Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə5/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
жахон тарихи

Tutanxamon va sarkarda edi. U Misr armiyasini ikkiga ajratib ( shimoliy va janubiy), Nubiyani nazorat qilish maqsadida janubiy va Osiyodagi mulklarni nazorati uchun shimoliy qo‘shinlarni javobgar qilib qo‘ydi.
Mil. avv.1295 –yilda Xoremxeb farzandsiz olamdan o‘tadi va fir’avnlik taxtiga Ramzes I (ayrim olimlarning fikricha u 19-sulola asoschisi hisoblanadi)keladi. Yangi hukmdor Misr qo‘shini tarkibidagi yollanma askarlar sonini oshiradi hamda fir’avnni qo‘riqlash uchun maxsus qismlarni joriy etadi. Biroq, xettlar bilan Suriya masalasida kelishmovchiliklar keskinlashadi. Ramzes I bir yil hokimiyatda o‘tiradi. So‘ngra kelib chiqishi otasi Ramzes I kabi Quyi Misrdan bo‘lgan Seti I (“Set xudosiga tegishli”) fir’avn bo‘ladi.Uning davrida Falastin va Suriyaga harbiy yurish qilinadi.
Seti I ning o‘g‘li Ramzes II (mil. avv. 1279-1213-yy) davrida xettlar bilan Suriyani nazorat qilish uchun urush olib borildi. Ramzes II ibodatxonalar boyliklarini ham urushga sarfladi. Kadesh yonidagi jangda Xett podshosi Muvatalis bilan to‘qnashdi. Fir’avn g‘alabaga erishdi, ammo jangda halok bo‘lishiga oz qolgan edi. Misrliklar halok bo‘lgan xettlarning qo‘llarini chopib olib, o‘z fir’avnlariga keltirdilar.
Mil. avv. 1279 yoki 1270-yillar atrofida Xett podshosi Xattusili III tashabbusi bilan Misr va Xett podsholigi o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuziladi. Shartnomalarda davlatlar o‘rtasidagi chegaralar kelishib olingan,ularni buzmaslik, birovning hududida yangi shaharlarga asos solmaslik va biror tomonning shunga o‘xshash urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi majburiyatlar belgilangan. Har ikki tomon uchun qaram bo‘lgan podsholar bilan uchinchi tomon ittifoq tuzishi man etilgan. Agarda Xett podshosi urushga kirgan paytda, u bilan shartnoma tuzgan tomon o‘z “betarafligi”ni e’lon qilsa, Misr xettlar dushmani bilan maxfiy aloqalarda bo‘lgandeb,hisoblangan. Tuzilgan tinchlik bitimining moddalarida ichki va tashqi dushmanlarning har qanday hujumiga qarshi birgalikda chiqish ta’kidlanadi. Birinchi da’vatning o‘zida kontragent (shartnoma tuzgan har ikki tomonning biri) o‘zining qo‘shinlari bilan yordamga kelishi lozim edi. Ushbu bitimning ayrim bandlari faqat bir tomon uchun taalluqli bo‘lishi mumkin edi. Kelishuvda aytib o‘tilgan shartlarning to‘liq bajarilishi nazoratihar ikki tomondan mingta yaqin guvoh - xudolar haykalchalari bilan belgilandi.
Xett mamlakatining tashqi siyosatida sulolaviy nikohlar muxim o‘rin egallagan. Shu jihatdan Xett podsholarining qizlariga bosh xotin, ya’ni mamlakat malikasi maqomini kafolotlovchi shartlar ilgari surildi. Misr qo‘l ostida Falastin, Finikiyaning katta hududi va janubiy Suriyaning bir qismi qoldi. Bu mamlakatlar shimolidagi barcha hududlar xettlarning mulki hisoblandi. Tinchlik shartnomasi bilan birga, o‘zaro yordam berish majburiyatiga asoslangan ittifoq shartnomasi ham tuzilgan.Shunga ko‘ra nikoh diplomatiyasi qo‘llanilib, Ramzes II Xattusilining qizlaridan biriga uylanadi.
Keyingi fir’avnlar Merneptax(mil. avv. 1212-1202-yy), Amenmes(mil. avv. 1200-1194-yy), Saptax (mil. avv. 1194-1188-yy) davrlarida Misr o‘z qudratini saqlab qoldi.
Yangi podsholik davrida sun’iy sug‘orish inshootlarini bunyod etish, ta’mirlash va tartibga solish, yangi o‘zlashtirilgan erlarga suv chiqarish fir’avnlarning nazoratida turgan. Serunum Fayum vohasida yangi yerlar o‘zlashtirilib, voha asta-sekin Misrning bug‘doy omboriga aylangan. Eski
irrigatsiya inshootlari tozalanib borilgan. Nil daryosining suvlarini chiqishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.
Nil vodiysida uzumchilik, bog‘dorchilik va asalarichilik rivojlanib borgan. Yangi podsholik davrida Misr iqtisodiyotida ziroatchilik va chorvachilik yetakchi soha sifatida hisoblanib, mahsulotlarni hatto chetga ko‘plab etkazib bergan.
Mil. avv. 1140- yilda Misr o‘zining chegaralarini tashqi dushmandan himoya qila olmay qoldi. Mamlakatga Liviya yerlaridan ko‘chmanchilarning kirib kelishi kuchaydi. Ularni Misr qo‘shiniga yollash kengaydi.
Yangi podsholik davrida yagona davlatning yemirilishi bilan Misrda III O‘tish davri (mil. avv. 1075-656-yy)boshlandi. Bu davrda Misrda rasman yagona podsho hokimiyati mavjud bo‘lsada, siyosiy tarqoqlik o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Nomlar o‘rtasida kuchli ziddiyatlar mavjud edi.Dastlab mil. avv. 943 yilda asli meshauashi (liviyalik)lardan bo‘lgan Sheshonk (mil. avv.943-922-yy)21- sulolaning so‘nggi vakili PsusennesII o‘limidan so‘ng hokimiyatga keladi va 22- sulolaga asos soladi. Poytaxtni Nil deltasining sharqidagi Per-Bastet (yunoncha Bubastis) shahriga ko‘chiradi. O‘z o‘g‘li Osorkonni sobiq podshoning qizi Maatkaraga uylantirib, taxt vorisligi tizimini o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo‘ladi. Shu tariqa Misr tarixida Bubastislar, ya’ni liviyalik fir’avnlarning boshqaruv davri boshlanadi. Fir’avnlar Osorkon(mil. avv.922-887-yy), Sheshonk II (mil. avv.887-885 -yy), Takelot(mil. avv.885-872- yy),Osorkon II (mil. avv.872- 837- yy), Sheshonk III(mil. avv.837 -798 -yy), Sheshonk IV(mil. avv.798-785-yy), Pami(mil. avv.785-778 y-y) va boshqalar davrida Misr taraqqiyoti avvalgidek emas edi. Mil. avv.760- yili Yuqori Misrga Nubiyaning Napata shaxridan Kashta(mil. avv.760-752 y-y) ismli podsho qo‘shin tortib keladi. Shu tariqa efioplar taxtga o‘tirib, 25-sulolaga asos soladilar. Misr tarixida mil. avv.760-656- yillar efiopiyalik fir’avnlar davri hisoblanadi. Mamlakat yana ichki nizolar oqibatida kuchsizlanadi. Ushbu sulolaning yirik namoyondalaridan Pianxi va Shabakalar davrida Yuqori va Quyi Misr efioplar sulolasiga (mil. avv.715-yilda) bo‘ysundirildi. Ammo mil. avv.674 –yilda Misrga Ossuriya podshosi Asarxaddon bostirib keladi. Mamlakat 10 yildan ziyod ossurlarga qaram bo‘lib qoladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə