ega bo‘lib, ular og‘zaki va yozma holda olib boriladi.
1-4 sinflarda ta`limiy xarakterdagi bayonlarni vaqti-vaqti bilan muntazam o‘tkazib turish o‘quvchilarning so‘zlarini to‘g‘ri talaffuz qilishga, matnni (o‘qib) ongli, ifodali, o‘qish va so‘zlab berishga hamda ularning fikrlash doiralarini kengaytirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida o‘quvchilarning so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakalarini mukammal o‘zlashtirishlariga hamda nutq madaniyatini egallashlariga, nihoyat tekshirish yozma ishlarni talabga muvofiq ravishga yozishlariga imkoniyat tug‘diradi.

To‘liq yoki mukammal bayon. Bayonning bu turi ko‘p jihatdan ifodali oq`ish darslarida o‘qilganlarni qayta hikoya qilib berishga yaqin turadi.
1-sinf o‘quvchilari qayta hikoya qilib berishga (yaqin turadi) qiynaladilar.
Bunday hollarda matn mazmuniga mos savollardan foydalaniladi. Shuning uchun 1-sinflarda o‘tkaziladigan bayonlar matn mazmuniga qarab savollardagi so‘zlardan foydalanib yoziladi.
2-sinfning bog‘lanishi 1-sinfning davomidir. Shuning uchun 2-sinfning boshida to‘liq bayon yozish savollar yordaimda bo‘ladi. Matn mazmunini to‘liq ifodalab yozish 2-sinfda o‘quv yilining ikkinchi yarimida boshlanadi.
Tasvir elementlari bo‘lgan bayon 1-2-sinflarda o‘quvchilar kichik hajmdagi matnlarni bayon qiladilar. Ammo 3-4 sinflarda murakkab 3-4 va undan ortiq qismlardan tashkil topgan matnlar bilan bayon yozishga o‘rgatiladi. Masalan, ayrim matnlarga voqeaga bog‘liq holda tabiat tasviri yoki voqeada ishtirok etilishi mumkin. Bunday tasvir elementlari o‘quvchida estetik zavq uyg‘otadi, voqeani har tomonlama to‘liq tasavvur etish qobilyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
Tasvir elementlari bilan bayon yozish 1-2- sinflardan boshlanadi. O‘qish, tabiatshunoslik darslarida tabiat, kishilarning ko‘rinishi, joyning ko‘rinishi so‘zlatish, so‘zlab berish orqali tasviriy bayonlar ustida ishlashga o‘rgatiladi.

Yüklə 50,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə