Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
ADABIY TIL

Mahmudxo‘ja Behbudiy
dir 
(1875 – 1919). U «Ikki emas, to‘rt til kerak», «Til masalasi», «Sart so‘zi 
majhuldur», «Sart so‘zi ma’lum bo‘lmadi» singari bir qator maqolalarida o‘zining 
turkiy til, o‘zbek tili doir qarashlarini bayon qiladi. Jumladan, «Til masalasi» 
maqolasida quyidagilarni yozadi: «Turklarning ba’zi toifasi forsiy va arabiyni u 
qadar ko‘p oldilarki, tillari turkiy, forsiy va arabiydan qo‘shulib, «usmonli tili» 
ataldi. Ushbu uch tilni adabiyot va qoidalaridan boxabar bo‘lmaguncha usmonli 
shevasinda yozmoq mumkin emasdur».
Behbudiyning fikricha, madaniyat, adabiyot qanchalik rivoj topsa, adabiy til 
ham shunchalik takomillashadi. Aksincha, madaniyat, san’at inqirozga yuz tutgan 
mamlakatda, tarqoqlik hukm surgan joyda shevalar rivojiga sharoit yaratiladi. 
Shevalar arab, fors elementlarining oz-ko‘pligi jihatidan ham farqlanishini bayon 
qiladi. Chunonchi, Buxoro, Samarqand shevalariga arab, fors tillarining ta’siri 
kuchliroq bo‘lsa, Qo‘qon va uning atrofidagi shahar ziyolilarining tilida bu 
tillarning ta’siri bor ekani, Toshkent va Sirdaryo muzofotidan arab va fors 
tillarining hukmi ozayib borishi aytiladi. Turkistonning Movarounnahr va Hazor 
qismiga turkman tilining ta’siri kuchli ekanini ko‘rsatadi. Adabiy til bilan xalq 
shevalari o‘rtasidagi munosabatni yaqinlashtirishda matbuotning roliga katta baho 
beradi. Jumladan, «Sadoyi Turkiston» gazetasida «mehmon» so‘zini chiqarib 
tashlab, uning o‘rniga «qo‘noq» so‘zini qo‘llash tavsiya etiladi. Behbudiy zo‘rma-
zo‘raki keltirilgan turkiy muqobillar haqida fikr yuritarkan, tilni arabizm va 
forsizmlardan birdaniga emas, asta-sekinlik bilan tozalash lozimligini uqtiradi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy millat istiqboli uchun kurashchi sifatida milliy tilning 
ravnaqi, uning kelajagi uchun ham jon kuydirdi va o‘zi asos solgan «Oyna» jurnali 
orqali o‘zbek adabiy tilining muhim masalalarini yoritdi.


148 
XX asr boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatida 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə