Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
ADABIY TIL

Avaz Polvonniyoz
(O‘tar) o‘g‘li (1884-1919) 
18 yoshlarida shoir sifatida xalq o‘rtasida tanilgan. Muhammad Rahim Soniy 
(Feruz) iste’dodiga katta e’tibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni ustoz 
sifatida tayin etgan. 20-asr boshlarida ko‘zga tashlanayotgan milliy uyg‘onish 
g‘oyalari Avaz O‘tar ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shoirdan ikki devoni («Saodat 
ul-iqbol», «Devoni Avaz») va qator bayozlarga kiritilgan g‘azallari yetib kelgan. 
Devonlarining qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston FA Sharqshunoslik intitutida 
saqlanadi. “Tanlangan asarlar” 1956 yilda, “Devon”i 1976 yilda, “Saylanma”si 
1984 yilda nashr etilgan. 
Avaz O‘tarning o‘zbek adabiy tiliga ko‘shgan hissasi, birinchi navbatda
tilidagi xalqchillikdir. Shoir xalq maqollari va aforizmlaridan samarali 
foydalangan:
Sipohi pora istar.
Mulla ijara istar,
Bechora chora istar,
Bir chora zamon bormi?
Avaz O‘tar davr talabiga javob beradigan til vositalarini xalq so‘zlashuv 
tilidan o‘zbek adabiy tiliga olib kirishga harakat qildi. Jumladan, uning she’riyatida 
jonli tilga xos 
bandi, chora, ijara, sham, shol, kulba, uvol,
 
uyonib
kabi ko‘plab 
so‘zlar qo‘llanishda bo‘lgan. Yangi badiiy shakllarni qidirib topish yo‘lida shoir
eski adabiy til shakllaridan ham istifoda qilgan. Xususan, tushum kelishigining -
ni, -n; jo‘nalish kelshigining -a, -g‘a-ga-ka; chiqish kelishining -din, -dan; o‘rin-
payt kelishigining -da; sifatdoshning -gan, -g‘on; ravishdoshning -ibon, -ub, -ubon, 


136 
-bon; harakat nomining -v//uv kabi qo‘shimchalari uchraydi: 
tilini, unvonin, siza, 
bilmakka, biluv, anga, vajhdin, borimdan, onda, bilmagan, o‘qug‘onlar, aylabon, 
o‘qubon, biluv.
III shaxs kishilik olmoshining ko‘plik shakli 
onlar
tarzida, shuningdek, 
dag‘i
bog‘lovchisi qo‘llangan: 
Bilmayin onlarda hech millat, vatanni saqlamoq
Ko‘ngullarning sururi, dag‘i ko‘zlar nuridir farzand
.
Shoir ijodida turkman, ozarbayjon tillari hamda xorazm shevasiga xos 
jihatlar ham kuzatiladi:
Ochib har bir sarida maktabing unvonin aylab, 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə