Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
ADABIY TIL

 
 



1-MAVZU: “O‘ZBEK ADABIY TILI TARIXI” PREDMETINING 
MAQSAD VA VAZIFALARI 
Reja 
1.
 
Predmetning ob’ekti va manbalari 
2.
 
O‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishda qiyosiy-tarixiy metodning 
o‘rni 
3.
 
Umumxalq tili va uning turlari 
4.
 
Adabiy til uslublari 
5.
 
O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish 
“O‘zbek adabiy tili tarixi” predmeti yozma yodgorliklar tiliga xos bo‘lgan 
xususiyatlarni o‘rganadi. Shuningdek, adabiy tilni takomillashtirishda ijtimoiy-
tarixiy voqealarning ta’siri masalasi, adabiy til uslublari bilan tanishtiradi. 
Binobarin, o‘zbek adabiy tilining qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha 
bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari “O‘zbek adabiy tili tarixi” predmetining ob’ekti 
sanaladi. O‘zbek adabiy tili tarixi o‘zbek adabiy tilining mohiyati, uning tashkil 
topishi va rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi fan sifatida XX asr boshlarida 
yuzaga kelgan. Mazkur kurs o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalqi tarixi, hozirgi 
o‘zbek adabiy tili, o‘zbek dialektologiyasi, tilshunoslikka kirish, uslubiyat, nutq 
madaniyati, badiiy matning lingvistik tahlili, o‘zbek etnografiyasi, antropologiya, 
ona tilini o‘qitish ma’lumotlariga suyangan holda o‘rganiladi. Chunonchi, 
etnografiya o‘zbek xalqining qaysi urug‘ va qabilaga mansub ekanligin o‘rgansa, 
atropologiya o‘zbeklarning qaysi irqqa aloqadorligini, ularning kelib chiqish 
tarixini tekshiradi. O‘zbek adabiyoti tarixi esa davrlararo adabiy muhitning yirik 
vakillari yozgan asarlar bilan tanishtiradi. O‘zbek adabiy tili tarixi kursi o‘zbek 
dialektologiyasiga ham suyanadi, chunki sheva materiallari o‘zida qadimgi so‘z va 
shakllarni saqlaydi. Ana shu leksemalar orqali ularning tarixiy taraqqiyot yo‘li 
aniqlab olinadi. Bir so‘z bilan aytganda, yozma obidalar -badiiy, tarixiy, ilmiy 
asarlar, sheva materiallari, joy nomlari, kishi ismlari, hozirgi o‘zbek adabiy tili 
materiallari, tarixiy lingvistik lug‘atlar, turkshunoslikka oid o‘zbek, rus va xorijiy 



olimlarning tadqiqotu qo‘llanmalari o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishda asosiy 
manbalar hisoblanadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari esa yordamchi manba bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Ma’lumki, 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə