Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
ADABIY TIL

et, mālыn biti, tayaq, 
to‘g‘anoq, mashaq, o‘raq, tamaq, bangi, qirchang‘i, suprundi, mo‘ndi, bedum, 


117 
mag‘zava, chikka-pukka, xoqon, ushoq, so‘kilmak
kabi so‘zlarni ko‘p ishlatishi 
bilan ajralib turadi. Ayni paytda, shoir ijodida 
lek, uchun, bilan, burun, sari, ostida
kabi ko‘makchilar, 
qirq, yuz, xitoy, nayman, ming
singari o‘zbek urug‘i nomlari 
uchraydi.
Xalq jonli tiliga xos xususiyatlar morfologiyada ham ko‘rinadi. O‘tgan 
zamon fe’lining II shaxs ko‘pligida ko‘plikning ikki marta qo‘shilishi: 
qo‘ymadingizlar
, shahar shevalaridagidek men olmoshiga -ga affiksi qo‘shilgach, 
menga
tarzida talaffuz qilinishi, 
izladim
fe’lning shevalarda aytilganidek, 
istadim
variantining qo‘llanishi shular jumlasidandir.
Qaratqich -ning,-ing ko‘rsatkichlariga ega: - ing qo‘shimchasi qadimiy 
shakl: 
Bularning oldida bordur bo‘rining insofi, qiling
. Tushum kelishigi -ni, -n,-i, 
chiqish kelishigi -dan-din, jo‘nalish kelishigi -a, -g‘a/-ga, -//qa/-ka qo‘shimchalari 
bilan ifodalangan: 
shahdin, nazarlardan, yuzga, yo‘lig‘a, qirqqa, qoshima, oshima, 
toshini, ahvolimi, xirmonin
.
Turdi she’rlarida g‘arbiy(o‘g‘uz) tillarning ta’sirini ham ko‘ramiz. Albatta, 
bunda Fuzuliy asarlaridan ilhomlangan bo‘lsa kerak. Natijada ayrim leksemalarda 
ko‘pincha so‘z boshida keluvchi t tovushi d ga o‘tadi: Xususan, 
dutdi, dun, do‘ldi
so‘zlari g‘arbiy adabiy tilning, ya’ni ozarbayjon tilining adabiy normasi asosida 
ishlatilgan. 
O‘g‘uz tillariga xos jo‘nalish kelishigi -a, o‘tgan zamon fe’lining birinchi 
shaxs birligi -diman affiksi bilan hosil qilingan: 
yera, yoshima, qoshima, 
qurdiman, surdiman, ko‘rdiman
. Hozirgi-kelasi zamon fe’li bo‘lishsiz shakli -man, 
sifatdosh -g‘an, -gan, -an, ravishdosh -ib affikslari bilan yasalgan: 
alman, qo‘lg‘an, 
tutg‘an, yuvgan, salan, tutib, eshitib. 
Harakat nomiga jo‘nalish kelishigi affiksi qo‘shilganda, fonetik o‘zgarish 
yuz beradi: 
Zarni jam aylamag‘a, yuzini ko‘rmag‘a hasratda bo‘ldum
. Shunday 
qilib, Turdi adabiy tilda Alisher Navoiy an’analarini saqlagan bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan o‘g‘uz tili unsurlaridan faol foydalangan. 
Shermuhammad Avazbiy o‘g‘li 
Munis
1778-1829 yillarda Xorazmda 
yashab ijod etgan o‘zbek shoiri, tarixchisi, tarjimoni va xattotidir. U “Munisul 


118 
ushshoq” devoni, ilmiy ma’rifiy ruhdagi “Savodi ta’lim” risolasi, “Firdavsul iqbol” 
hamda forsiydan o‘zbek tiliga o‘girgan “Ravzatus safo” (Mirxond) asari bilan 
o‘zbek madaniyatini boyitdi. 8446 baytni o‘z ichiga olgan shoir devonining 10 dan 
ortiq qo‘yozma va toshbosma nusxalari O‘zRFA Sharqshunoslik institutida 
saqlanadi. 1957-yilda Yu.Yusupov tomonidan “Tanlangan asarlari”, 1980-yilda 
“Saylanma”si e’lon qilingan.
Munis mashhur xattot sifatida 1794 yilda Navoiyning “Mezonul- avzon”, 
1797-yilda “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarlarini kitobat qilgan. Xattotlikni 
ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirishga bag‘ishlangan, 352 misradan iborat 
“Savodi ta’lim” risolasi 1804-yilda yozilgan. O‘zbek xalqi tarixini yorituvchi 
noyob manba sanalgan “Firdavsul iqbol” asarida qadimgi davrlardan 1813- 
yilgacha bo‘lgan voqealar haqida ma’lumot beriladi. 5 bobdan tashkil topgan asar 
shoirning jiyani Ogahiy tomonidan yakuniga yetkazilgan. 
Munis Xorazmiy til va uslub masalasida Navoiy an’anasini davom ettirdi. 
So‘z ichra Navoiyki jahongirdurur, Munisg‘a maoniy yo‘lida pirdurur,
deb yozadi. 
Munis o‘z asarlarining sodda, ravon va tushunarli, ta’sirchan bo‘lishi uchun ularda 
xalq iboralari va maqollarini ko‘p qo‘llaydi:
Ahbob topdi vasliyu yod etmadi meni,
Chindir bu so‘zki, yo‘q xabari to‘qning ochdin.
Leksik jihatdan o‘sha davr uchun xarakterli bo‘lgan badiiy vosita sifatida 
izofali birikmalarning ko‘p ishlatilishidir: 
ahli donish, ahli gulshan, otashi ishqing, 
ganji husn, guli latif
kabilar. Ikkinchidan, xalq so‘zlashuv tilidagi boyliklardan 
ustalik bilan foydalanilgan: 
umoch, atala, tang, lang, yavg‘an, taqir-tuqur, shaqur-
shuqur, qabag‘, tapuq, qapu, evur, yurumaq, batan
kabi. Mutahassislarning 
ta’kidicha, “Devoni Munis”da 5500 atrofida
35
leksema qo‘llanilgan. 
Munis asarlari tilida qaratkich kelishigi -ning, -ing, tushum kelishigi -ni, -n, 
chiqish kelishigi -din shakllariga ega: 
muning, oning, tilidin, boshlarni, ko‘ngulni, 
o‘g‘lin, jununidin. 
Jo‘nalish kelishigining -g‘a -ga//-qa-ka, -a affikslari uchraydi: 
35
Абдулхайров М. “Девони Мунис” тилининг лексик қатламлари. КД. –Т., 1996. –Б. 23. 


119 
giyahg‘a, kimga, nuqsonima, topuqqa
kabi. Ravishlar 
kibi, yong‘lig‘, chu, chun, 
bo‘yla, bo‘ylakim
so‘zlari bilan beriladi. 
Navoiydagi kabi -mish affiksi bilan sifatdosh va o‘tgan zamon fe’l shakllari 
yasaladi. “Bo‘l” so‘zi bilan birga ayni ma’noda “o‘l” so‘zi ham mavjud: 
o‘lmish, 
solmish, chekmish
.
Navoiy va Bobir asarlaridagi singari I shaxs birlikda tuslangan fe’lning 
bo‘lishsiz shakli –man bilan beriladi: 
bilman aning illatin
. Ravishdoshning -b, -
bon, kelasi zamon fe’lining -g‘ay-gay affikslari qo‘llanadi: 
kelib, aylab, yebon, 
aylabon, qilmag‘ay, kelgay
. Kishilik olmoshlarining III shaxs birligi -on, -an 
shaklida keladi: 
aning, oning
.
Umuman, Munis zamonasining adabiy doirasida ahli donishmand- larning 
shohi va o‘z ona tilining himoyachisi edi.
XVIII asr - XIX asr o‘zbek mumtoz adabiyotida XVIII asr asrning 70-
yillarida Qo‘qonda tavallud topgan 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə