Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


- MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83
ADABIY TIL

 
12- MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA 
O‘ZBEK ADABIY TILI 
 
Reja 
1.
 
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida til vaziyati 
2.
 
Muqimiy va o‘zbek adabiy tili
3.
 
Furqat asarlarining lisoniy xususiyatlari 
4.
 
Avaz O‘tar she’riyatining tili 
5.
 
Publitsistik uslubning shakllanishi 
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshiga kelib o‘zbek xalqi hayotida 
jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo chorizm 
tomonidan bosib olindi. Natijada agar XVII - XIX boshlarida o‘zbek adabiy tiliga 
Navoiy tili ta’siri va uni xalq tiliga yaqinlashtirish kuchli bo‘lsa (Gulxaniy, 
Maxmur, Abulg‘oziy, Munis, Ogahiy), XIX asrning 60-yillarida, ya’ni Muqimiy, 
Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar kabi shoirlar ijodida mazkur an’ana davom etdi, ayni 
paytda, rus tiliga xos so‘z va shakllar ko‘paya boshladi. Shuningdek, rus tili orqali 
boshqa yevropa tillaridan turli sohaga doir terminlar, grammatik shakllar kirib 
keldi. Bu davrda so‘z tanlash va ijod qilishda quyidagi manbalarga asoslanilgan: 


130 
1.
Adabiy til o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosida yaratilgan 
so‘zlar hisobiga boyidi. 
2.
Ruscha leksemalarning o‘zbekcha muqobili yoki uning o‘rniga 
oldindan mavjud bo‘lgan so‘zlar tavsiya etildi: 
geografiya – jahonnoma. stansiya – 
manzil, tipografiya - bosmaxona, vrach - tabib, orden - nishon

3.
Rus tilidagi terminlar kalka qilish orqali o‘zbek tiliga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tarjima qilingan: 
poxvalnaya gromata
- ta’rifnoma, 
ambulatornaya

tabibxona, 
upravitel
- boshqaruvchi, 
jeleznaya doroga
- temir yo‘l, 
belыy sar
- oq 
poshsho, 
povestka
- chaqiruv qog‘ozi, 
shtraf
- jarima puli. 
4.
Xalq jonli tilidan unumli foydalanilgan. Bu davr so‘z ijodkorlari XIX 
asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Maxmur, Gulxaniy an’analarini davom 
ettirib, xalq tili yordamida adabiy tilning boyishiga xizmat qildilar. Masalan, 
bo‘zchi, kosov, bezgak, paxsa, loy, arava
va boshqalar. 
5.
Adabiy tilga rus tili va u orqali boshqa yevropa tillaridan so‘zlar kirib 
keldi. “Turkiston viloyati gazeti” da mahalliy ziyolilar ayrim asar va maqolalarni 
rus tilidan tarjima qilib nashr qila boshladi. Bunda ko‘pgina ruscha so‘zlar o‘z 
holicha qabul qilindi. Bundan tashqari, ijtimoiy - siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar rus 
tilidagi so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishiga olib keldi. Jumladan: 
a) ijtimoiy-siyosiy, harbiy soha bilan bog‘liq atamalar: 
uezd, volost, duma, 
pristav, konsul, soldat, shtraf, geniral, gubernator; 
b) transportga oid so‘zlar: 
poezd, vagon, kolyaska, vokzal, stansiya; 
v) aloqa hizmatiga tegishli leksemalar: 
pochta, telegraf, adres, marka, 
konvert; 
g) sanoat va moliya ishlari bilan bog‘liq so‘zlar: 
zavod, fabrika, magazin, 
bank, veksel; 
d) fan va madaniyat atamalari: 
gimnaziya, teatr, muzika, muzey, gazeta;
ye) tibbiyot doir birliklar: 
gospital, doktor, lazaret, feldsher;
yo) hujjat va mukofotlarga oid leksemalar: 
bilet, pasport, orden, medal; 
j) uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlari: 
samovar, stol, stul, patnis, talinka, lampa, 
fonuz, pech; 


131 
z) oziq-ovqat va ichimlik nomlari: 
pivo, kvas, limonad, konfet, kartoshka, 
suxari; 
i) rus tili orqali lotin tilidan 
doktor, komitet, mashina, stansiya

fabrika
so‘zlari; grekcha 
gimnaziya, muzika, teatr, telegraf;
italyancha 
bank, gazeta, kassa, 
soldat;
nemischa 
yarmarka, shtraf, marka, kontora
; fransuzcha 
adres, jandarm

inglizcha 
kerosin, vagon
kabi so‘zlar qabul qilindi;
y) XIX asrning ikkinchi yarmida rus tilidan o‘zlashgai so‘zlarning bir qismi 
aslida turkiy so‘zlardir. Ular yangicha ma’no va ba’zi fonetik o‘zgarishlar bilan 
qabul qilingan: 
tyurma, tovar, stakan, karandash, boyar, bek, bashmak, kolpak, 
kabluk, karaul, yarlik
va h.o. Bundan tashqari, rus tilidan kirib kelgan 
admiral, 
azimut, algebra, algoritm, alkogol, arsenal, magazin, tarif, shuba
so‘zlari aslida 
arabcha; 
divan, chamadon
so‘zlari esa fors-tojikchadir. Mazkur bandda qayd 
etilgan leksemalarning barchasi qadimda turkiy, xususan, o‘zbek tilidan 
o‘zlashgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan shoirlar obrazining tili, o‘ziga xos 
xususiyatlari, kasbi-korlariga alohida ahamiyat bergan. Masalan, 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə