Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
ADABIY TIL

Muqimiyiing 
(1850-1903)
“To‘yi Iqonbachcha” satirasida toshkentlik boy tilida keskinlik
dag‘allik, buyruq, iqonlik gumashta nutqida esa ezmalik, lanjlik xususiyatlari 
ko‘rinib turadi.
Muqimiy tili Navoiy an’anasi - eski o‘zbek adabiy tilining davomi, mumtoz 
adabiyotga xos badiiy uslub va grammatik shakllar aks etgan bo‘lsa-da, undan ko‘p 
jihatdai farq qiladi. Birinchidai, so‘zlashuv uslubiga xos jihatlar ko‘p. Ikkinchidai, 
rus tiliga doir leksik unsurlar mavjud. Darhaqiqat, shoir asarlarining tili, shubhasiz, 
xalq tili, folklor tili hisobiga boyidi. Muqimiy asarlarida xalq maqollari, hikmatli 
so‘zlari ko‘p qo‘llanilgan. Ba’zi xalq maqollari leksik va grammatik jihatdan hech 
o‘zgarishsiz ishlatilgan, ayrimlari qofiya talablariga ko‘ra she’r misralariga 
singdirib yuborilgan: 
Arzon emas beillat, qimmat emas behimmat, gar qilich 
boshimga ham kelsa, degayman rostin, borki masal, birniki mingga degan.
Ayni 
paytda, xalq so‘zlashuv nutqiga xos leksik xususiyatlar kuzatiladi: 
ko‘rpa, shilta, 
chashkalig‘, mo‘ysafid, kalla, o‘sol, ezma, mag‘zaba, shilqim, kekirmoq, injiq, 


132 
paqir, qolg‘ich, boyaqush, pirsiyon, uvada
kabi. Bundan tashqari, shoir ijodida 
yayov, boyaqush, ezma, piching, pirsiyon, uvada, kalla 
so‘zlarining sinonimlari 
ham qo‘llanilgan
: piyoda, bechora, sergap, kinoya, eronli, yirtilgan, bosh.
Muqimiy she’riyatida so‘z o‘rtasi va oxirida tovushlarning tushib qolishi 
hodisasi, shevaga xos xususiyatlar uchraydi: 
bo‘g‘an, qimas, g‘ish, kemasun, 
quflagan, istezo
. Shuningdek, tovush almashish holatlari ko‘zga tashlanadi: 
maxtagan, taraxlab, besh qarish, shilqin
. Bularni xalq tiliga xos xususiyat sifatida 
ham baholash mumkin. 
Muqimiy asarlaridagi xalqchillikni kichraytish, erkalash kabi ma’nolarni 
ifoda qiluvchi so‘zlarni qo‘llashda ham ko‘rish mumkin: 
kokilchalari, yuzginasiga, 
oyginani, holagina

Shoir satiralarida ba’zi so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanib, adabiy tildagi 
ma’no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilik kasb etgan. Xususan, 
tuxum
so‘zi 
“qarindosh-urug‘”, 
jo‘ja
“bola-chaqa”, 
ichkari
“xotin-qiz, ayol” ma’nosida 
qo‘llangan. Muqimiy ijodida 
o‘pkangni bas, ko‘zga bizi ilmagay, ashi misoli 
tabaqda ko‘z yashi, changi chiqdi
kabi frazemalar ham kuzatiladi. 
Shoir she’riyatida rus tili va u orqali boshqa tillardan kirib kelgan leksemalar 
ham talaygina. Bu davrda chet so‘zlari uchun ma’lum orfografik qoida yo‘qligidan 
o‘zlashmalar qanday talaffuz qilinsa, shunday yozilgan: 
o‘rus, kantura, zavut, 
cho‘t, kalaska, ishtirop, uez, do‘xtur, vog‘un
va boshqalar. Ruscha so‘zlarning 
qo‘llanish ma’nolari ham xilma-xil, jumladan, 
vagon
so‘zi “poezd”, 
samovar
esa 
“asbob”, “choyxona” kabi ma’nolarda qo‘llanilgan. Bundan tashqari, Muqimiy 
ba’zi ruscha so‘zlarga o‘zbekcha affikslarni qo‘shib yangi so‘z sifatida ishlatgan: 
moshinachi, zavodchi, moskovchi, tiligrafchi, purjinali
. Shoir ayrim so‘z va so‘z 
birikmalaridan esa obraz yaratish kabi ma’lum uslubiy maqsadlarda foydalangan: 
seychas, pojalista, durak, pashol, piyonista, zakun
kabilar;
Topib mardikorini - Seychas yuring,

Pajalista, - der erdi, - emdi turing. 


133 
Eski o‘zbek adabiy tiliga xos bo‘lgan -dur, -g‘on, -g‘an, - ar, -ibon, -mish 
kabi shakllari ishlatilgan: 
sharmandadur

bo‘g‘ubon, ochig‘an, quyibon, 
qo‘ydiradurg‘on, sotar, tugar, o‘lmish, olmish. 
Tushum kelishigi -i, -n, - ni, jo‘nalish -a, -ga, -g‘a, chiqish kelishigi –din, 
qaratqiya kelishigi -ning, -ing affikslariga ega: 
holimi, ko‘zimi, zizmatimi, nonin, 
choyxo‘rini, kirdikoringni, o‘zgalara, ko‘nglima, qilurg‘a, yuzginasiga, bo‘ydin, 
oshiqidin, xiroming, zulf. 
Muqimiy tilida o‘g‘uzcha unsurlar ham bor. Masalan: o‘tgan zamon 
sifatdoshi -mish, -an shakllari, hozirgi-kelasi zamon fe’lining birinchi shaxs birligi 
bilmam, qilmam
, ikkinchi shaxs birligi 
aylayur
tarzida ishlatilgan: 
qolmish

bo‘lmish, o‘ltiran, qilan
. Shu bilan birga, izofali birikmalar ham keng qo‘llanilgan: 
lofi donish

bemori ishq

la’li shakkor,
g‘unchai afgor, To‘yi qonbachcha, Zilzilai 
Andijon

bechori sho‘rlik.
Umuman olganda, Muqimiy mahalliy sheva va eski o‘zbek tili 
materiallaridan samarali foydalangan. Shu bois u til hamda uslubining ixcham, 
ravon, sodda, tushunarli bo‘lishiga erishgan. Ayni paytda, ijod jarayonida rus tiliga 
xos o‘zlashmalarni ham e’tibordan chetda qoldirmagan. 
Furqat
(1859, Qo‘qon - 1909, Yorkend) ning asosiy xizmati shundaki, 
Muqimiy singari adabiy til va uslubni so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirishga harakat 
qildi. Bunga uning “Gapning tasnifi”, “To‘y tavsifi”, “Aza tavsifi” kabi asarlari 
dalildir. Shoir xalq ijodi uslubiga ergashib, “olim bo‘lsang, olam seniki” maqoli 
asosida quyidagi she’riy parchani yaratgan:
Kishikim ilmu fandin boxabardur,
Xaloyiqqa baqadru mo‘tabardur. Shuningdek, arxaizmlar va o‘g‘uz tillariga xos 
jihatlar, diniy so‘zlar ham uchraydi: 
ayru, bo‘yla, taqi, tegru, qayu; cho‘x, o‘l, na, 
bormish, olmish

ziyorat, toat, ibodat, qiyomat, mahshar, iyd, kaliso
(cherkov), 
butxona, chalipo
(but) singari. 
Furqat o‘zbek adabiy tili leksikasini yangi so‘zlar bilan boyitdi: Shoir tilida 
ayrim so‘zlar yangi semantik xususiyat kasb etgan. Masalan, 
barq, doru, olmos
so‘zlariga xilma-xil ma’no yuklagan: 
barq
- elektr toki, 
doru
- elektr tokining 


134 
kerakli manbai, 
olmos
so‘zini esa lampochkaning volfram simi semasida 
qo‘llagan. 
Fonus
so‘zi aslida arabcha bo‘lib, qo‘l fonarini anglatgan. Furqat esa uni 
“elektr lampochkasi” semasida ishlatgan: 
Chunonchi, ikki fonus ahli hikmat,
Yasabturlar qilib izhor san’at. 
Yonar befilta, begugurt, be yog‘ 
Anga bir sim ishorat aylagay chog‘. 
Shu davr so‘zlashuv tilida esa 
fonus
so‘zi umuman chiroq ma’nosida qo‘llangan. 
Furqat she’riyatida bir necha mavzuiy guruhga tegishli ruscha va u orqali 
boshqa yevropa tillaridan kirgan so‘zlar qo‘llangan. Masalan: harbiy atamalar: 
adyutant, genaral, afitser, soldat, matros, rota
; siyosiy-diplomatik so‘zlar: 
komissiya, konsul, duma, siezd, manifest, zabastovka
; aloqa vositalarini ifodalovchi 
lesemalar: 
tilgirof, 
po‘shtaxona

madaniy-ma’rifiy 
muassalari 
nomlari: 
uchitelskaya seminariya, gimnaziya, muziy
kabi. 
Ruscha so‘zlarning asl lug‘aviy ma’nosi o‘zgargan holda ham uchraydi. 
Masalan, 
muzikant
ning fonetik o‘zgargan varianti 
muzikon
“muzika asboblari” 
ma’nosida qo‘llangan: 
Chalindi anda har xil muzikonlar
. Ayrim so‘zlar ko‘p 
ma’nolarda ishlatilgan: 
moshina
- ipak ishlab chiqaradigan qurol; parovoz; 
pilarama singari semalarni ifodalagan. Rus so‘zlari ishtirokida yangi leksema va 
so‘z birikmalari ham hosil qilingan: 
nomerlik, zovitchi, perivoy qilgon. 
Shoir asarlarida leksik-semantik jarayonlar – omonim, sinonim va 
antonimlar kuzatiladi: 
yuz, ot, ol, bor; el, xalq, jamoat, do‘st, birodar, yor, oshno, 
tabib, hakim, kosib, hunarmand, ovora, sarson, dard, alam, javo, jabr, kulfat, 
savdo, g‘am, pari, jonon, sanam, yuz, chehra, bet, diydor

shodlik – g‘am, kulgi – 
yig‘i, xon – g‘ulom, shoh – gado, erkak – xotun, yoz – qish

Bundan tashqari, Furqat uslubiga xos, adabiy tilda ham, so‘zlashuv tilida 
ham uchramaydigan yoxud juda kam ishlatiladigan leksemalar ko‘zga tashlanadi. 
Masalan: 
maqom
- odat, 
mardumdorliq 
- odamgarchilik, 
chortan
- to‘rtovlan, 
jangu hangoma
- munozara, 
araq chekmoq
- terlamoq, 
sihatlikka yetishmoq 

sog‘aymoq va boshqalar. 


135 
Tushum kelishigi -in, -i, jo‘nalish kelishigi -a, chiqish kelishigi -din 
affikslari bilan berilgan: 
holin, ko‘ksima, ko‘nglumi, ustina, dardima 
bechoralig‘din, orazidin
. Sifatdoshning -mish, ravishdoshning -ibon qshimchalari 
ko‘zga tashlanadi: 
qilibon, qilmish, bo‘lmish
. Shuningdek, izofali birikmalar ham 
uchraydi: 
sardori lashkar, ta’limi nemis
.
Furqat asarlarida Navoiy an’analarini davom ettirish barobarida o‘zbek 
adabiy tiliga yangi so‘z va ma’nolar yuklashga harakat qildi. 
O‘zbek ma’rifatparvar shoiri 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə