Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана


GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH fani bo‘yicha



Yüklə 371,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü371,84 Kb.
#139489
1   2   3   4   5   6   7
43) 5А230101-Иктисодий назария

GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH fani bo‘yicha: 
 
Global iqtisodiy rivojlanish fanining predmeti va uslublari. Jahon 
iqtisodiyotini globallashuvi ob’ekti va sub’ekti. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi 
mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart- sharoitlari va darajalari. Jahon iqtisodiyotni 
globallashuvining vujudga kelishi va rivojlanishini shart-sharoitlari: texnologik 
taraqqiyot; kapitalning konsentarsiyalashuvi va markazlashuvi; xalqaro biznesning 
integratsiyalashuvi; jahon iqtisodiyotining erkinlashuvi; xalqaro moliya institutlari 
faoliyat doirasining kengayishi; global 
muammolar tomonidan xavfning 
kuchayishi; milliy va xalqaro miqyosda siyosiy tizimlarning o‘zgarishi. 
Globallashuv tushunchasining keng va tor ma’nodagi ta’rifi. Globallashuv 
tushunchalarining rivojlanish evolyusiyasi. Globallashuv jarayoni va uning 
chuqurlashuv bosqichlari: integratsiyalashuv; 
transmilliylashuv; globallashuv. Globalashuv turlari: siyosiy globallashuv; iqtisodiy 
globallashuv; moliyaviy globallashuv. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining 
namoyon bo‘lish shakllari. Globallashuv jarayonining iqtisodiy, siyosiy, texnik, 
erkinlashuv omillari. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ustuvor yo‘nalishlari. 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi darajalari: megadaraja; makrodaraja; mezodaraja; 
mikrodaraja. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ko‘rsatkichlari. 
―Global iqtisodiy rivojlanish‖ fanining umumiqtisodiy va 
mutaxassislik fanlari bilan bog‘liqligi, fanning vazifalari. 
Globallashuvga bag‘ishlangan ilmiy qarashlarning vujudga kelishi va 
rivojlanishi. Globallashuv nazariyalarining rivojlanish bosqichlari: 1950-1990 
yillar (R.Robertson, M.Uoters, G.Ternborn, A.Zinovev, I.Vallerstayn, D.Meyer, 


13 
N.Luman). 1990-2000 yillar (I.Vallerstayn, G.Ternbon, M.Archer, R.Robertson, 
M.Fezerstoun, A.Appadurai, B.Terner, A.Zinovev, N.S.Mironenko). 2000 
yillardan hozirga qadar (M.Kastels, L.G.Grinin, R.Roberston). Globallashuv 
jarayonining rivojlanishi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi to‘g‘risidagi ilmiy 
konsepsiyalar asosiy yo‘nalishlari: giperglobal; skeptik va transformatsion. 
Giperglobal ilmiy yo‘nalish vakillari hisoblangan K.Oman, F.Fukuyama va 
R.Rayxning iqtisodiy qarashlari. Skeptik ilmiy maktab vakillari S.Xantington, 
P.Xirst, G.Tompson, S.Krasnerlarning iqtisodiy qarashlari. Transformatsion ilmiy 
maktab vakillari Dj.Rozenau, D.Xeld, A.Mak- Grularning ilmiy qarashlari. Rim 
klubi 
va 
globallashuv 
nazariyalarining 
rivojlanishi. 
Global 
iqtisodiy 
rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari: 
jahon tizimlari nazariyasi (I.Vallerstayn); umumjahon madaniyati nazariyasi
(R.Robertson); ―umumjahon boshqaruvi nazariyasi; ―global kapitalizm
nazariyasi. Vashington konsensus yoki AQSH iqtisodchisi Dj.Vilyamson
tomonidan ishlab chiqilgan. Jahon savdosini isloh etishning 10 tavsiyasi: 1. 
Byudjet kamomadini minimallashtirish; 2. Korxonalarga beriladigan subsidiyalarni 
minimallashtirish; 3. Soliq bazasi keng, soliq stavkasi esa past bo‘lishi zarurligi; 4. 
Foiz stavkalari ichki moliya bozorlari tomonidan belgilanishi zarurligi; 5. 
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi almashuv kursi eksportni rag‘batlantirishi 
zarurligi; 6. Tashqi savdo tariflari minimal bo‘lishi zarurligi; 7. Xorijiy 
investitsiyalarni 
rag‘batlantirish siyosati qabul qilinishi zarurligi; 8. 
Xususiylashtirish har tomonlama rag‘batlantirilishi zarurligi; 9. Davlat tomonidan 
tartibga solishni minimallashtirish; 10. Xususiy mulk huquqi kafolatlanishi va 
kuchaytirilishi zarurligi. Dj.YU.Stiglitsning iqtisodiy qarashlari. 
―Transformatsion yo‘nalishi tarafdorlarining ilmiy qarashlari. XX asr boshlarida 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi nazariyalarining transformatsiyalashuvi va 
xususiyatlari. 
Jahon iqtisodiyotni globallashuvini harakatlantiruvchi kuchlari: kapitalning 
konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi, xo‘jalik hayoti transnatsionallashuvi – 
yirik transmilliy kompaniyalar va moliya guruhlarining rivojlanishi, jahon va 
milliy darajadagi bozor raqobati, fan texnika taraqqiyoti, texnologik innovatsiya 
taraqqiyoti, xo‘jalik hayotining erkinlashuvi, tovar, xizmat va kapital bozorlarini 
tartibga solishning qisqarishi. Jahon xo‘jaligi erkinlashuvi jarayonining kuchayishi. 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy mexanizmlari: 1. Jahon savdosida 
raqobatning kuchayishi 2. Ko‘p millatli ishlab chiqarishning shakllanishi 3. 
Xalqaro moliya bozorlarining integratsiyalashuvi. 
Jahon iqtisodiyoti globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi va 
rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro 
iqtisodiy bog‘liqlikning keskin kuchayishi; milliy iqtisodiyotlar iqtisodiy 
ochiqligining jadal sur’atlar bilan oshishi; xalqaro savdo va kapitalning 
mamlakatlararo harakati asosida jahon iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotga 
ta’sirining intensivlashuvi. Xalqaro mehnat taqsimoti yangi sifatining shakllanishi; 
Jahon moliya bozorining milliy segmentlari o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi va 


14 
global moliya bozori shakllanishi; infomatsion va telekommnikatsion taraqqiyot; 
transmilliy korporatsiyalar faoliyatining global kengayishi; rivojlanayotgan va 
o‘tish iqtisodiyoti mamlaktlarining xalqaro savdo, xalqaro kredit, xalqaro mehnat 
migratsiyasi jarayonlariga jalb etilishi; jahon iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibining 
keskin murakkablashuvi; jahon iqtisodiyotiga yangi rivojlanib borayotgan yirik 
shaharlar (alfa shahar) ta’siri kuchayishi (Nyu-York, London, Tokio). Jahon 
iqtisodiyoti globallashuvining belgilari: xalqaro mehnat taqsimotidagi sifat 
o‘zgarishlari; TMK kabi jahon iqtisodiyoti sub’ektlari miqyosi va ta’sir 
yo‘nalishining o‘sishi; xalqaro va milliy darajada iqtisodiyotni tartibga solish 
tizimining o‘zgarishi; xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizmi shakllanishi va 
bajaradigan funksiyalarining o‘zgarishi; xalqaro iqtisodiy aloqalar jahon xo‘jaligi 
harakat qilishining muhim shakliga aylanishi. 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi belgilari. TMKlarni jahon iqtisodiyotida 
etakchi rol o‘ynashi. Jahon xo‘jaligi munosabatlarining ichki iqtisodiy 
munosabatlarga nisbatan etakchiligi (ustuvorligi). Global axborot-texnologik 
taraqqiyotni chuqurlashuvi. Ilmiy-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishni 
integratsiyalashuvini hamma tomonlariga universal, keng qamrovli ta’siri. 
Standartlarni uyg‘unlashuvi (texnologik, ekologik, statistik, buxgalter, moliyaviy 
va boshqalar). Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi 
qamrovini turli shakllarda jahon miqyosida kengayishi va intensivlashuvi. 
Kapitalning integratsiyalashuvi shakl va mexanizmlarining global miqyosda 
kengayishi. Xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlariningjahon iqtisodiyotini global 
tartibga solish rolining vujudga kelishi (Umumjahon savdo tashkiloti, Xalqaro 
valyuta fondi, Jahon banki va boshqalar). Jahonning hamma muhim iqtisodiy 
mintaqalarining hududiy integratsiya bilan qamrab olinishi. Jahon iqtisodiyotida 
integratsion 
jarayonlarning 
jadal 
sura’tlarda rivojlanishi. Globallashuv 
jarayonining rivojlanish yo‘nalishlari: bozorlar va tovarlar globallashuvi. 
Global 
muammolar. 
Global 
muammolarning 
belgilari. 
Global 
muammolarning guruhlanishi. Siyosiy global muammolar (tinchlikni saqlash, 
qurolsizlanish va konversiya, mahalliy urushlar va nizolar, xalqaro terrorizm, 
yopiq mamlakatlar). Iqtisodiy global muammolar (transmilliy kapital, iqtisodiy 
urushlar va nizolar, rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligining kuchayishi, 
demografik global muammolar (rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik 
portlashlar, aholi ortiqchaligi, taraqqiy etgan mamlakatlarda aholi soni qisqarishi, 
aholi qarishi, migratsiya). SHimol-Janub, xalqaro qarzdorlik, moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozlar, energetika muammosiva boshqalar). Ijtimoiy global muammolar (aholi 
daromadlaridagi tabaqalanishning kuchayishi, ishsizlik va qashshoqlik, to‘yib 
ovqatlanmaslik, kasallik va narkomaniyaga qarshi kurash, megopolislar, inson 
salohiyatini rivojlantirish muammosi, oziq-ovqat, xavfsizlik, demografik va 
boshqalar). Ekologik muammolar (global ifloslanish, radioaktiv ifloslanish, kislota 
yomg‘irlari, tuproq eroziyasi, resurslarni cheklanganligi, iqlimning isishi, ozon 
qatlami emirilishi, ekologiya va barqaror rivojlanish, inson xavfsizligini ta’minlash 
muammosi, jahon okeani muammosi va boshqalar). SHimol-Janub muammosi. 


15 
Kambag‘allik muammosi. Oziq-ovqat muammosi. Demografik muammo. Jahon 
iqtisodiyoti globallashuvining siklliligi tarixi va uning rivojlanish qonuniyatlari. 
Xalqaro savdoning ustun darajada rivojlanishi. Globalizatsiyaning siklik 
rivojlanish qonuniyatlari: xalqaro savdoning ustun darajada rivojlanishi; 
inflyasiya va oltin narxining siklik o‘zgarishi; foyda normasini pasayishi va 
narxning baravarlashuvi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi bosqichlari:
Global iqtisodiyot shakllanishida xalqaro savdoning o‘rni. Global bozorlar 
shakllanishi va ularning xususiyatlari. Globallashuv sharoitida erkin savdo va 
proteksionizm 
savdo 
siyosatlarini o‘rtasidagi nisbat. 
Jahon iqtisodiyoti 
globallashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solishni tarif va notarif usullari 
o‘rtasidagi nisbat. Xalqaro savdoning geografik va tovar tarkibi hamda ularni 
diversifikatsiyalash yo‘nalishlari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining xalqaro 
savdo miqyosi, tarkibi va yo‘nalishlariga ta’siri. Xalqaro savdo dinamikasi va 
o‘zgarish xususiyatlari. Xalqaro savdoda rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida tashqi savdoning ahamiyati. Xalqaro 
savdo rivojlanishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning roli. Umumjahon savdo 
tashkilotining jahon iqtisodiyoti globallashuvi va tashqi savdo erkinlashuvidagi 
faoliyati. Mintaqaviy iqtisodiy integratsion birlashmalar doirasida xalqaro savdoni 
erkinlashtirish jarayonlari. Umumjahon savdo tashkiloti va O‘zbekiston. 
O‘zbekistonningXalqaro savdo tashkilotiga kirishining afzalliklari va yo‘qotishlari. 
Global moliyaviy bozorlarning shakllanishi, global moliyaviy bozorlarning 
amal qilishi va ularni tartibga solish vositalari. Xalqaro moliya tashkilotlari va 
ularning xalqaro moliya munosabatlaridagi o‘rni. Xalqaro valyuta fondi va xalqaro 
valyuta munosabatlarini tartibga solish muammolari. Xalqaro moliyaviy 
munosabatlarda TMKlarning o‘rni. Xalqaro valyuta fondining vazifalari va jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi kurash dasturlari. Mintaqaviy va milliy 
moliya bozorlarini rivojlanishi va ularni tartibga solish muammolari. Globallashuv 
sharoitida 
o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat moliya siyosati. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida xalqaro moliya munosbatlarining 
o‘rni. Rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy tizimlardagi islohotlar. 
O‘zbekiston Respublikasi moliya bozori, holati, rivojlanish tendensiyalar va 
rivojlanish istiqbollari. O‘zbekiston Respublikasini xalqaro moliya bozoriga 
integratsiyalashuvi muammolari. 
Jahon ishchi kuchi bozori tushunchasining mohiyati, shakllanish sabablari va 
rivojlanish omillari. Jahon ishchi kuchi bozorining rivojlanish bosqichlari. Jahon 
ishchi kuchi bozori: ob’ektlari, sub’ektlari, amal qilish mexanizmi va vositalari. 
Rivojlangan mamlakatlardagi demografik vaziyat va aholi qarishi. Jahon ishchi 
kuchi bozorining asosiy markazlari, hududlari. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi 
va uning asosiy ko‘rinishlari. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining tarkibi, 
yo‘nalishlari va migrantlarni o‘ziga jalb qiluvchi markazlar. Jahon iqtisodiyotida 
xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining dinamikasi. Mintaqalararo migratsion 
jarayonlar va ularning ustuvor oqimlari. Pul o‘tkazmalari va ularni ishchi kuchini 
eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotgia ta’siri. Ishchi kuchi eksportining 


16 
eksportyor mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. 
―Aqlning oqib o‘tishi. Ishchi kuchi migratsiyasini importyor mamlakat 
iqtisodiyotiga ta’siri. Global moliyaviy inqirozning jahon ishchi kuchi bozori 
miqyosi va tarkibiga ta’siri. Xalqaro ishchi kuchi bozorini tartibga solishning 
xalqaro va milliy vositalari. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellardagi 
faoliyatini tashkil etishni taritbga solish masalalari. 
Milliy xavfsizlik tushunchasini mohiyati. Milliy xavfsizlik turlari va 
ularning guruhlanishi. Iqtisodiy xavfsizlik va uning turlari. Tashqi va ichki xavflar. 
Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari va indikatorlari tizimi. Moliyaviy xavfsizlik 
ko‘rsatkichlari va mezonlari. Ijtimoiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari va mezonlari. 
Oziq-ovqat xavfsizligi. YOqilg‘i xavfsizligi ko‘rsatkichlari va mezonlari tizimi. 
Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning 
o‘rni. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar. Xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish bilan bog‘liq xavfsizlik va mamlakat raqobatbardoshligi. 
Milliy va xalqaro raqobatbardoshlik tushunchalarining mohiyati. Milliy 
raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari va mezonlari. Iqtisodiy raqobat munosabatlari 
ko‘rinishlari. Mikro, mezo, makro va mega raqobatbardoshlik. Mamlakatning 
raqobat ustunliklari nazariyasi. Mamlakat raqobatbardoshligini aniqlash usullari. 
Globallashuv sharoitida mamlakat milliy raqobatbardoshligini oshirish omillari. 
Mamlakat raqobatbardoshligini oshirishda tarkibiy o‘zgartirishlar siyosatining 
o‘rni. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarkibini diversifikatsiyalash muammolari. 
Mamlakatni barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda milliy iqtisodiyot 
xavfsizligi o‘rnining kuchayib borishi. 

Yüklə 371,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə