Chet tillarini mukammal o’zlashtirishning natijaviyligi jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy tillar fakulteti 745-22 guruh talabasi Abduvaliyeva Jasmina Jahongir qizi Annotatsiya



Yüklə 13,32 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü13,32 Kb.
#184038

CHET TILLARINI MUKAMMAL O’ZLASHTIRISHNING NATIJAVIYLIGI
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Xorijiy tillar fakulteti 745-22 guruh talabasi
Abduvaliyeva Jasmina Jahongir qizi


Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tillarni mukammal o’rganishning ahamiyati, maktab o’quvchilari uchun xorijiy tillarni o’qitishda qo’llaniladigan samarali usullar haqida bayon qilinadi hamda natijasi tahlil etiladi.
Kalit so’zlar: IELTS, CEFR, TOEFL, Listening, Reading, Writing, og’zaki nutq, sertifikat,innovatsion usullar.
Abstract: This article discusses the importance of perfect learning of foreign languages, effective methods used in teaching foreign languages to schoolchildren, and analyzes the results.
Keywords: IELTS, CEFR, TOEFL, Listening, Reading, Writing, oral presentation, certification, innovative methods.
Hozirgi zamonaviy dunyoda xorijiy tillarni o’rganish keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Shu bois, yoshlar orasida xorijiy tillarni o’rganishga qiziqish kundankunga ortib bormoqda. Bu esa o’qituvchilardan yuqori saviya va inovatsion, samarali usullardan foydalanishni talab etmoqda. Xorijiy tillarni mukammal o’rganish uchun o’quvchida tinglab tushunish (Listening), o’qish (Reading), so’zlashish(Speaking) va yozma nutq (Writing) ko’nikmlalarini rivojlantirish lozim. Chunki xorijiy tilni amaliyotda qo’llash jarayonida muloqotda bo’layotgan tarafni tinglab tushunish, berilgan ma’lumotni o’qib tushunish hamda og’zaki yoki yozma tarzda javob qaytarish talab etiladi.
Ushbu talablarni qay darajada amalga oshirishni tekshirish orqali so’zlovchining xorijiy tilni bilish darajasiga baho berish mumkin. Ushbu ko’nikmalarni xalqaro darajada sinovdan o’tkazish va til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatga ega bo’lish imkoniyatini beruvchi bir qator sinov imtixonlari mavjud. Xususan, IELTS (International English Language Test System), TOEFL (Test of English as a Foreign Language) ,CEFR(The Common European Framework of Reference for Languages) imtixonlarini topshirish orqali sertifikatga ega bo’lish mumkin. Bu sertifikat esa o’z navbatida Oliy ta’lim muassasalariga kirish, xorijiy davlatda malaka oshirish, o’qish, ishlash imkoniyatlarini beradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tadbiq etish chora tadbirlari to’grisida” gi 395-sonli qaroriga muvofiq, 2019-2020-oquv yilidan boshlab Oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida ingliz tili uchun quyidagi imtiyozlar belgilandi: - test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, ital'yan, yapon tillari) (keyingi o‘rinlarda chet tili deb ataladi) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda milliy sertifikat deb ataladi) yoki xalqaro sertifikat International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori darajalariga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi: - test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning International English Language Testing System (IELTS 4,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42), Cambridge Assessment English PET xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori darajalariga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi. - 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori darajalariga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilishi nazarda tutilsin. Ushbu imtixonlarda yuqori darajaga ega bo’lish uchun o’quvchilarni samarali usullardan foydalanib o’qitish lozim. Listening(tinglab tushunish) ko’nikmasini rivojlantirish uchun o’quvchilarga “RadioWork”, “My Voice” kabi usullardan foydalanish mumkin. “RadioWork” usulida o’quvchilarga radiodagi suhandon kabi ovozlarini yozib olish hamda bir-birlari bilan almashgan holda eshittirish, talaffuz xatolarini toppish vazifasi beriladi.
Bunda kichik matnlardan foydalanish mumkin. “My Voice” usulida esa o’quvchilar orasida kimning audio yozuvi eng yaxshi va to’g’ri talaffuzga egaligi bo’yicha kichik musobaqa tashkil etish mumkin. Bu esa o’quvchida bir vaqtning o’zida eshitish hamda talaffuz ko’nikmalarini rivojlantiradi.Qo’shimcha rivojlantiruvchi usul sifatida “Mind Concentration” ya’ni “Diqqatni jamlash” mashqlari samarali natija beradi. Chunki tinglab tushuning jarayonida diqqatni jamlash muhim ahamiyatga egadir. Reading (o’qish) - berilgan yozma ma’lumotni o’qish va va tushunish ko’nikmasi hisoblanadi.
Ushbu ko’nikmani o’zlashtirishning o’ziga hos qiyin jihati shundaki, u o’quvchidan qisqa vaqt ichida berilgan ma’lumotni o’qish, tarjima qilish, tahlil qilish va tushunishni talab etadi. Samarali usul sifatida “Best Reader”, “Read Me” kabilar taklif etiladi. “Best Reader” usulida o’quvchilar orasida qiziqarli matnlar, hikoyalar o’qish bo’yicha musobaqa tashkil etish mimkin. Bunda ularni kitobxonlikka jalb etish darajasi ham oshadi. “Read Me” usulida esa o’quvchilar o’qigan ma’lumotlarini tahlil etishlari, xotiralarida saqlanib qolgan qismini gapirib berishlari lozim. Lekin o’quvchilar uchun yangilik ma’lumotlarini jamlagan ma’lumotlardan foydalanish kerak.
Ular o’qish jarayonida Scanning va skimming usullaridan qanday foydalanish mumkinligi haqida ham tushuncha berilishi lozim. Writing(yozish) yozma nutq ko’nikmlari til bilish darajasini baholovchi asosiy jihatlardan biridir. Chunki o’quvchining so’zlarni mohirona qo’llash, grammatika qoidalariga rioya qilish va fikrlash qobiliyati sinovdan o’tkaziladi. Yozma nutqni rivojlantirish uchun avvalo, o’quvchining dunyoqarashini kengaytirish lozim. Bunda “Discussion time”, “Brain Storming” kabi usullardan foydalanib bir masalada ularning fikrlari o’rganiladi. So’ngra ushbu fikrlarni qanday qilib tartib bilan yozish o’rgatiladi. Speaking(so’zlashish) ko’nikmasini rivojlantirish uchun o’quvchilarga ko’proq matn tuzish va gapirib berish, mavzular bo’yicha kichik taqdimotlar tayyorlash va uni “public speech” ya’ni omma qarshisida gapirib berishlari orqali ulardagi hayajon, ikkilanishni kamaytirish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, chet tillarini o’rganish xalqaro maydonda imkoniyatlar eshigini kaliti hisoblanadi. Shu boisdan, yosh avlodni bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganishi uchun kata e’tibor qaratilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. https://lex.uz/docs/4332249
2. https://ielts.org
3. https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_language_proficiency_tests
Yüklə 13,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə