Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
ADABIY TIL

Gulxaniyning
o‘ziga xos o‘rni bor. Uning 
bizgacha 12 ta g‘azal, Amir Umarxonga bag‘ishlangan qasidasi va “Zarbulmasal” 
asari yetib kelgan. O‘zbek xalqi, shuningdek, ijodkorning donishmandligi va 
zukkoligi namoyon bo‘lgan “Zarbulmasal” asarining 6 ta qo‘lyozma va 10 dan 
ortiq bosma nusxalari mavjud. Uning qadimiy qo‘lyozmasi 1885-yilda 
ko‘chirilgan, 1951, 1958, 1960-yillarda chop etilgan. “Zarbulmasal” arabcha 
“zarb” va “masal” so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lib, Masal keltirib 
so‘zlashmoq mazmunida ishlatiladi. “Zarbulmasal” – majoziy asar, unda 400 dan 
ziyod maqol hamda hikmatli so‘zlar qo‘llangan. Asarda hayvonlar obrazi, tabiati 
orqali, maqol, matal, hikoyat va rivoyatlar vositasida turli toifa insonlarning 
ma’naviy qiyofasi ochib beriladi. 
Ta’kidlanganidek, Gulxaniy uslubning ravon va ommaga tushunarli bo‘lishi 
uchun xalq og‘zaki ijodidan samarali foydalangan. Buni quyidagilarda ko‘ramiz.
1. Asarning ayrim hikoyalari xalq og‘zaki ijodiga xos so‘zlar bilan 
boshlanadi: 
Bor edi Farg‘onada bir carbon
.


120 
2. Folklorning ommaviy janrlaridan biri bo‘lgan maqollardan nihoyatda 
o‘rinli foydalangan: 
Evi bilan so‘zlaganning qurboni bo‘l

Ikki suyuklik bir 
ko‘ngilga sig‘mas

Bo‘ynida illati borning ayog‘i qaltirar
kabi.
3. Leksik jixatdan xalq so‘zlashuv tiliga doir leksemalarni ko‘plab 
ishlatilgan: 
ebi,
teva

taka, ayran, sapal, burunduq, taylaq, qo‘naq, aqsaq, bo‘qaq, 
kulba, yantaq, sachbag‘, buydaq, tushav, lachin, qarchig‘ay, qizilishtan
singari.
Jonli tilda bo‘lgan 
itarchi
- it boquvchi; 
qig‘an
– qilgan, 
burnag‘i
– avvalgi, 
chechmak
– yechmoq so‘zlari qayd etilgan: 
It qig‘onni itorchi qilmas, Burnag‘ilar 
masalidurki, er bashiga ish tushsa, etuk chechmay suv kechar
. Shuningdek. ayrim 
frazeologik birikmalar ham ifodalangan: 
ag‘zini bir burchidin chiqar, ag‘iz ashga 
yetganda burni qanagan, xos tarbuzni qo‘ltug‘ungga alma 
va boshqalar. 
4. Asarda bir qator arabcha, forscha so‘zlar ham kuzatiladi: 
abir
- qora tusli 
xushbuy modda, 
ajuz
- kampir, 
anjum
- yulduzlar
tarror
- qaroqchi, shaqovat – 
yaramaslik, 
nafarjam
– baxtsiz, 
bargoh
- saroy, 
xastakar 
- sovchi, 
qahil
- yalqov, 
sarbon
- tuyakash, 
humo
kabilar.
5. O‘g‘uz lahjasiga xos unsurlar ham ko‘zga tashlanadi: 
dosha
- toshga, 
istaram 
- istayman, 
aylaram - 
qilaman, 
cho‘g‘
- ko‘p, juda.
6. Gulxaniy o‘sha davr tilida mavjud bo‘lgan sinonimlardan ustalik bilan 
foydalangan: 
g‘am, g‘ussa, anduh, ko‘k, falak; xalq, ulus, el; ism, ot; yo‘ldosh, 
hamroh; noma, xat; oy, qamar; oftob, qo‘yosh, shams, xurshid; chayon, aqrab; 
yuz, oraz, jamol, daryo, nahr
va hokazo.
7. Ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari morfemalar olganda quyidagi shakllarda 
keladi: 
U - ana, ul - anda, alari, munda, bunda, nima - nimarsa
. Istak fe’lining 
birinchi shaxs ko‘pligi fe’l negiziga -ali affiksini qo‘shish bilan yasaladi. Masalan: 
Anglab barib taraddud qilali
. O‘tgan zamon sifatdoshi - mish, -mush affikslari 
bilan keladi: 
tutmish

kelmish
.
Shunday qilib, Gulxaniy adabiy tilni butun xalq ommasiga tushunarli, 
turmush uchun zarur so‘zlar va grammatik shakllar bilan boyitishga harakat qilgan.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə