6
1-MAVZU: “O‘ZBEK ADABIY TILI TARIXI” PREDMETINING
MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja
1.
Predmetning ob’ekti va manbalari
2.
O‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishda qiyosiy-tarixiy metodning
o‘rni
3.
Umumxalq tili va uning turlari
4.
Adabiy til uslublari
5.
O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish
“O‘zbek adabiy tili tarixi” predmeti yozma yodgorliklar tiliga xos bo‘lgan
xususiyatlarni o‘rganadi.
Shuningdek, adabiy tilni takomillashtirishda ijtimoiy-
tarixiy voqealarning ta’siri masalasi, adabiy til uslublari bilan tanishtiradi.
Binobarin, o‘zbek adabiy tilining qadimgi davrlardan
XX asr boshlarigacha
bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari “O‘zbek adabiy tili tarixi” predmetining ob’ekti
sanaladi. O‘zbek adabiy tili tarixi o‘zbek adabiy tilining mohiyati, uning tashkil
topishi va rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi fan
sifatida XX asr boshlarida
yuzaga kelgan. Mazkur kurs o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalqi tarixi,
hozirgi
o‘zbek adabiy tili, o‘zbek dialektologiyasi,
tilshunoslikka kirish, uslubiyat, nutq
madaniyati, badiiy matning lingvistik tahlili, o‘zbek
etnografiyasi, antropologiya,
ona tilini o‘qitish ma’lumotlariga suyangan holda o‘rganiladi. Chunonchi,
etnografiya o‘zbek xalqining qaysi urug‘ va qabilaga mansub ekanligin o‘rgansa,
atropologiya o‘zbeklarning
qaysi irqqa aloqadorligini, ularning kelib chiqish
tarixini tekshiradi. O‘zbek adabiyoti tarixi esa davrlararo adabiy muhitning yirik
vakillari yozgan asarlar bilan tanishtiradi. O‘zbek adabiy tili tarixi kursi o‘zbek
dialektologiyasiga ham suyanadi, chunki sheva materiallari o‘zida qadimgi so‘z va
shakllarni saqlaydi. Ana shu leksemalar orqali ularning tarixiy taraqqiyot yo‘li
aniqlab olinadi. Bir so‘z
bilan aytganda, yozma obidalar -badiiy, tarixiy, ilmiy
asarlar,
sheva materiallari, joy nomlari, kishi ismlari, hozirgi o‘zbek
adabiy tili
materiallari, tarixiy lingvistik lug‘atlar, turkshunoslikka oid o‘zbek, rus va xorijiy
7
olimlarning tadqiqotu qo‘llanmalari o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishda asosiy
manbalar hisoblanadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari esa yordamchi manba bo‘lib
xizmat qiladi.
Ma’lumki,
Dostları ilə paylaş: