Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
ADABIY TIL

“o‘l”
va o‘zbekcha shakl “
bo‘l
” fe’llari parallel ishlatilgan: 
Bizlara na o‘ldi.
1914 yil “Sadoi Turkiston” gazetasining 18 aprel sonida XX asr boshlari 
ijodkorlari: Hamza, Cho‘lpon kabilarning e’lon qilingan she’rlarida ham g‘arbiy 
turkiy 
til 
unsurlari 
ishlatilganini 
ko‘ramiz. 
Masalan, 
Hamzaning
"Vatandoshlarima xitob" she’rida bor, vor, o‘ldi, o‘lmaz, daryoya, kimsaya, 
sola, qoluriz kabi qator leksemalar g‘arbiy turkiy til ta’sir natijasida ishlatilgan. 


144 
XX asr boshlaridagi adabiy tildaToshkent, Samarqand shevalariga xos xususiyatlar 
mavjud: ketvatkan, keliyatdilar. Bundan tashqari, Samarkand, Buxoro dialektiga 
xos turlanish mavjud. Qaratqich va tushum kelishiklari uchun faqat- ni ishlatilgan: 
Muni sababi bizlarni o‘qimaganligimizdir. Xalqni ko‘zi. Hukumatni ruxsati ilan 
kabilar. Behbudiyning “Oyina” jurnalida bosilgan “Padarkush” dramasida jo‘nalish 
va o‘rin-payt kelishigi uchun -ga/-ka/ affiksi ishlatilgan: 
Eski maktabga o‘qiydur. 
Uyni bir tarafiga sanduq.
XX asr boshlaridagi adabiy tilda rus tilidan qabul qilingan so‘zlar ham 
talaygina. Bunday so‘zlar asosan jonli so‘zlashuv tili va matbuot orqali o‘zlashgan: 
interes, marsh, vagzal, kazarma, aksioner, firma, kredit, banka, rasxod, daxut, 
partiya, duma, deputat, byurokratizm, kadet, manifest, satsial-demokrat, 
avtonomiya
kabilar.
Ayrim qabul qilingan so‘zlar semantik jihatdan turli so‘zlar va so‘z 
birikmalari bilan beriladi: 
duma - dumaxona, davlat duma, gosudarstvennaya 
duma, podshohlik duma, millat majlisi
. Ba’zida rus tilidan qabul qilingan so‘zlar 
bilan bir qatorda arabcha, forscha leksemalar ham qo‘llanadi: 
partiya - firqa, 
deputat – vakil, prezident - Raisi Jumhuri, pedagogika - usuli ta’lim internatsional 
– baynalmilal, ishchi - amala
.
XX asr boshlarida o‘zbek adabiy tili leksikasi hamda terminologiyasida 
ruscha, forscha va arabcha so‘z shakllaridan o‘zbekcha qo‘shimchalar yordamida 
yangi leksemalar yasalgan: 
gazetachi, zakonchi, oktyabrchi, pechatlamoq, 
uchitellik, norozilik, jadidachi
. Boshqa tillarda qabul qilingan so‘zlar sinonimik 
qatorlarni yuzaga keltirgan: 
grajdan
- ozod xalq
matros
- suv soldat, 
kapital
– 
boylik, 
kramolniki
– buzuvchilar.
Ruscha - o‘zbekcha so‘zlarning birikishidan yangi tushunchalar hosil
qilingan: 
muka-un
- a’lo sortli un, 
qiziq-interesniy
– juda qiziq, 
farmoyish - prikaz
– buyruq va qarorlar kabi. Ayrim o‘zlashmalarning o‘rnida o‘zbekcha muqobillari 
qo‘llanadi: 
sezonnik - ko‘chmanchi, listovka - qog‘oz, krepost - qo‘rg‘on
. Ba’zi 
leksemalar kalka usuli bilan so‘zma-so‘z tarjima qilingan: 
chernorabochiy
- qora 
ishchi, 
samosud
– o‘zboishmcha, 
loshadinaya sila
- ot kuchi, 
falshivaya moneta



145 
yolg‘on oqcha.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida o‘zbek tilining amaliy grammatikasini 
tuzish harakatlari ham ijtimoiy-siyosiy leksika va terminologiyaning rivojlanishiga, 
umuman, o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan.
20-30- yillarda o‘zbek tilining ichki resurslari asosida yangi so‘zlar 
yaratiladi. Bunday so‘zlar strukturasiga ko‘ra sodda yoki qo‘shma bo‘lib, 
hayotning barcha sohalariga oid tushunchalarni qamrab oladi. Masalan, faqat 
harbiy ish sohasidagina jangchi, kuzatuvchi, o‘qlovchi, mo‘ljalchi, quroldosh, 
xaloskor, hujumkor, simto‘siq kabi qator yangi so‘zlar paydo bo‘ldi. Bulardan 
tashqari, -v(-ov), -chi, -chilik, -shunoslik, -kor kabi affikslar vositasida yasalgan. 
Alohida qayd etish kerakki, jonli tilda oddiy tushunchalarni ifoda qiluvchi minglab 
so‘zlar asta-sekin terminlik vazifasini bajara boshladi. Masalan, matematikaga oid 
to‘rtburchak, qo‘shish, ayirish, bo‘lish; tilshunoslikka oid ega, ot, gap, sifat, ravish, 
qo‘shimcha, yordamchi so‘z, bog‘lovchi, aniqlovchi, o‘zak; geografiyaga oid 
burun, qo‘ltiq va boshqalar shunday so‘zlar jumlasiga kiradi.
Qayd etilgan yillarda rus tili ta’sirida familya yasovchi -ov, -ova, -yev, -yeva 
affikslari o‘zlashtirildi. Ismi-sharifi esa ota ismidan yoki familiyaga asos bo‘lgan 
nomdan erlar uchun -ovich (yevich), ayollar uchun -ovna (yevna) affikslarini 
qo‘shishi bilan hosil qlinadi: Rustamov Yo‘ldosh Mahmudovich, Aliev Erkin 
Rustamovich, Karimova Zulfiya Sultonovna, Shodieva Manzura Shodievna kabi. 
Rus tili va u orqali yevropa tillaridan o‘zlashmalarga o‘zbekcha -li, -la, -chi, -lash, 
-lashtir, -lashtirish kabi affikslarni qo‘shib yangi so‘zlar yasaldi: 
planli, talantli, 
sintezla, gvardiyachi, pulemyotchi, aktivlashmoq, reallashmoq, rejalashtirish, 
elektr- lashtirish 
kabi.
Turk-o‘zbek tilining imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘zbek adabiy 
tilining me’yorlarini belgilash 20 – 30-yillar uchun eng dolzarb vazifa edi. 
Qolaversa, bu davrdagi adabiy til jonli o‘zbek so‘zlashuv tilidan ancha uzilgan, 
shuning uchun ham keng xalq ommasi uchun tushunarsiz edi. Bu tilni tushunish 
uchun ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lish, maktablarda saboq olgan bo‘lish kerak 


146 
edi. Darhaqiqat, 20-yillarda o‘zbek adabiy tilini jonli so‘zlashuv tiliga 
yaqinlashtirish harakati boshlandi. Ashurali Zohiriy bu haqda quyidagilarni yozadi: 
“...Tilimizni uchga bo‘lish mumkin: 1) jonli til; 2) adabiy til; 3) ilmiy til. Adabiy til 
bilan ilmiy til o‘rtasida uncha farq bo‘lmasa ham, jonli til bilan adabiy til orasida 
(o‘sish va taraqqiy jihatidan) ancha farq bor. Jonli tilning ham o‘ziga maxsus ko‘b 
qimmatli asarlari bordurkim, ularning barchasiga xalq adabiyoti deyilur. Bu (xalq 
adabiyoti) adabiy va ilmiy tilning asosidur. Asl tabiiy til so‘zlanaturg‘on til, xalq 
tilidur”.
“Chig‘atoy gurungi” qatnashchilari o‘zbek adabiy tili va adabiyotini 
rivojlantirish, o‘zbek adabiy tilini me’yoridan ortib ketgan arab va fors so‘zlaridan 
tozalashni o‘z oldilariga bosh vazifa qilib qo‘ydilar. Bu yo‘nalishga Abdurauf 
Fitrat rahbarlik qildi. Gurungning maqsadi haqida Fitrat shunday yozadi: 
«So‘ngralari hayot meni panturkizimda qotib qolishga qo‘ymadi. Men o‘zbek 
millatchisiga aylandim». 1917 – 1918 yillari O‘rta Osiyoda panturkizm harakati 
kuchaymoqda edi. Ayniqsa, Toshkentda panturkizm fikri bilan sug‘orilgan turli 
to‘dalar tashkil bo‘ldi. Turk tillari, turk adabiyotini birlashtirish shiori ostida ish 
ko‘rildi. Maktablarda usmonli tili, usmonli adabiyoti ona tili darslari o‘rnida qabul 
qilindi. Mana shu harakatga qarshi o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti shiorlari ostida 
«Chig‘atoy gurungi» tashkil qilindi. «Chig‘atoy gurungi» o‘zbek millatchiligini, 
o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti shiorlari ostida panturkist to‘dalarga va shunga 
berilgan o‘ng jadidlarga qarshi kurashdi.
1918 yili tashkil etilgan «Chig‘atoy gurungi» o‘z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo‘ydi: «Tilimizning tugal, yuksak, san’atkor bir adabiyoti bor. Tilimizning 
adabiyligi arabiylikda emas, o‘zidadir. Shuni tirgizmak kerak: – tilimizni yot 
so‘zlardan qo‘ldan kelgancha tozalamoq kerak; – adabiyotimizni yuksatmoq uchun 
burungi san’atkor shoirlarimizning o‘lmagan va o‘lmas narsalarindan foydalanmoq 
ham taraqqiy qilgan ulushlar tomonidan oraga solingan umumiy asoslarga 
ergashmak kerakdir; – tilimizning qoidalarini tatarcha yoxud usmoniycha qoida 
kitoblaridan emas, tilimizning o‘zidan olmoq kerak; – shuning uchun xalq og‘zida 
yurgan so‘zlarni, xalq adabiyoti bo‘lgan ertaklar, maqollar, laparlarni yig‘ib 


147 
tekshirmak lozim; – adabiyot yozg‘uchilik bo‘lgani uchun yozuv qoidalarini, 
imloni ham tuzatmak kerak». «Chig‘atoy gurungi» 30-yillargacha o‘z faoliyatini 
davom ettirdi. Fitrat gurungning rahbari sifatida to‘garak oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni bajarishda yetakchilik qildi.
Markaziy Osiyoning XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy 
hayotida katta o‘rin egallagan buyuk zotlardan biri 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə