Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
ADABIY TIL

“Lug‘ati Navoiy”.
1990 yilda navoiyshunos olima S.G‘anieva Tehron 
universiteti markaziy kutubxonasi bilan tanishish jarayonida fanda ma’lum 
bo‘lmagan o‘zbekcha - turkcha qo‘lyozmani aniqladi. Alisher Navoiy asarlari 
bo‘yicha tuzilgan bu lug‘at 70 betdan iborat bo‘lib, chiroyli nasta’liq xatida 
bitilgan. Lug‘at oxirida tuzuvchining ismi sharifi va asar tarixi aniq ko‘rsatilgan: 
Rajab ibni Muhib Ali Shomlu. tarixi 1599 yil. Ushbu lug‘at arab - fors alifbosi 
bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, unda Alisher Navoiy asarlaridagi mingga yaqin so‘z 
turkcha, ixcham, sodda izohlangan. Lug‘at 24 harfga bo‘lingan. Har bir harfga 20 
tacha misol keltirilgan. 
Boburiylar Hindistonda o‘z ona tili – o‘zbek tilini unutib yubormaslik 
maqsadida olimlarga turli qo‘llanma va lug‘atlar tuzishni buyurdilar. Shoh 
Jahonning o‘g‘li Avrangzeb buyrug‘i bilan Fazlullaxon Barlos tomonidan tuzilgan 
“Lug‘ati turkiy”
shular jumlasidan. Uning qo‘lyozma nusxasi Britaniya muzeyida 
saqlanmoqda. Fazlullaxon Barlos lug‘atdagi so‘zlarni joylashtirishda o‘zbek 


124 
tilining ichki xususiyatlaridan kelib chiqadi. Fe’llarni 13 harfga, ismlarni 18 harfga 
bo‘ladi. Arab - fors tillariga xos 
je, ze, itqi, izg‘i, zod, sod
kabi harflar bilan 
boshlanuvchi so‘zlarga misollar berilmagan. 
Lug‘atning I qismida o‘zbek tilidagi so‘z va shakl yasovchi qo‘shimchalar 
haqida umumiy ma’lumot, II qismida eski o‘zbek tilida ko‘p ishlatilgan fe’llar, III 
qismida ot turkumidagi so‘zlar, IV qismida qabila, meva, g‘alla, hasharot
hayvonot olamiga oid so‘zlar mavzuiy guruhlarga taqsimlanib berilgan. 
Boburiylar davrida turkiy tilni o‘rganish ehtiyoji turli lug‘atlarning
yaratilishiga sabab bo‘ldi. Xususan, Abu Muzaffar Muhitdin Avrangzeb (1658-
1707 yillar) saroyida xizmat qilgan Muhammad Yoqub Chingiy 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə