Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Mavzu yuzasidan savol va topshgiriqlar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
жахон тарихи

Mavzu yuzasidan savol va topshgiriqlar


Qadimgi Misr manbashunosligi qaysi yozma manbalarga tayanadi?
Qadimgi Messopatamiya tarixshunosligi va manbashunosligining asosini tashkil etuvchi omillarni ko‘rsating?
Qadimgi Kichik Osiyo tarixshunosligi va manbalari haqida ma’lumot bering?
“Ipuser” papirusi muhim manba sifatidagi rolini izohlang.
Xamurappi qonunlari va uning Qadimgi Mesopatamiyani o‘rganishdagi

o‘rni
Telepinus qonunlari va uning Qadimgi Xett jamiyatiga ta’sirini tushuntiring. “Shidzi” qadimgi Xitoy tarixiga oid muhim manba sifatida
“Xanshu” va ”Xouxanshu” solnomalari.

.

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


Sulolagacha bo‘lgan davrda Misr madaniyati. Ilk podsholikni yuzaga kelishi shart-sharoitlari
Qadimgi Misr podsholigining Nubiyadagi siyosati Fir’avn Josserning tashqi siyosati
Qadimgi Misr tarixida kaxinlar tabaqasining o‘rni Qadimgi Misr podsholigi xo‘jaligi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


Gerakleopol va Fiva qarama-qarshiligi Fir’avn Axtoy davrida Misr
Fiva nomligini yuksalishi. Fir’avn Mentuxotep. O‘rta podsholik fir’avnlarining tashqi siyosati Shimoliy Nubiyani zabt etilishi
Qadimgi Misrda O‘rta podsholik me’morchiligi va san’ati
XII- XIII chi sulola davrida Misrning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti O‘rta podsholik davrida Qadimgi Misrning ichki siyosati.


Yangi va So‘nggi podsholik davrida Misr




Reja
Yangi podsholikni yuzaga kelishi shart-sharoitlari. Misr saltanatining ichki va tashqi siyosati.
III o‘tish davrida Misr va So‘nggi podsholik.
Yangi podsholikni yuzaga kelishi shart-sharoitlari. Fiva fir’avni Kamos(mil. avv.1554-1549-yy) otasi Taa II Sekenenraning siyosatini davom ettirib giksoslar bilan urushni davom ettirdi. Kamosga Nil daryosining 1-pog‘onasidan 14-nomlikning Kus shahrigacha bo‘lgan yerlar bo‘ysunar edi. Hukmronligining 3- yilida Kamos kengash chaqirib, giksoslar va kushliklar bilan hokimiyatni boshqa bo‘lishib olmasligini ta’kidlab o‘tdi. Uning qo‘shinlari Nil daryosiga tushirilgan kemalarda, shimolga giksoslar nazoratidagi hududlarga kirib bordilar. Kamos (yoki Kamesu) o‘zining yirik g‘alabalari haqida mashhur tosh bitigida(1-2 “Kamos stellasi”) ma’lumot berilgan. Ammo ko‘p o‘tmay Kamos halok bo‘ladi va Fivada uning hotini Yaxxotep (regent) taxtga keladi. Shunday bo‘lsada,Giksoslar bilan urush davom etadi. Bir oz vaqt o‘tib (taxminan 8 yil) hokimiyatga Yaxmos I chiqadi hamda Misr tarixida 18-sulolaga asos soladi.
Yaxmos I (asli kelib chiqishi Fiva nomligidan bo‘lmagan)giksoslarni poytaxti Xat-uarit(Avaris)ni egallashga muvaffaq bo‘ladi vaMisrdan ularni haydab chiqarib, Finikiyada mamlakat ta’sirini qayta tikladi. U hozirgi G‘azo yaqinidagi Sharuxen qal’asini olti yil qamal qiladi va egallaydi. Misrliklar kamonchilar, piyodalar va jangovar aravalardan(giksoslardan o‘rganganlar) unumli foydalanib, imperiya tuzishga kirishadilar.Yaxmos I davlatni boshqarishda xotini Yaxmos- Nefertari bilan birga idora qiladi. Yaxmos-Nefertari turmush o‘rtog‘idan keyin o‘g‘li Amenxotep I va fir’avn Tutmos I davrida ham hayot bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Shyu tariqa Yangi podsholik (mil. avv.1570-1075-yy) davri boshlanadi.
Arxeologik va yozma ma’lumotlarga ko‘ra Yaxmos Ining o‘g‘li Amenxotep I (mil. avv.1525-1504-yy) Osiyoda hech qanday urush olib bormadi. U faqat Nubiyani qayta bo‘ysundirib, otasining g‘alabalarini mustahkamlaydi. Amenxotep Idan keyingi fir’avn Tutmos I (mil. avv. 1504-1492-yy) Yaxmos I ning qizi Yaxmesga uylangan edi. Tutmos I asli kim bo‘lganligi borasida hozirga qadar
olimlar munozarali fikr bildiradilar. Uning otasi haqida ma’lumotlar yo‘q, lekin onasini ismi Reniseneb deb ta’kidlangan. Fir’avnning Misrcha ismi Dxauti-masi yani “Tot xudosidan tug‘ilgan” –degan ma’noni bildiradi.
Taxtga keliboq, Tutmos I Nubiyadagi qo‘zg‘olonni bostiradi, isyonchilar sardorini o‘ldirib, tanasini Nil bo‘ylab suzuvchi kemaga osib qo‘yadi. So‘ngra Nilning 3-pog‘onasiga qadar o‘z kemalarida kirib boradi va Dongola viloyatigacha bo‘lgan yerlarni Misrga bo‘ysundiradi. Nubiyada bir-necha o‘nlab qabilalar qulga aylantiriladi. Janubdagi g‘alabalaridan so‘ng, Tutmos I Falastin va Suriyaga talonchilik yurishlarini uyushtiradi. Misr qo‘shinlari Frot daryosigacha chiqib, u yerda Naxarina(Mitanni)liklarni mag‘lub etadilar. Suriya knyazliklari katta qarshilik qilmadilar. Misr askarlari o‘ljalar bilan yurtlariga qaytadilar.Tutmos Idavrida Misr Yaqin Sharqning eng katta davlatlaridan biriga aylandi. Misr Mitannidan shimoliy Suriyani tortib olib, o‘z nazorati ostiga oldi. Nubiyada misrliklar Nilning uchinchi log‘onasida ilgari mustaqil bo‘lgan Kush davlatining poytaxti Kermani egalladilar.
Tutmos I ning vorisi, uning kichik xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Tutmos II (mil. avv. 1492-1479-yy) bo‘lajak mashhur malika Xatshepsutga uylandi. Taxtda uzoq o‘tirmasada, ammo Nubiya va Falastindagi qo‘zg‘olonlarni bostirishga muvaffaq bo‘ladi. Misr qo‘shinlari Nubiyadan isyonchilar sardorining o‘g‘lini garovga olib qaytadilar.
Tutmos II vafot etgach, malika Xatshepsut o‘z o‘gay o‘g‘li Tutmos III ni davlat ishlaridan chetlashtirishga harakat qildi. Vaqt o‘tishi bilan malika yodgorliklarda o‘zini mustaqil fir’avn sifatida tasvirlay boshladi. Malika erkak fir’avn kabi o‘z hokimiyatining to‘laqonligini ta’kidlash uchun gavda tuzilishini erkaklarga o‘xshatib, soqol qo‘yilgan holda tasvirladi. Malika Xatshepsut fir’avn- jangchi unvoniga da’vo qila olmas edi. Shunga qaramasdan u Puntga (Eritreya) katta ekspeditsiya tashkil qildi. Malika davrida Karnakda Xed-sed bayrami sharafiga katta ibodatxona va Dayr-al-Bahrda o‘zi va otasi Tutmos I ga atab ibodatxona barpo qiladi. Bu inshootlarning yaqinida Xatshepsut davrida oliy
kohin, me’mor Senemutning sag‘anasi qad ko‘tardi. Senemut fir’avn Xatshepsut davrida uning eng yaqin kishisi sifatida davlatni boshqarishda qatnashadi.
Ammo Xatshepsut vafotidan so‘ng Tutmos II ning Isida ismli kanizagidan tug‘ilgan o‘g‘li Tutmos III taxtga keladi va o‘gay onasidan qolgan barcha yodgorliklardan uning ismini o‘chirtirib tashlaydi. Ayol fir’avn Xatshepsut davlatni boshqargan bo‘lsada, ammo rasman taxtdaTutmos III o‘tirar edi. Lekin u
20 yilga yaqin qo‘g‘irchoq podsho hisoblangan. Keyinchalik tabiatan lashkarboshilik qobiliyatiga ega bo‘lgan fir’avn qo‘shinni qayta tuzib, harbiy yurishlarga tayorgarlik ko‘radi.

Tutmos III (mil. avv. 1479-1438-yy) istilochilik urushlari olib bordi. G‘ayratli sarkarda Tutmos III Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ini Misr ta’siri ostiga o‘tishi uchun uzoq harbiy tayyorgarlik ko‘rdi. Tutmos III Falastinga ko‘p sonli qo‘shin tortdi. Megiddo shahri yonida Suriya va Falastinning shahar- davlatlari Kadesh shahri boshchiligidagi birlashgan qo‘shinlari Tutmos III armiyasi bilan uchrashdi. Qonli jang misrliklar g‘alabasi bilan tugadi. Dushman askarlarining qoldiqlari Megiddo devorlari ortiga berkindilar. Shahar yetti oy qamal qilinadi va Kadesh shahri hukmdori o‘z ittifoqchilari bilan birga misrliklarga taslim bo‘ladi. Natijada Misr Suriya va Falastinning katta qismini egallab oldi. Mitanni o‘z qo‘shinlarini Frot ortidan chaqirib oldi va Misrga Suriya, Finikiya va Falastin hududlarini yon berishga majbur bo‘ldi. Misr askarlari Frot daryosidan o‘tib mitanniliklarni taqib qilganliklari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Fir’avn Tutmos III ning yurishlari Suriya knyazliklari (Kadesh va keyinchalik Tunip)ga qarshi qaratilgan edi. Sakkizinchi yurish paytida esa Mitanni chegarasini (Frot daryosi)ham buzib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. Tutmos III umuman hayoti davomida o‘n besh marta harbiy yurish qilib, Frot daryosigacha bo‘lgan hududlarni bosib oldi. Frot daryosi bo‘yidagi Karxemish shahrini ham egallaydi. Bu esa o‘z navbatida Misr qo‘shinini Kichik Osiyo chegarasigachi chiqishiga olib keladi.


Janubda Misr Nilning to‘rtinchi ostonalarigacha bo‘lgan erlarni o‘z tasarrufiga oldi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə