Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
ADABIY TIL

“Sangloh”
dir. Muallifi turkiy xalqlarning afshar urug‘idan chiqqan astrobodlik 
Mirza Mehdixon. U Eron shohi Nodirshohning kotibi edi. Lug‘at tuzishdan 
maqsadi shoir asarlarida uchraydigan qiyin so‘zlar ma’nosini forsiyzabon xalqlarga 
ochib berish edi. Shuning uchun u lug‘atni “Sangloh”, ya’ni toshli yer, toshloq deb 
atadi. Lug‘at 1759 - 60 yillarda yozib tugallangan. Hozircha lug‘atning uch nusxasi 
aniqlangan, ular Buyuk Britaniyada saqlanadi. 1960 yili ingliz olimi J.Kloson 
ushbu lug‘atni turli ko‘rsatkich, sharh va izohlar bilan Londonda nashr qilgan. 
Muallif so‘z ma’nolarini ochish uchun asosan Alisher Navoiyning poetik asarlariga 
murojaat qiladi. Ayrim paytlarda qo‘shimcha ravishda Bobur, Husayn Boyqaro
Lutfiy kabi shoirlar ijodidan ham misollar keltiriladi. Ushbu lug‘atning farqi jihati 
shuki, “Sangloh”da birinchi marta nasriy asarlardan ham misollar berilgan. 
Lug‘atda Alisher Navoiy asarlarida uchrovchi juda ko‘p nodir so‘zlar 
ma’nosi ochib berilgan. Bunday so‘zlar boshqa lug‘atlarda uchramaydi. Shulardan 
biri “qadam tashlash, yurish” ma’nosidagi 
mangish 
so‘zi quyidagicha izohlanadi: 
mangish – nun ustida sukun, forsiy “k”, ya’ni “g” kasrali, ma’nosi xirom va
raftor qadam tashlamoq, chunonchi, “Layli va Majnun”da uchraydi: 
Bir - bir mangishda yuz latofat, 
Yo‘q yo‘qki sochib jahonga ofat.
Mehdixon lug‘atning fonetik tuzilishini bayon qilishda XVIII asr Astrobod 
o‘zbeklarining tili haqida noyob ma’lumotlar qoldirgan. Lug‘at ma’lumotlari bu 
davr tilida 9 ta unli (ulardan 6 tasi fonologik ahamiyatga ega), 28 ta undosh tovush 
bo‘lganligi haqida gapiradi. Muallif so‘zlarning ko‘chma ma’nolarini ham alohida 
qayd etadi. Chunonchi
etak
so‘zini izohlar ekan, quyidagicha yozadi: 
etak - 
(forscha) ma’nosi doman, arabcha zayl, majozan tog‘ning etagi
. “Sangloh” 
lug‘atida mo‘g‘ul, fors, arab va boshqa tillardan o‘zlashgan 970 ga yaqin leksik 


126 
birliklar mavjud. Muallifning o‘zi tomonidan mo‘g‘ulcha deb belgilangan so‘zlar 
yuzdan oshadi.
Asarda so‘zlar alifbo tartibida joylashtiriladi. Fe’llar -moq, -mak, otlar bosh 
kelishik birlikda ifodalanadi. Fe’l va ot o‘zaklardan hosil bo‘lgan shakllar shu so‘z 
ostida beriladi: 
ash: ashmaq, ashamaq, ashatmaq, ashurmaq, ashutmaq, 
ashuqmaq.
Navoiy asarlari yuzasidan yaratilgan lug‘atlar ichida mazkur asar 
maqolalarni joylashtirishda puxta va izchil tamoyilga bo‘ysunadi. So‘zlar 9 ta 
shaklda tartiblanadi. Ularda so‘zlarning fonetik, orfografik izohi, grammatik 
tavsifi, etimologiyasi, semantik tahlili, so‘zlar ma’nolarining turk, arab, fors va 
boshqa tillarda ifodalanishi, o‘zidan oldingi mualliflar fikriga munosabat aks 
etgan.
“Sangloh” lug‘atiga Mehdixon eski o‘zbek tilining grammatik ocherki 
bo‘lgan “

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə