Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
ADABIY TIL

Abdulla Avloniy
(1878 – 
1934) alohida ajralib turadi. U boshqa jadidlar kabi yangi tipdagi maktablar 
ochish, gazetalar nashr qilish va matbuot orqali xalqni uyqudan uyg‘otish, yangi 
tipdagi maktablar uchun yangi darsliklar yozish, teatrni rivojlantirish, sahna 
asarlari orqali xalq o‘rtasida turmush illatlarini fosh etish harakatida bo‘ldi. 
Abdulla Avloniy 1904 yili Toshkentning Mirobod mahallasida yangi maktab 
ochdi. Bu maktabda savod o‘rganishning yangi texnologiyasi joriy qilindi. Eski 
usulda savod chiqarish uchun bir necha yillab vaqt ketsa, yangi maktabda bolalar 
olti-yetti oyda savodli bo‘la boshladi. Maktabda dunyoviy ta’lim berishga katta 
e’tibor berildi. Abdulla Avloniy o‘zi ochgan maktabda dars berish bilan bir vaqtda 
yangi darsliklar ham yozdi. Ular ichida «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», 
«Turkiy guliston yoxud axloq» kitoblari alohida o‘rin egallaydi. Muallif har 
qanday millatning muhim belgilaridan biri til birligi belgisi ekanini, shuning uchun 
ham tilga e’tibor – millatga bo‘lgan e’tibor, aksincha, tilni yo‘qotmoq millatni 
yo‘qotmoq ekanini ta’kidlaydi. O‘zbek tilining arabiy, forsiy unsurlar bilan to‘lib-
toshib ketgani, shuning uchun bu tilni o‘z ichki imkoniyatlari asosida rivojlantirish, 
xalq tiliga yaqinlashtirish zarurligi ko‘rsatiladi. «Yaxshi qo‘shningdan olguncha 
yomon uyingni qidir demishlar, – deb yozadi bu haqda Abdulla Avloniy. – 
Bobolarimizga yetushg‘on va yarag‘on muqaddas til va adabiyot bizga ham kamlik 
qilmas. O‘z uyimizni qidirsak va axtarsak, yo‘qolganlarini ham toparmiz».
Muallif kishilarning aloqa vositasi bo‘lgan tilga qanchalik e’tibor lozim bo‘lsa, bu 
tildan foydalanayotgan shaxslar tiliga (nutqiga) ham shunchalik e’tibor kerakligini 
ta’kidlaydi. «Chunki so‘z insonning daraja va kamolini, ilm-fazlini o‘lchab 
ko‘rsatadurg‘on tarozusidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va 
quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar». Shuning uchun Abdulla 
Avloniy yoshlarni so‘zdan o‘rinli foydalanishga, so‘z qadriga yetishga da’vat 
etadi. Shunlay qilib, Abdulla Avloniy o‘zbek milliy pedagogikasi shakllanishida, 
maktab-maorif faoliyatini isloh etishda, yangi darsliklar yaratishda katta xizmat 
qilgan holda, millatning muhim bir belgisi bo‘lgan til rivojiga ham o‘z ulushini 
qo‘shdi.


149 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə