Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана


“IQTISODIYOT NAZARIYASI” fani bo‘yicha



Yüklə 371,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü371,84 Kb.
#139489
1   2   3   4   5   6   7
43) 5А230101-Иктисодий назария

“IQTISODIYOT NAZARIYASI” fani bo‘yicha 
 
Iqtisodiyot tushunchasi, uning bosh masalasi va uning qamrov jihatidan turlari. 
Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi 
qonuni. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari. Iqtisodiy qonunlar va 
kategoriyalar (ilmiy tushunchalar). Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari. 
Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. 
Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va 
uning chegarasi. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari. 
Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikasiya qilish 
jarayonlarining davom ettirilishi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishgan bo‘lgan turlicha 
yondashuvlar. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk 
ob’ektlari va sub’ektlari. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy 
mazmuni. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
yo‘llari, maqsadi va usullari. Xususiy mulkchilik tarmog‘ini kengaytirish – 
mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri sifatida. 
Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning 
rivojlanishi. Tovar va uning xususiyatlari. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va 
vazifalari. O‘zbekistonda milliy valyuta pul - so‘mning muomalaga kiritilishi va uni 
2003 yil 15 oktyabrdan joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha erkin almashtirishini 
yo‘lga qo‘yilishi.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. Bozor tushunchasi 
va bozorning vazifalari. Bozor turlari va tuzilishi. Bozor infratuzilmasi va uning 
unsurlari. O‘tish davri iqtisodiyoti nazariyasi,uning belgilari, turlari va qonuniyatlari. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish modellari, ularning farqlari va umumiy tomonlari.
Talab tushunchasi, uning egri chizig‘i va talab qonuni. Talab elastikligidan 
real hayotda foydalanish. Taklif tushunchasi, uning egri chizig‘i va taklif 
qonuni.Taklifning hajmiga ta’sir etuvchi omillar. Taklif elastikligi. Talab va 
taklifning mos kelishi. Bozor muvozanati.
Raqobatning 
mohiyati,obe’ktiv 
asoslari 
va 
rivojlanish 
bosqichlari. 
Raqobatning shakllari va usullari. Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy 
oqibatlari. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga 
qarshi qonunchilik.
Narxning mazmuni va obe’ktiv asoslari. Narxning hajmiga ta’sir etuvchi 
omillar va narxning vazifalari. Narx turlari va ularning mazmuni. Raqobatning turli 
ko‘rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari. Narx siyosati va uning 
O‘zbekistonda amalga oshirilish xususiyatlari.
Tadbirkorlik faoliyati moxiyati va asosiy belgilari. Biznesni tashkil qilish 
asoslari. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. Aksionerlik jamiyatini tashkil qilish va 
faoliyatining asosiy tamoyillari. Tadbirkorlik kapitalining aylanish vaqti va aylanish 
tezligi. Asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish samaradorligi. Biznes uchun qulay 
muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlash – mamlakatimizda iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida. 
Aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili 



sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish hamda 
davlat tomonidan oilaviy biznesni qo‘llab quvvatlash. Ishlab chiqarish harajatlari 
tushunchasi va uning tarkibi. Ishlab chiqarish harajatlari turlari.
YAratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari. Ish haqining 
iqtisodiy mazmuni. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari. Ish haqining 
tabaqalanishi, YAgona tarif tizimi, uning maqsadi va vazifalari. Mehnat 
munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli.
Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Ijara xaqi va renta 
munosabatlari. Renta turlari va ularga tavsifnoma. Agrosanoat integratsiyasi. 
Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi. Agrobiznes va uning turlari. 
 
Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari. 
YAlpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari. YAlpi 
milliy mahsulotni hisoblash usullari. YAlpi milliy mahsulot hajmini o‘zgarmas 
baholarda hisoblash usullari. Milliy hisoblar tizimi, uning maqsadi va vazifalari. 
O‘zbekistonda 2020 yildagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori 
o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi. O‘zbekistonda yalpi milliy mahsulotni 
ko‘paytirish omillari va yo‘llari.
 
YAlpi talab tushunchasi, yalpi talab egri chizig‘i va uning hajmiga ta’sir 
qiluvchi omillar. YAlpi taklif tushunchasi, yalpi taklif egri chizig‘i (klassik, oraliq - 
keynsian kesmalar) va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. YAlpi talab va yalpi 
taklif o‘rtasidagi muvozanatlik hamda uning o‘zgarishi.(Valras modeli). J.B.Sey 
qonuni. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yalpi talabning qisqarishi 
hamda uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora tadbirlar. 
Iste’mol va jamg‘armaning mazmuni.Iste’mol va jamg‘arish fondlarining 
shakllanishi. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi optimal nisbat. Iste’mol va 
jamg‘arishga o‘rtacha va oxirgi moyillik. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va 
samaradorligi. Nominal va real jamg‘arish. Investitsiyalarning mazmuni va 
vazifalari. Investitsiyalar turlari va investitsiya hajmiga ta’sir etuvchi omillar. 
O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya 
muhitining yaratilishi. 
Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, mezonlari va ko‘rsatkichlari va turlari. 
Iqtisodiy o‘sishning maqsadi,omillari va yo‘nalishlari. Milliy boylik tushunchasi va 
uning tarkibiy tuzilishi. O‘zbekistoning iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanishi va 
iqtisodiy o‘sish omillari. Mamlakatimizda qabul qilingan 2020-2021 yillarda 
Pandimeya oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha dasturni amalga 
oshirish, shu asosda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va 
iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash. 
Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta’minlash shart sharoitlari va aniqlash usullari. 
Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlashda tarmoqlararo balans hamda daromad harajatlarni 
taqqoslash usullaridan foydalanish. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. O‘zbekiston 
iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini o‘zgartirishdagi asosiy vazifalar. O‘zbekistonda 
ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini qayta qurish jarayonida makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash vazifalari. 
Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. Ishchi kuchini takror hosil 
qilish. Ishchi kuchining bandligi va uning darajasi. Ishsizlik, uning turlari va 
oqibatlari. Ouken qonuni. Ishchi kuchi bozorining mohiyati, tuzilishi va uni tartibga 



solish usullari. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ishchi kuchi 
bozorini shakllantirish, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning 
tadbirlari. 2020 yilda ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash 
dasturining ahamiyati. 
Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi va uning tarkibiy bo‘g‘inlari. 
Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari. Soliq tizimi va uning vazifalari. O‘zbekistonda 
byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari. Byudjet va soliq islohotlarini 
chuqurlashtirish, soliq tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish hamda soliq 
yukini 
yanada 
kamaytirish 
– 
mamlakatimizda 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida. 
Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo‘lgan talab va pul 
taklifi. Inflyasiya, uning mohiyati va turlari. Kreditning mohiyati, manbalari va 
vazifalari. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari. 
O‘zbekistonda milliy valyutani mustaxkamlash vazifalari. 
Aholining daromadlari, ularning turlari va manbalari. Daromadlar tengsizligi 
va uning darajasini aniqlash. Ijtimoiy himoyaning mazmuni va uning shakllari. 
Hozirgi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini 
oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganligi. 
Jahon xo‘jaligining globallashuvi yo‘nalishlari va ziddiyatlari. Xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infrato‘zilmasining rivojlanishi. Jahon 
xo‘jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish. Jahon xo‘jaligi globallashuvi 
jarayonlarining ziddiyatli tomonlari.
Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari. Xalqaro valyuta-kredit 
munosabatlari va valyuta tizimlari. Zamonaviy moliyaviy kapital faoliyatining 
xususiyatlari. 


10 

Yüklə 371,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə