Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
ADABIY TIL

davrlashtirish-dir

Davrlashtirish xalqning shakllanishi, etnik tarkibi, tillarning kelib chiqishi, 
taraqqiyot bosqichlari, o‘zaro munosabatlari kabi masalalarga oydinlik kiritadi. 
Ayni paytda, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog‘likdir. Bu vazifa 
dastlab Koshg‘ariy tomonidan amalga oshirilgan. XIX asrdan boshlab turkiy
tillarni rus olimlari tasnif qila boshladi. Bulardan ayrimlarini namuna uchun 
keltiramiz: 
Radlov turkiy tillari to‘rt guruhga bo‘ladi: 
1. Sharqiy guruh (Sibir tatarlari tili).
2. G‘arbiy guruh (qirg‘iz, qozoq, boshqird, tatar tillari). 
3. O‘rta Osiyo guruhi (o‘zbek, uyg‘ur tillari). 
4. Janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim tatar tillari). 
Samoylovich Radlov va Korsh tasniflarini birlashtirib oladi. 
1. Janubiy- sharqiy yoki chig‘atoy guruhiga hozirgi uyg‘ur, o‘zbek tillari 
va shevalarini kiritadi. 
2. Janubiy-g‘arbiy yoki o‘g‘uz guruhiga o‘zbek tilining o‘g‘uz shevalarini 
kiritadi. 
Malov o‘z tasnifida yangi turk tillari guruhiga o‘zbek, chig‘atoy tillarini 
kiritadi. N.A.Baskakov tasnifida turk tillarining G‘arbiy xun tarmog‘i qarluq 
tillari guruhiga kiritiladi; qarluq — xorazm guruhiga qoraxoniy - xorazm tili 


12 
(Ahmad Yassaviy asarlari), hozirgi uyg‘ur tili va shevalari kiritilgan (bunda
ayrim lingvistik belgilar hisobga olingan). Ularning ba’zilari turkiy tillarni
hududiy jihatdan tasnif qilsa, ayrimlari tillarning muayyan lingvistik belgilariga 
asoslanadi. Uchinchilarida turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan yetarlicha
bog‘lanmaydi. 
Turkiy tillarni tasniflash va uning taraqqiyoti tarixini davrlashtirish bilan 
bog‘liq ravishda o‘zbek adabiy tili tarixi ham olimlar tomonidan turlicha 
davrlashtirildi. Jumladan, Malov (1951) o‘zbek adabiy tili tarixini uch 
davrgabo‘ldi: 1) Uyg‘ur adabiy tili; 2) Chig‘atoy adabiy tili; 3) O‘zbek adabiy tili. 
Bu davrlashtirishga ko‘ra hozirgi o‘zbek adabiy tili chig‘atoy adabiy tilidan kelib 
chiqadi. Chig‘atoy (eski o‘zbek) adabiy tili esa o‘z navbatida, uyg‘ur adabiy 
tilidan kelib chiqqan.
Samoylovich (1928) o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrgabo‘ladi:
1. Qoraxoniylar davri adabiy tili (X-XІ asrlar). Bu davr qoraxoniylar 
davlatida shakllangan va keng qo‘llangan sharqiy turkiy adabiy til va shu tilda 
yozilgan asarlar bilan ajralib turadi.
2. O‘g‘uz-qipchoq tili (XII-XIV asrlar) — o‘g‘uz-kipchoq dialekti negizida 
rivojlangan g‘arbiy turkiy adabiy til hamda bu yerda yaratilgan asarlar bilan 
bog‘langan.
3. O‘rta Osiyo adabiy tili (XIV-XX asrlar). Bu davr tili shu asrlar davomida 
turkiy-eski o‘zbek adabiy tilida yaratilgan asarlar bilan bog‘langan. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tili esa O‘rta Osiyo turkiy adabiy tilining davomi deb qaraladi.
A.Щerbak (1953) tasnifi:
1. O‘zbek adabiy tilining eng kadimgi davri (X-XIII asrlar). Bu davr asosan 
sharqiy turkiy adabiy til hamda ma’lum darajada g‘arbiy turkiy adabiy til bilan 
bog‘langan.
2. O‘zbek adabiy tilining o‘rta - «chig‘atoy» tili davri (XIV-XVI asrlar). 
Bu davr tili asosan eski o‘zbek adabiy tili hamda shu tilda yozilgan asarlar bilan 
bog‘langan.


13 
3. O‘zbek adabiy tilining yangi davri (XVII-XVIII asarlar). Bu davr 
xonliklar davri adabiy tilini qamrab oladi.
4. O‘zbek adabiy tilining eng yangi davri (XIX-XX asrlar).
O.Usmanov (1957) klassifikatsiyasi:
1. Qadimgi turk tili davri (V-IX asrlar)
2. Qadimgi o‘zbek tili davri (IX-XII asrlar)
3. Eski o‘zbek tilining ilk davri (XIII-XIV asrlar)
4. Eski o‘zbek tili ( XIV-XIX asrlar)
5. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili.
G‘.Abdurahmonov (1973) tasnifi:
1. Eng kadimgi turkiy til (VII asrgacha bo‘lgai davr)
2. Qadimgi turkiy til (VII-XI asrlar)
3. Eski turkiy til (XI-XIII asrlar)
4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar)
5. Yangi o‘zbek adabiy tili (XIX-XX asrlar)
6. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili.
Q. Sodiqov (2009) tasnifi:
1. Eng qadimgi turkiy til (qadimgi davrlardan eraning V asrigacha bo‘lgan 
davr). 
2. Qadimgi turkiy adabiy til (VI-X asrlar).
3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr boshlari)
4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asr - XX asr boshlari)
5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asr boshlaridan hozirga qadar). 
Bu masala yuzasidan turli olimlar bayon qilgan fikrlarni umumlashtirib va ularga 
tayangan holda, o‘zbek adabiy tili tarixini o‘zbek xalqining tarixi hamda 
jamiyatning ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda quyidagicha 
davrlashtirish mumkin:
1. Eng qadimgi turkiy til (qadimgi davrlardan eraning VI asrigacha bo‘lgan 
davr). 
2. Qadimgi turkiy adabiy til (VI-X asrlar).


14 
3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr birinchi yarmi)
4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asr ikkinchi yarmi - XX asr 30-yillari)
5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asr 30-yillaridan hozirga qadar). 
Umuman, o‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish bir tomondan o‘zbek 
xalqining shakllanishi, etnik tarkibi, taraqqiyotini, ikkinchidan, qadimgi turkiy til 
qurilishi va hozirgi turkiy tillar tasnifida o‘zbek adabiy tilining tutgan o‘rni, o‘ziga 
xos jihatlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə