Milliy universitetining jizzax filiali



Yüklə 25,8 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü25,8 Kb.
#166526
1-MI. Xufiyona iqtisodiyot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
IQTISODIYOT” YO‘NALISHI
XUFIYONA IQTISODIYOT’’ FANIDAN

Mustaqil ish

MAVZU: Xufiyona iqtisodiyotning o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarda rivojlanish tendensiyalari.
Bajardi: Saydirahmonov.M
Qabul qildi: Nizametdinov.A

Reja:


  1. Xufiyona iqtisodiyot tarixi.

  2. Sobiq ittifoq mamlakatlarida xufiyona iqtisodiyot holati.

  3. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko‘lami.



1. Xufyona iqtisodiyot mavjudligiga dastlab 20-asrning 30-yillarida e’tibor bera boshladilar. XX asrning 70-yillaridan boshlab xufyona iqtisodiyotni ilmiy tadqiq qilish boshlandi. Xufyona iqtisodiyotni tahlil qilish rivojlanayotgan mamlakatlar misolida ingliz sotsiologi K.Xart tomonidan birinchilar qatorida boshlandi U “uchinchi dunyo” mamlakatlarida ko‘plab shaharliklarning rasmiy iqtisodiyotga aloqador emasligini aniqladi. U norasmiy iqtisodiyot atamasini ilmiy muomalaga kiritdi. Daromad olishning formal va noformal shakllari o‘rtasidagi farq ish haqi va o‘zini o‘zi ish bilan band qilish asosida topilgan daromad o‘rtasidagi farq sifatida izohlandi. P.Gutman (AQSh) xufyona iqtisodiyot ko‘lamiga va roliga e’tibor qilish lozimligini asosladi.
Fernando de Soto “Boshqa yo‘l” asarida xufyona iqtisodiyotni xalqning korrupsiyalashgan davlatning qashshoqlashayotgan aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishga layoqatsizligiga nisbatan stixiyali va ijodiy reaksiyasi (javobi) deb atadi. U tarnsaksiya xarajatlarini oshkoralik (legallik) va nooshkoralik (nolegallik) kriteriyalari asosida guruhlashni taklif etgan.
1991 yilda Jenevada Yevropa statistiklarining yashirin va norasmiy iqtisodiyotga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Uning materiallari asosida rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot statistikasi bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalari nashr etilgan. Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli ta’riflar berilgan:
1. Xufyona iqtisodiyot qonun asosida man qilingan faoliyat turlari deb ta’riflanadi.
2. Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi.
3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortishdan chetda qoladi.
Xufyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda mavjud huquq(qonun) normalaridan foydalanishdan bo‘yin tovlash va yozilmagan huquqqa, ya’ni an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat.
Xufyona iqtisodiyot - nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalar, jamiyatdagi iqtisodiy mynocabatlapni o‘z ichiga oluvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy voqelik, balki, avvalo, jamiyat tomonidan nazorat qilib bo‘lmaydigan, mamlakat aholisining bir qismini tashkil qiluvchilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarni qondirish, ya’ni katta miqdorda qo‘shimcha daromad (foyda) olishni ko‘zlab davlat organlari boshqaruvi va nazoratidan yashirgan holda, davlat va nodavlat mulkdan hamda iqtisodiy boylik, tadbirkorlik qobiliyatidan jinoiy yo‘l bilan foydalanishdir.
2. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda turli tadqiqotlar natijalariga ko‘ra 1990-yillarning birinchi yarmida Gruziyada (YaIMning 4351%), Ozarbayjonda (34-41%) va Rossiyada (27-46%) yashirin sektor eng katta ulushga ega bo‘lgan. Sobiq ittifoq mamlakatlariga xos xususiyat shu bo‘ldiki, xufyona iqtisodiyotning miqyosi 1990 yildan 1995 yilgacha o‘rtacha 26 dan 35 foizgacha o‘sdi. Sobiq ittifoq makonidagi ko‘pgina kompaniyalar (hatto yirik, davlat kapitali qatnashgan kompaniyalar) rasmiy iqtisodiyotdagi qonuniy faoliyat bilan bir qatorda yashirin operatsiyalarni ham amalga oshirishadi. O‘tish davrida esa bu mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot miqyosi yanada oshib ketgan.
Sharqiy Yevropada xufyona iqtisodiyot Bolqon mamlakatlarida - Makedoniya, Xorvatiya va Bolgariyada (YaIMga nisbatan taxminan 40 foiz) keng rivoj topdi. Albaniyada iqtisodiyot deyarli to‘liq yashirin sohada faoliyat yuritadi.
Sovet ittifoqida xufyona iqtisodiyotning o‘sishi XX asrning 70-yillaridan boshlab namoyon bo‘la boshladi. Agar 1970-yillarning boshida sovet yashirin sektori YaIMga nisbatan 3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1980-yillarning oxiriga kelib uning hajmi 10-15 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiyotning xufyona sektori rivojlanayotgan va o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda eng katta miqyosga ega bo‘ldi. Xufyona iqtisodiyot darajasi Ozarbayjon, Nigeriya, Ukraina, Rossiya, Shri-Lanka, Braziliya kabi mamlakatlarda eng yuqoridir.
Aytish lozimki, Rossiya Federatsiyasi statistika organlari tomonidan milliy hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda keyingi yillarda xufyona iqtisodiyot darajasi pasayib bormoqda. Chunonchi, xufyona iqtisodiyot miqdori YaIMga nisbatan 2015 yildagi 28,1%dan 2018 yilda 20%gacha pasaydi, Norasmiy ish bilan bandlarning ularning umumiy sonigva nisbatan ulushi 2015-2017 yillarda 20,5%dan 18,7%gacha kamaydi. Xufyona ish haqining umumiy ish haqi va YaIMdagi ulushi ham bir muncha kattadir.
Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra 2019 yilda xufyona iqtisodiyotning jahon miqyosidagi o‘rtacha darajasi YaIMga gnisbatan 17,2%ni tashkil etadi. Ammo bu ko‘rsatkich turli mamlakatlarda bir-birlaridan farqlanadi. Masalan, eng past ko‘rsatkich Shveysariyada bo‘lib, 8,6%ni, eng yuqori ko‘rsatkich Boliviyada qayd etilgan bo‘lib, 66,4%ni tashkil etgan. O‘zbekistonning eng yaqin savdo hamkorlari bo‘lgan Xitoyda -12,9% ni, Rossiyada 43,6%ni tashkil etgan.
Shunday qilib, o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida xufyona sektor qiymat parametrlari bo‘yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar orasidagi o‘rtacha holatni egallab turibdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, deyarli barcha mamlakatlarda yashirin iqtisodiy faoliyatning asosiy hajmi “ikkinchi” va “kul rang” xufyona iqtisodiyotga to‘g‘ri keladi. Uyushgan jinoyatchilik guruhlarining daromadlari yashirin daromadlarning umumiy hajmida kichik ulushga ega.


3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019-yil 17 sentyabrda ”O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot: baholash, sabablari va uni qisqartirish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyotning YaIMga nisbatan ulushi 40-50%ni tashkil etishi bayon qilindi.
BMT Taraqqiyot dasturi konsultantlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari ham ushbu davra suhbatida e’lon qilindi. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot miqyosini monetar usullar asosida, shuningdek, respublika hududlarida 700 dan ortiq korxonalar va 30 nafar tadbirkor o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan baholangan. Xufyona iqtisodiyotning asosiy sabablari soliq turlarining, yig‘imlar, majburiy ajratmalar sonining va ular miqdorining ko‘pligi ekanligi ta’kidlandi. Ushbu sabablarga korxonalarda yetarli miqdorda mablag‘larning yo‘qligi , banklar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarni va to‘lovlarni amalga oshirishdagi, xizmat ko‘rsatish sifati, kredit stavkalarining yuqoriligi bilan bog‘liq muammolar ham kiradi. Noiqtisodiy tavsifdagi sabablarga tadbirkorlarning bilim va tajribalarining, raqobat, ishlab chiqarish infratuzilmasining yetarli emasligi, biznesni tashkil etish va yuritishdagi ma’muriy to‘siqlarning mavjudligi, korrupsiya va mulk huquqining himoya qilinmaganligi kiradi.
BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida monetar yondashuv asosida amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda “xufyona iqtisodiyot” salmog‘i 46,4 foizni tashkil etadi.
Ayrim ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YaIMdagi hajmi 50 foiz atrofida. Agarda raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, 2019 yilda respublikamizda Davlat budjeti daromadlar qismi 102,6 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Yalpi ichki mahsulot qiymati 424 trln so‘m qilib belgilandi. Shunda ekspertlar fikriga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning 50 foiz ulushi 212 trln.so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu summadan yashirin iqtisodiyotning optimal hajmi 15% (424*15%=64)ni chiqarib tashlanganda, 148 trln so‘m (212-64) mablag‘ iqtisodiyotdan tashqarida aylanayotgani ma’lum bo‘ladi. Agarda biz ushbu mablag‘ning belgilangan tartibda qonuniy aylanmasiga erisha olsak, Davlat budjetiga soliqlar to‘lanishi natijasida qo‘shimcha o‘rtacha 15-20 trln.so‘m (2,3 mlrd AQSh dollariga teng) mablag‘ tushirilishi mumkin. Bugungi kunda bitta umumta’lim maktabini yangitdan qurish uchun o‘rtacha 5 mlrd so‘m mablag‘ sarflanadi. Demak, bir yillik yashirin iqtisodiyot keltirayotgan zararga teng mablag‘ni 4 mingga yaqin umumta’lim maktablari qurish yoki aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash uchun yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi.
O‘zbekistonda valyuta qora bozorini yo‘q qilish uchun noqonuniy valyuta qora bozorlarini qonuniylashtirgan holda belgilangan intervallar doirasida bozor narxlarida savdo qiluvchi valyuta ayirboshlash shahobchalarini tashkil qilish darkor. Naqd xorijiy valyutani bemalol rasmiy soliq to‘lab faoliyat yuritadigan xususiy shahobchalarda almashtirish imkonini berish kerak. Shundan so‘ng yashirin savdo qilayotgan valyuta sotuvchilarni qattiq jazolash lozim.
Davlat tomonidan naqd pulsiz savdo qilayotgan tadbirkorlarga imtiyoz preferensiyalar berish orqali qo‘llab-quvvatlash mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligini yanada ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, rivojlangan davlatlarda bugungi kunga kelib naqd pul muomalasi maksimal darajada qisqartirilgan, barcha pul aylanishi bank orqali amalga oshirilishi davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga olib kelishi hech kimga sir emas.
«O‘zbekozikovkatxolding» xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari xufiya bozori hajmini 6,8 milliard dollarga baholadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha xolding korxonalarida umumiy ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln so‘mni tashkil etdi. Kutilishicha, yillik hajm taxminan 38 trln so‘mga teng bo‘ladi. «Bu juda kam. O‘ylaymanki, bizda 90-100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Kompaniyalar past ko‘rsatkichlar qayd etilgan hisobotlarni taqdim etadi. Korxonalar esa kuniga 24 soat ishlayapti. Qolgan mahsulotlar qayerga ketyapti? Bozorga chiqarilmoqda, masalan, «O‘rikzor»ga, naqd pulga. Albatta, bularning barchasi hech qayerda hisobga olinmaydi»39, - dedi Tohirjon Jalilov.
Xolding rahbarining ta’kidlashicha, kompaniya xufiya iqtisodiyotga qarshi kurashni tadbirkorlar yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali amalga oshirmoqchi.
O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko‘lamining kattaligini norasmiy iqtisodiyot sektorida band bo‘lgan kishilar sonining kattaligi ham ko‘rsatib turibdi. 2020 yil 18 fevral kuni Toshkentda «O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari B.X.Umrzoqov «[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bo‘lgan aholi soni 13 million 541 ming nafar kishini tashkil etadi. Shundan 5 million 7 yuz ming kishi rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. 8 millionga yaqini esa norasmiy. Ya’ni bu toifadagi insonlar har kuni norasmiy ishlab, cho‘ntagini pulga to‘ldirib uyga borishadi. Bolalari, maktab, bog‘chalar va hokazolarga berishadi. Lekin davlatga bular bir tiyin ham soliq to‘lamaydi, to‘lovlarni qilmaydi. Ya’ni davlatimizning qudratiga, quvvatiga hissa qo‘shmaydigan 8 million aholimiz bor»41, – deb ma’lumot berdi. U prezident murojaatnomasida ayni shu toifadagi insonlarni rasmiy sektorga o‘tkazish masalasi qo‘yilganini ta’kidladi. B.X.Umrzoqovning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi ishlar 2019 yilning aprel oyida boshlangan. Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan korxona, muassasa, tashkilotlarga ogohlantirish berilgan. 2019 yil 1 sentyabriga qadar ana shu toifadagi insonlarni rasmiylashtirish, rasmiy jihatdan to‘lovlarni belgilash masalasi qo‘yilgan. 2019 yili qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan rasmiyga o‘tkazildi. Norasmiy band bo‘lgan aholini rasmiy bandga o‘tkazish tezlik bilan hal bo‘ladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni astasekin oshirgan holda amalga oshirish mumkin. Shu boisdan 2020 yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021 yili 1 millionga yaqin kishini [rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab qo‘yilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni rasmiy sektorga o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirishga erishiladi. Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi kurash masalalarining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.


Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Abulqosimov H.P., Muminov N.G. xufyona iqtisodiyot o‘quv qo‘llanma

  2. arxiv.uz sayti

  3. genderi.org sayti

  4. wikipedia.org sayti

Yüklə 25,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə