Suv resurslari. Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari. Gidrotexnika inshootlari qurilishining qisqacha tarixi



Yüklə 0,63 Mb.
tarix04.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#115431
Idrokning buzulishi.ppt11

  • Guruh: PPS-22/35
  • Bajardi: Avazova Gulshoda
  • Qabul qildi: Cho'lponova Xadicha.
  • Fan: Umumiy psixologiya
  • Reja:
  • Idrok haqida tushuncha
  • Idrokning predmetliligi va yaxlitligi
  • Idrokning konstantligi va anglanganligi
  • Appertseptsiya
  • Idrokning turlari
  • Idrok haqida tushuncha. Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan faArq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi.
  • Idrokning predmetliligi. Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o‘qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko‘z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Idrokning predmetliligi tug‘ma hisoblanmaydi. Sub‘ektda olamning predmetliligini ochib beruvchi ma’lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda to‘yish va harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Harakatlar ishtirok etmaganda idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo‘lmagan, ya’ni tashqi olam ob’ektlariga qaratilmagan bo‘lar edi.
  • Sezgi va idrokning farqini tushunish uchun quyidagi misolga murojaat kilamiz. B.G.Ananev tomonidan bemor kishida kurish analizatorining sezgirligi (sezgi) saqlanib qolgan holda idrokning buzilishi tasvirlangan. Davolanishning avval boshida u butun fazoni qandaydir uzluksiz yorug‘lik oqimi sifatida sezgan. Keyinchalik (davolanish natijasida) shaklsiz ma’nosiz dog‘larni ajrata olgan. U birorta ob’ektning predmet sifatida xususiyatini so‘z bilan ham, chizish bilan ham tasvirlay olmagan. Uch oy davomidagi davolanishlardan keyingina bemor ko‘zining idrok qilish xususiyati qayta tiklangan. Faqat ko‘rish sezgisining o‘zi narsalarni aks ettirishni ta’sinlay olmaydi. Bunga misol tariqasida ko‘pchilik olimlar qurbaqaning ko‘zidagi ko‘z pardaning ishini misol qilib keltiradilar. Qurbaqaning ko‘ziga tushgan soyaning bir necha belgilari, asosan harakatlari va burchaklari haqida darak beradi. Shu sababli baqa harakatsiz pashshalar orasida ochidan o‘lishi ham mumkin.
  • Idrokning predmetliligi va yaxlitligi. Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Bu xususiyat yordamida tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o‘ziga solishtirib ko‘riladi va idrok obrazlarining real predmetlariga adekvat (mosligi) taminlanadi. Tashqi olam bilan aks ettirilishi mos kelmay qolgan xollarda odam to‘g‘riroq aks ettirishni ta’sinlovchi idrokning yangi usullarini qidirishga majbur bo‘ladi.
  • Idrokning yaxlitligi. Yukorida ko‘rsatganimizdek, idrok sezgi a’zolariga ta’sir kiluvchi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, narsalarning yaxlit obrazidir. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz turli modallikdagi sezgilar orkali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
  • Idrokning ma’lum tarzda tuzilganligi. Idrok ko‘p darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga to‘g‘ri kelmaydi va bunday sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Biz shu sezgilardan abstraktlashgan, ma’lum vaqt davomida tarkib topadigan elementlarning munosabatining umumlashgan tuzilishini idrok qilamiz. Muzika eshitayotgan kishining uning tuzilishini, uning elementlarining o‘zaro munosabatini idrok qiladi. Chunki muzika alohida notalardan iborat emas. Notalarning o‘zaro munosabatigina muzikani tashkil qiladi. Turli notalarni turli ketma-ketlikda, tartibda tuzib, turlicha muzika hosil qilinadi.
  • Shu bilan birga odam notalarni ma’lum ketma-ketlikda emas, balki yaxlit, bir butun muzika sifatida idrok qiladi. Faqat maxsus maqsad bilangina (kompozitor, tankidchi) alohida nota yoki muzika asboblarining tovushiga e‘tibor berishi ularni fikran bir-biridan ajratishi mumkin. Bu xususiyatlar idrokningg yaxlitligini beradi.
  • Idrokning konstantligi va anglanganligi. Idrok qilinayotgan tashqi olam, muhit doimo o‘zgarishda, turli holatlarda, turli sharoitlarda namoyon bo‘ladi. Turlicha yorug‘likda, fazoda turli holatlarda, turli masofda bo‘ladi. Bunday omillar ta’siri ostida ko‘z sezgi organlarimizga kelayotgan ma’lumotlar turlicha bo‘ladi, ularni idrok qilish ham turlicha bo‘lishi kerak. Ammo bizning pertseptiv (idrok qilish) tizimimiz bo‘layotgan o‘zgarishlarni to‘g‘rilash, tiklash qobiliyatiga ega. Shu tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shaklini, rangini katta-kichikliligini nisbatan o‘zgarmas (konstant) holda idrok qilamiz. Idrokning bu xususiyati ko‘rish idroki misolida tushuntiriladi. Narsaning uzoq-yaqinligiga qarab uning ko‘z to‘r pardasidagi tasviri ham katta yoki kichik bo‘ladi. Biz uzoqdagi narsani kichik, yakindagisini katta deb idrok kilamiz.
  • Idrok jarayoni kishining motivlariga munosabati (ustanovka) ga ham juda bog‘liq.
  • Idrokning turlari. Idrok klassifikatsiyasining asosi, sezgilardagi kabi, idrok jarayonida ishtirok qiluvchi analizatorlaring har xilligidir. Idrok jarayonida qancha analizatorning yetakchilik qilishiga ko‘ra ko‘rish, eshitish, tuyush, kinestizik, hid bilish va ta’m bilish idroklari farqlanadi.
  • Idrokning sof holatdagi turlari ham uchraydi. Odatda ular birlashib ketgan.
  • Bundag tashqari materiyaning yashash shakllariga ko‘ra ham idrok turlari, fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish aniqlanadi. “Umumiy Psixologiya” darsligida[1](F.I.Xaydarov N.I. Xalilova) idrokga nisbatan quyidagicha ta’rif berib o’tishgan. Idrok deb, sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar, obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi. Yuqoridagi keltirib o’tilgan so’zlardan ko’rinib turibdiki insondagi beshta sezgi a’zolariga ta`sir etib turish orqali narsa va hodisalarni, jarayonlarni, holatlarni ongimizda to’liq holda idrok qilishimizdir. Misol tariqasida dars jarayonlarini oladigan bo’lsak, talaba ikkita sezgi a’zolari orqali darsdagi jarayonni idrok qiladi va yangi mavzuni hamda bilimni egallaydi, mazkur ikkita asosiy deb olgan sezgilar: birinchisi ko’rish sezgisi bo’lsa, ikkinchisi esa eshitish sezgisi hisoblanadi. Maruza so’zlayotgan o’qituvchini talaba ko’rish sezgisi orqali ko’rib turadi. Eshitish sezgisi oraqali eshitib turadi va sezgi retseptorlari orqali idrok qilish jarayoni bo’lib o’tadi. Sezgi a’zolarining markazlari bosh miyada ya’ni oliy nerv faoliyatining yuqori qismida joylashganligi va butun tanamizni harakatiga undan chiqayotgan nerv tolalari, neyronlar, akson, dendrid hamda shivan hujayralaridan o’tayotgan signallar hamda sezgi a’zolari orqali kelayotgan axborotlarni tahlil qilib idrok qilish orqali ongda xulosa chiqariladi. Markaziy nerv sistemasi nerv tolalari orqali butun tanamizni boshqarib turadi.
  • Ongimiz Orqali jarayon yoki voqea hodisani biror bir predmetni yaxshiroq to’liqroq anglaymiz va idrok etamiz. Insondagi beshta sezgi a’zolaridan birida kasallik mavjud bo’lsa ya’ni o’z funksiyasini to’liq bajara olmasa bu ham idrokning susayishiga sababchi boladi. Inson tanasidagi hujayralar a’zolar barchasi bilish jarayonining mukammal bo’lishiga to’liqroq tushunib yetishiga, borliqni oson va tez tushunib olishga hizmat qiladi deb hisoblayman. Misol tariqasida ko’rish sezgisini oladigan bo’lsak, agarda ko’rish sezgimizda biror bir jarohat yetadigan bo’lsa bu idrok uchun ham bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’quvchi, talaba, shogird dars jarayonida diqqatini bir joyga jamlagan holda yangi ma’lumotlarni o’rganishida ko’rish sezgisi eng birinchi o’rinni egallashini juda yaxshi bilamiz. Agarda ko’rish sezgimizda nuqsonlar bo’ladigan bo’lsa, darsdagi holat, jarayonlarni idrok qilishda hulosa chiqarishda orqada qolamiz. Idrok qilish orqali insonning bilimi, ko’nikmasi va malakasi doimo o’sib boradi. Demak rivojlangan normal insonda bilish jarayonlaridan biri bo’lgan idrokni hayotda ortirilgan va egallangan bilimlari o’zining shaxs sifatida rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan birorta ilmiy asar o’qish jarayonida talaba va professorning idroki o’rtasida juda katta tafovut bo’adi. Talaba o’qigan ilmiy asar yoki maqolani tushunmagan ayrim qismlarini qayta qayta o’qib idrok qilishga tushunishga urunadi va professordan so’rab uni yanada yaxshiroq idrok qilishga harakat qiladi, professor esa o’sha kitobni yoki maqolani o’qiganda qiyinchiliklarsiz tushunib idrok qilib kerak bo’lsa o’zining qo’shimcha fikrini ham bayon qilib beradi, bundan ko’rinib turibdiki, ilgari olgan bilimlarimiz idrok qilish jarayonini oson va samarali - 218 - bo’lishini oshirib beradi.
  • Sezgi retseptorlarini shartli ravishda uch guruhga ajratamiz:
  • Ekstraretseptorlar – tashqi muhitdan keluvchi ta’sirotlarni qabulqiladi;
  • 2. Intraretseptorlar – ichki a’zolardan keluvchi impulslarni qabul qiladi; 3. Proprioreseptorlar – mushak, uning paylari, bo‘g‘imlar va suyaklardan keluvchi impulslarni qabul qiladi. Sezgi azolari orqali qilinadigan idrok murakab jarayon ekanligini tasniflaydigan bo’lsak, misol tariqasida [1] qovunning idrok qilinish jarayonini kiritib o’tsak. Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilishda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko’rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta’m bilish sezgisi va boshqalar. Mazkur misolda idrokda sezgi a’zolarimizning bir nechtasi birgalikda ishtirok etishi anglanadi. Idrokning nerv fiziologik asosi deganimizda albatta bosh miya katta yarim sharlaridagi jarayonlarni keltirib o’tamiz ya’ni [1] idrokning nerv fiziologik asosidagi quyidagicha yondoshuvlar bor. “Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. I.P.Pavlov bo’yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta’sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog’lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo’zg’atuvchi sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq bo’linmalar o’zagida ana shu kompleks qo’zg’atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi”.
  • Xulosa
  • Idrok haqida tushuncha. Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan faArq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi.
  • Idrokning predmetliligi. Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o‘qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko‘z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Idrokning predmetliligi tug‘ma hisoblanmaydi. Sub‘ektda olamning predmetliligini ochib beruvchi ma’lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda to‘yish va harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Harakatlar ishtirok etmaganda idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo‘lmagan, ya’ni tashqi olam ob’ektlariga qaratilmagan bo‘lar edi.
  • ADABIYOTLAR RO’YXATI
  •  
  •  
  • 1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
  • 2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
  • 3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
  • 4. www.ziyonet.uz

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə