Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Misr saltanatining ichki va tashqi siyosati



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə4/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
жахон тарихи

Misr saltanatining ichki va tashqi siyosati. Tutmos III ning istilochilik urushlari natijasida Misr mil. avv. XV asrda Old Osiyodagi eng qudratli davlatga aylandi. Old Osiyoning Mitanni, Xett va Bobil kabi kuchli davlatlari Misrning kuch-qudrati bilan hisoblashishga majbur bo‘ldilar. Ular Misr bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga harakat qildilar. Bu to‘grisida o‘sha davrdagi ko‘pgina yozma manbalar ma’lumot beradi.
Mil. avv.1386- yilda taxtga Tutmos IV ning o‘g‘li Amenxotep III davrida Misrda tinchlik va osoyishtalik hukm surdi. Garchand Nubiyaga yurish uyushtirilgan bo‘lsada, bu harbiy kompaniya ikkinchi darajali xarakterga ega bo‘lgan. Mamlakat iqtisodiyoti izga tusha boshlaydi. Mitanni davlati bilan do‘stlik aloqalarini tiklaydi. Mitanni podshosi Shutarna II fir’avnga xotinlikka malika va 317 ta xizmatkorni yuboradi. Zero, Amenxotep III ona tomondan Mitanni podshosi Artadamning nevarasi edi. O‘z navbatida qo‘shnisini kuchsizlantirish maqsadida, Mitanni vassali Ashshur podshosi Ashshur-nadin-axxe II bilan yashirin aloqalar olib boradi.
Mashhur Amenxotep IV Exnaton (mil. avv.1375-1336-yy) davrida Misrning tashqi siyosiy ahvoli yomonlashadi. Uning
diniy islohoti(Aton xudosini ulug‘lash) mamlakat mafkurasini ikkiga bo‘lib yubordi. Eski din kohinlari quvg‘in qilindi va ibodatxona boyliklari davlat hisobiga musodara qilindi. Exnaton ajdodlari kabi Nil daryosi qirg‘oqlaridagi irrigatsiyani rivojlantiradi. Savdo hajmi oshib boradi, ammo Mitanni janubiy Suriyaning katta qismini bosib oladi. Osiyoda yana bir raqib
Xett davlati urushga tayyorlana boshladi. Fir’avn Exnoton (Luksor muzeyi)
Exnatonning o‘g‘li Tutanxamon (mil. avv. 1336-1327-yy) davrida ahvol o‘zgarmadi. Tutanxamon 10 yoshidan fir’avn taxtiga o‘tiradi va bir yil o‘tmay otasi qurgan shahar Axetatondan chiqib ketadi. Fiva yana diniy markazga aylanadi.
U eski xudolar (Amon, Ptax,Tot, Gor,Osiris va Anubis)larga sig‘inishni qayta tikladi. Quvg‘inga uchragan kohinlar uni qo‘llab- quvvatladilar.Tutanxamon vafotidan so‘ng Eye hokimiyatga keladi, ammo ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat o‘zgarmaydi. Taxtga Tutanxamonning qarindoshi lashkarboshi Xoremxeb (mil. avv. 1323-1295-yy) kelgach 19-sulolaga asos soladi. Asli kelib chiqishi Yuqori Misrning 18- nomligidan(Xa-nislik)bo‘lib, qobiliyatli siyosatchi

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə