Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


qiyosiy-tarixiy tilshunoslik



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
ADABIY TIL

qiyosiy-tarixiy tilshunoslik
genetik jihatdan o‘zaro bog‘liq 
tillarni o‘rganadi, ular o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, tillarning yagona bir 
manba (bobo til)dan kelib chiqqanligini aniqlashga ko‘mak beradi. Mazkur soha 
asosiy tadqiqot vositasi sifatida kiyosiy-tarixiy metoddai foydalanadi. Ushbu 
metodning ikkita muhim usuli mavjud: 1) tashqi (qiyosiy) rekonstruksiya (qayta 
tiklash) — qarindosh tillardagi genetik jihatdan teng, o‘xshash so‘z va 
morfemalarni qidirib 
topish va bobo tilning taxminiy modelini yaratish, shu asosda tillarning 
qarindoshligini belgilash; 2) ichki rekonstruksiya — muayyan bir tilning tarixiy 
taraqqiyot bosqichlaridagi til hodisalarini qiyosiy tahlil qilish, uning shakllanishi 
va rivoji xususida tegishli xulosalar chiqarish. Biz predmetni o‘rganish jarayonida 
ikkinchi usulga tayanamiz.
O‘zbek tili tarixini 
qiyosiy-tarixiy usul
asosida tadqiq etish oqibatida, qayd 
etilganidek, qo‘shni qardosh turkiy tilarga xos bo‘lgan ayrim leksik-grammatik va 
fonetik jihatdan umumiyliklar ko‘zga tashlanadi. Tillarning qarindoshligini 
qiyosiy-tarixiy usul asosida o‘rganishni birinchi marta Mahmud Koshg‘ariy 
boshlab bergan Mazkur usulni tilshunoslikda XIX asr boshlarida Bopp, Grimm, 
Rask, Vostokov singari g‘arb va rus olimlari qo‘llay boshladilar. Qiyosiy-tarixiy 
usulni joriy qilish natijasida xozirgi qardosh turkiy tillar va hozirgi adabiy tilni 
yozma yodgorliklar til faktlari bilan qiyosiy o‘rganish orqali o‘zbek tili tarixi bilan 
hozirgi o‘zbek tili va qardosh turkiy tillar orasidagi aloqalarni aniqlash mumkin.
Ma’lumki, umuxalq tili - taraqqiyotning barcha davrlarida qo‘llanib, 
rivojlanib, urug‘, qabila, elat nomlari bilan umumiy birlikka ega bo‘lgan til. Uning 
uch tarmog‘i mavjud: hududlararo aholining jonli so‘zlashuv tili – dialekt va 
shevalar; adabiy til, milliy til. Sheva muayyan mahalliy hududga xos, dialekt 
ularning yig‘indisini ifodalaydi. Lahja esa aksar hollarda dialektga sinonim tarzida 
qo‘llanadi. Adabiy til bilan shevalar to‘xtovsiz aloqada bo‘ladi. Adabiy til lahja va 



shevalarga ta’sir etib, ularning xususiyatlarini yaqinlashtirib borar ekan, o‘rni 
kelganda, jonli tildan oziqlanib, shevalardagi so‘z va iboralar hisobiga boyib 
boradi. 
Adabiy til
tarixini shakllangan, so‘z ustalari tomonidan qayd qilingan, 
sayqal berilgan, me’yoriy va jamiyatda kishi faoliyatining hamma sohalari bilan 
bolangan badiiy-publitsistik, ilmiy adabiyot tilidir. Boshqacha qilib aytganda, 
adabiy til barcha o‘zbeklar uchun namuna bo‘ladigan, umumxalq tilining eng 
yaxshi ifoda-imkoniyatlarini o‘zida mujassamlagan tildir. O‘zbek xalqi madaniyati 
tarixi taraqqiyotida o‘zbek adabiy tili mahim rol o‘ynagan. O‘zbek (turkiy) adabiy 
tilida davrlar osha bitilgan badiiy, tarixiy, ilmiy yodgorliklar umumxalq tilining 
eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida saqlagan va xalqimizning qadimgi madaniyatini 
aks ettirgan obidalar hisoblanadi. 
Adabiy tilning ikki xili – og‘zaki va yozma shakli mavjud. Adabiy tilning 
og‘zaki shakli qadimiy bo‘lib, qadimgi qo‘shiqlar, dostonlar, ertaklar, latifalar, 
maqollar, topishmoqlar shu shaklda yaratilgan va og‘izdan-og‘izga o‘tib 
sayqallashgan. O‘zbek adabiy tili yozma shaklining shakllanishi va rivojlanishi 
yozuvning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Biroq har ikkala shaklni ham bir-biridan 
ajratilgan holda tekshirishi lozim. Chunki yozma adabiy til bilan og‘zaki adabiy til 
uyunlikda rivojlanadi. Aks holda, adabiy tilning shakllanishini o‘rganish qiyin 
kechadi, o‘rganib bo‘lmaydi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə