Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


cho‘x , Ketib zulmu sitamin zulmati  bo‘lmish



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
ADABIY TIL

cho‘x
,
Ketib zulmu sitamin zulmati 
bo‘lmish
jahon ravshan. 
Ey, olami anjum aro orom 
suran
lar, Avaz, bo‘lg‘ay 
uyonib
(uyg‘onib) 
komgoru komron millat, 
Bilmam
, buni kim imom etibdur. 
Kim yaqosi choksiz gul 
butmamish
bu bog‘ aro. 
Avaz O‘tar asarlari leksikasini asosan turkiy, arabcha va forscha so‘zlar 
tashkil etadi: 
robita, zulmat, sitam, ahkom, millat, imom, ag‘yor, sipohi, dom, 
yoron, mehribon, mor, orom
va hokazo. Rus va rus tili orqali kirgan so‘zlar deyarli 
uchramaydi. 
Shunday qilib, Avaz O‘tar XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi 
o‘zbek adabiyoti va adabiy tilining shakllanishiga munosib ulush qo‘shgan.
Turkistonning chorizm tomonidan bosib olinishi ma’lum darajada iqtisodiy 
va madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Turli tamoyil va 
manfaatlar ta’sirida «umumiy turk tili to‘g‘risida»gi nazariyalar tarqaldi. O‘zbek 
ma’rifatparvarlari o‘zbek adabiy tilini ona tili zaminida rivojlantirish uchun 
kurashdilar. Bu nazariya, kurashlar XIX asrning II yarmida paydo bo‘lgan 
nashriyot va vaqtli matbuotda o‘z ifodasini topdi. Binobarin, 1870 yilda 
Turkistonda rus tilidagi “Turkestanskie vedomosti” gazetasi ta’sis etildi. 1871 
yildan gazetaga ilova, keyinchalik mustaqil holda o‘zbek tilida “Turkiston 
viloyatining gazetasi” chiqa boshladi. Shu tariqa, o‘zbek adabiy tilida publitsistik 
uslub shakllana boshladi. 


137 
Rus tilidan diplomatik hujjatlar, axborot materiallari, qishloq xo‘jaligi, 
ilmiy, tibbiy texnika, tarix va boshqa sohalarga oid tarjimalar “Turkiston 
viloyatining gazetasi” sahifalaridai nashr ettiriladi. Mazkur jarayonda Furqat, 
Sattarxon, Isoqxon Ibratlarning adabiy va publitsistik faoliyati alohida o‘rin tutadi. 
Sattorxon 1883-1890 yillar davomida tahrirriyatda muharrir yordamchisi va 
tarjimon bo‘lib ishlaydi. Ularning maqolalarida so‘zlar qanday talaffuz qilingan 
bo‘lsa, yozuvda shunday aks etgan: 
tiligraf, dovut, moshin, fatagraf, ganiral, 
gubernatur, ueznoy, afitser, kamissiya
. Isoqxoning quyidagi fikrida rus tilidan 
o‘zbek adabiy tiliga o‘zlashgai leksik unsurlar yaqqol ko‘rinadi: “Asrimiz 
madaniyati bor edi, chunonchi, 
otash aroba, tiligrom, tilifo‘n, iliktr fanirlari
, hatto 
uchadurgon 
ayripilon, giramo‘fun, fatagarof, tipogrof, litogirof, anvoi
mashinalar: avtomo‘bel, valisafet
hammasi mavjud edi”.
Gazeta publitsistik uslubda qo‘llangan ruscha va u orqali boshqa yevropa 
tillaridan kirgan leksemalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Siyosiy, diplomatik tushunchalar: 
sudya, komissiya, konsul, duma, siezd, 
monifest, zabostufka, onorxiya 
kabi 
2. Harbiy terminlar: 
pulkovnik, kopiton, giniral, litinont, ofitser 
va hokazo. 
3. Pochta-telegraf bilan bog‘liq atamalar: 
tiligraf po‘shtaxona, morka,
tilfo‘n. 
4. Matbuotga doir so‘zlar: 
redoksiya, gazetxona, harf bosadurgon moshina 
singari.
Ba’zi ruscha so‘z va birikmalar arabcha, forscha so‘zlar bilan tarjima qilib 
berilgan: 
ministr - vazir, pedsovet - ilmiya maslahatin, geografiya - jahonnoma,
xirurg - jarroh, arxitektor - tarroh, vrach - hakim, professor – mudarris.
Gazeta tilida o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan yasovchi affikslar, ya’ni -lik, ma, 
-chi, -xona, kabi affiks yordamida yangi so‘zlar yasalgan: 
g‘o‘za ekuvchi, 
oktyabrchi, saylovchi, gazitachi, hurriyatchi, otishma, po‘shtaxona
kabi. 
Muhimi, publitsistik uslubga ayrim xususiyatlar badiiy adabiyotga ham 
singib bordi. Bunda Furqat, Isoqxon, Sattorxonlar kabi ijodkorlarning roli katta 
bo‘ldi. Ular o‘zbek tilining lug‘at tarkibi, gazeta-publitsistik uslubini yangi so‘z, 


138 
ifoda, atamalar hisobiga boyitish uchun intildilar.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə